8-mavzu: moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish tahlili


Сарф бўлган моддий ресурсларнинг таннархдаги ҳиссаси нимани билдиради?


Download 38.8 Kb.
bet5/9
Sana02.11.2023
Hajmi38.8 Kb.
#1740426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foyda-fayllar.org

Сарф бўлган моддий ресурсларнинг таннархдаги ҳиссаси нимани билдиради?
Бу кўрсаткич маҳсулот таннархининг неча фоизи истеъмол қилинган моддий ресурсларга тўғри келишлигини билдиради.
Сарф бўлган моддий ресурсларнинг таннархдаги ҳиссаси қанча паст бўлса, моддий ресурслардан фойдаланиш самарадорлиги шунча юқори бўлади, яъни 1 сўмлик моддий харажат ҳисобига ишлаб чиқарилган маҳсулот ҳажми ошади.
Бу коэффициентни аниқлаш учун моддий харажатлар суммасини (МХ) 100 фоизга кўпайтириб, натижасини таннархнинг ҳажмига (ТН) бўлиш керак.
бу ерда, КМС – сарф бўлган моддий ресурсларнинг таннархдаги ҳиссаси (коэффициенти).
8.5. Material resurslardan foydalanish tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona nafaqat xom ashyo, yoqilg’i va boshqa mehnat vositalari bilan o’z vaqtida hamda to’liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o’rin tutadi. Bu esa materiallarni sarflashning ilg’or me’yorlarini qo’llash, yaroqsiz mahsulot chiqarishga yo’l qo’ymaslik yoki bu holatni minimumga tushirish, materiallardan faqat bevosita mo’ljallanganligiga ko’ra foydalanish, chiqindilarni to’g’ri qo’llashni taqozo etadi.
Materiallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo’qotish va hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo’qotishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek, moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari material resurslardan foydalanish tahlilida o’z aksini topishi lozim.
Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar mahsulotning haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig’imi aniqlanadi, keyin esa ular o’rtasidagi farq topiladi.
2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab chiqarishga ko’paytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfining umumiy miqdori topiladi. Hosil bo’lgan umumiy miqdor material sig’imi o’zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi.
3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig’imiga bo’lish yo’li bilan tejash hisobiga qancha qo’shimcha mahsulot olinganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamayganligi aniqlanadi.

Download 38.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling