8-mavzu. Mеnеjеr faоliyatini tashkil etish


Download 109.36 Kb.
bet11/23
Sana10.10.2023
Hajmi109.36 Kb.
#1696870
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
8-Mavzu

Rahbar madaniyati

Rahbar madaniyati deganda rahbar adabi va iqtidori o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish tushuniladi. Bu bog‘lanish quyidagi fazilatlar majmuasida o‘z aksini topadi:

Rahbar madaniyati = adab1+iymon+insof+adolat+iqtidor.

Adab-aqlning suyanchig‘i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan adab- egizak” deyishmaydi. Adab- yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi o‘z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.
Adab rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi bo‘ladilar. Adabli rahbar esa kundan kunga obru topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Ba’zi hakimlar adabni eng mas’um va ko‘rkam fe’lga ega bo‘lish desalar, ba’zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi adabning mavjudligi, bu noyob ne’matning mavjudligidir.
Umuman adab ikki xil bo‘ladi:

  • hikmat adabi;

  • xizmat adabi.

xikmat adabi poklik va to‘g‘ri yo‘lga etaklaydi. xizmat adabi esa badavlatlik va obro‘ga etkazadi. xar ikkisi ham ulug‘ fazilat bo‘lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.

Adab rahbarni a¢l va ahloq egasi bo`lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko`ngilli, subutli bo`lishga da’vat etadi.


Iymon ardabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi- ishonchdir. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:

  • e’tiqodli, ya’ni o‘z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o‘zgalarni ham o‘zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonnishdir. E’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqoza qiladi;


  • Download 109.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling