8-mavzu. Mеnеjеr faоliyatini tashkil etish


Download 109.36 Kb.
bet4/23
Sana10.10.2023
Hajmi109.36 Kb.
#1696870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
8-Mavzu

Xullas, avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘igan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukimini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o‘sha erda dag‘allik, takabburlik, tazyiq o‘tkazish, majbur qilish kabi o‘ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo‘ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin.

Liberal rahbar

*Bunday turdagi rahbar:

  • idorasiz, tashabbussiz bo‘ladi;

  • o‘z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;

  • ishni o‘z holiga tashlab ko‘yadi;

  • idoraga nisbatan qat’iy bo‘lishdan hayiqadi;

  • o‘zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;

  • biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;

  • talabchan emas, sust nazorat qiladi;

  • suiste’mollarga bevosita yo‘l qo‘imasa ham o‘zini bilmaslikka soladi;

Bunday rahbar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.

Demokratik rahbar

*Bunday turdagi rahbar:

  • boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

  • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi; ularning bildirgan fikriga quloq soladi; ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;

  • barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini bildirmaydi;

  • buyruq berish yo‘li yuilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;

  • buyruq rahbarlik uslubi bo‘isinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.



qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. xayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo‘ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijolbiy tamonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutish va buysinuvchilarning o‘ziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib muomala qilishi kerak.
xar bir boshqaruv uslubning samarodarligini baholash uchun amerikalik olim L. Laykert qo‘idagi koeffetsientni hisoblashni taklif qilgan:
bu erda, -avtokratik –liberallik koeffitsienti
EIU- rahbarlik uslubdagi ishontirish unsurlari yig‘indisi;
EMqU- rahbarlik uslubdagi majbur qilish unsurlari yig‘indisi
R.Laikertning fikricha bu nisbat 1,9 ni tashkil qilishi lozim. Boshqacha qilib aitganda rahbarlik uslubida rahbar ishontirish unsurlarini majbur qilish unsurlaridan taxminan ikki barovar ko‘proq qo‘llagandagina uning rahbarlik uslubi optimal, maqsadga muvofiq, samarali bo‘lgan hisoblanadi.
Umuman olganda har uchala turdagi rahbarlikning boshqarish funksiyalarini bajarishdagi va ijtimoi munosabatlardagi o‘ziga xos xususiyatlarni qo‘idagi jadvalda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin.


Rahbarlik turlarining, o‘ziga xos xususiyatlari



Belgilar

Rahbarlik turlari







Avtokratik rahbar

Demokratik rahbar

Liberal rahbar

1

qaror habul qilishda

Yakkabosh, jamoa fikri bilan hisoblashmaydi

Jamoa fikri bilan hisoblashadi

Ko‘rsatmaga binoan ish tutadi

2

qaror yechimlarini bo‘ysinuvchilarga etkazishda

Yozma va og‘zaki buiruq, ko‘rsatma orqali

Taklif orqali

Iltimos qilish, yalinish orqali

3

Ma’suliyatni taqsimlash orqali

To‘la tukis rahbar qo‘lida

Vakolatiga binoan

To‘la-to‘kis ijrochilar-ning fikriga binoan

4

Bo‘isinuvchilarning
tashabbuskorligiga

Io‘l qo‘yadi

Rahg‘batlan-tiradi va foydalanadi

To‘la- to‘kis tayanadi

5

Kadrlarni tanlashda

Kuchli raqobat-doshlardan qutilish tarafdori

Ishchan, bilimdon xodimlarga mo‘ljal oladi va ularning o‘sishiga yordam beradi

Beparvo



6

Bilimga bo‘lgan munosobatda

xamma narsani o‘zim bilaman deb hisoblaidi

Mutassil o‘qiydi va qo‘l ostidagi bo‘ysinuvchilardan ham shuni talab qiladi

E’tiborsiz, baribir, beparvo

7

Muomalada

Salbiy, masofa saqlaydi

Ijobiy muloqatda kirishimli va faol

Tashabbus ko‘rsatmaydi

8

Bo‘isinuvchilariga nisbatan

Kayfiyatiga qarab muomala qiladi, asabli

har xil, talabchan, xairixoh, andishali

Talabchan emas, muloyim

9

Intizomga nisbatan

qattiq, formal, yuzaki

Maqsadga muvofiq talab qiladi

Yumshoq yuzaki

10

Rag‘batlantirishga nisbatan

Onda sonda rag‘batlantirib tez-tez jazolash tarafdori

Onda-sonda jazolab tez-tez rag‘batlantirish tarafdori

Aniq mo‘ljali yo‘q


Download 109.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling