8-mavzu. Mеnеjеr faоliyatini tashkil etish
Download 109.36 Kb.
|
8-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxshi niyatlik
- Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib zakir qil” – degan shiordir.
- Kamtarinlilik
o‘ta ta’sirlanuvchan xususiyatga ega;
tez toliqadigan va o‘ziga ishonmaydigan; tashvishsiz, lekin jo‘da sezuvchan; nihoyatda arazchan; juda oz kuladigan; faolligi sust, tortinchoq, kam g‘ayrat; arzimagan sabablarga ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradigan; yangi kishilar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir. Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo‘yilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o‘zgarsa, qiyinchilik tug‘ilsa, ular o‘zlarini panaga olib turishadi. 5. Rahbarlik uslubidagi salbiy unsurlarni bartaraf etish yullari. Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so‘zga izohli lug‘atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, ko‘rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo‘lgan talabalar juda ko‘pdir. Ularni qo‘yidagi beshta yirik guruhga bo‘lish mumkin. Rahbarga qo‘yiladigan talablar
Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. Biroq qo‘yidagi ijobiy xislatlar ular orasida a’lohida mavqega ega: Dovyuraklik – bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo‘ladi. Ular omadsizlikdan qo‘rqmaydi. qo‘rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. xar bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi. Sabrlilik – bunday rahbar muvafaqiyatga birdaniga erishishi mumkin emasligini yaxshi tushinadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo‘lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. Chidam, sabr to‘g‘risida Abdullo Avloniy shunday degan edi:
Bir hakimdan so‘radilar: “Odamlarni o‘zingdan uzoqlatirmaslikning chorasi nima?”. U dedi: “Chidam va muloyimlik”. Yana undan: ”Mushkul narsalarni qanday hal qilsa bo‘ladi ?” deb suradilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan !”deb javob berdi. Yaxshi niyatlik – bunday rahbar xayrxoq va iltifotli bo‘ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo‘ladi. O’zidagi kanoatsizlikni g‘irrom raqobatchilik yo‘li bilan emas balki xayrxoxlik yo‘li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning xayotidagi shiori hasad emas, balki:
Shu o‘rinda qo‘yidagi hikmatli so‘zlarni ta’qidlash o‘rinlidir. Uch dardga davo yo‘qdir: dangasalikdan kelgan kambag‘alikka; hasaddan tug‘ilgan dushmanlikka; xo‘jayinlikdan kelib chiqqan kasallikka. Sog‘lom shubhalilik – bunday rahbar ko‘pincha “har narsada shubhada bo‘l” degan shiorga amal qilsada, biroq nosog‘lom shubha – bu xoin, u kishilarni urinib ko‘rishdan qo‘rqitib, erishishlari mumkin bo‘lgan yaxshi narsalardan ko‘p hollarda mahrum etilishni yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda ular o‘z kuchiga ishonish, unga sog‘lom shubha bilan qarash ishchan mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo‘lida kishi kuchiga kuch qo‘shishni yaxshi tushunishadi. Kamtarinlilik – bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim ist’edodga to‘g‘ri proportsional ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Ular:
kabi halq maqollariga rioya qilishadi. Ular kamtarin rahbarning; o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymasligini; ilmu fan yoki mehnat sohasidagi yutug‘i bilan mag‘rurlanmasligini; katta-kichikni birdek hurmat qilishini; odamlar og‘irini engil qilishini; xushmuomala bo‘lishini; qanday davrada bo‘lmasin doimo o‘zini oddiy tutishini; shonu shuhratga uchmasligini yahshi anglashadi. Download 109.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling