8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


Download 156.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.01.2023
Hajmi156.08 Kb.
#1102764
Bog'liq
8-мавзу



8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy 
taraqqiyot. 
 
REJA 
 
1. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
2. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. 
3. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan 
e’tibor. 
4. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-
tanlovlarning o‘tkazilishi. 
5. 
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi 
barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy 
istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish 
dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi 
sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini 
ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro 
davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, 
odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod 
qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol 
toptirish: Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat 
sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta‘minlash 
shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy 
tazyiqlarning oldini olish, ta‘bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet 
tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va 
mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir 
maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka 
safarbar qilish. 
Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy 
tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 
yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat 
qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan 
davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning 
ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab 
chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator 


tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida 
mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. 
Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida hal 
qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib 
borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat
rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va 
“Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi 
milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan 
amaliyotga o`tish kerakligiga alohida e‘tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo 
millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda 
inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining 
g’oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy 
nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini 
mustahkamlashga xizmat qiladigan g’oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi 
Prezidentimiz milliy mafko`ramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning 
azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, 
milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, 
shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan 
oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq 
manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog’i darkorligini ta‘kidladi.
Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy 
g’ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura 
faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi 
barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda 
buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy 
adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga 
munosib obru-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, 
yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning 
davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin 
emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar 
xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, 
har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish 
va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, 
hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang’ich davrini shohidi 
bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi 
o`zgarib, milliy iftixor tuyg’usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson 
mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan 
belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga 
solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. 


Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy 
axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik 
tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, 
ta‘lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar 
mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug’orilsa uning ta‘sir doirasi 
kengayib boradi.
Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti 
uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan 
ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‘naviy 
hayotdagi 
tub 
sifat 
o`zgarishlar 
xalqimiz 
ma‘naviy 
salohiyatini 
mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va 
qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg’oq 
vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz 
Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-
quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, 
avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak 
bo`lishiga bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo 
etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, 
ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, 
mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida 
yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat 
siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng 
ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning 
amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga 
muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi 
tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, 
“Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, 
“O`zbekmo`zey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at markazi, Milliy 
madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi 
madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika 
ma‘naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi 
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga 
alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron 
kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar 
chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har 
tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek 
davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda 
yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 
1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston 


Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish 
to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon 
tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat 
arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom 
Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin 
Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy 
qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid 
ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa 
allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga 
qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham 
xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida 
Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband 
(1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning 
tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin 
Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom 
Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) 
yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro 
doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. 
Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa 
arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham 
ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik 
ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini 
nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi. 
2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining 
moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi 
(ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik 
majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom 
olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 
2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi 
yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat 
bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 
noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik 
namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali 
ravishda inshonlandi. 
2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan 
tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun 
akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 
may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining 


umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro 
ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon 
an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa 
festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik 
yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – 
Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti 
Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. 
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini 
hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini 
xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor 
berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, 
“Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol 
sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” 
bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr 
tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda 
qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy 
merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish 
imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining 
joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon 
komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. 
Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir 
tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng 
ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz 
kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy 
yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 
yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy 
ishlar. 
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat 
va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida 
e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar 
davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning 
dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi 
Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri 
holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar 
hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. 
Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi 
yangilarning 
barpo 
etilishi, 
diniy 
adabiyotlarning 
nashr 
etilishi, 
musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan 
imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon 


erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek 
tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti 
va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini 
chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot 
markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda 
dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini 
tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni 
hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir 
O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod 
qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din 
o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. 
Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) 
diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan 
olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini 
teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan 
bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof 
etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, 
qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, 
umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik
qilish. 
Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan 
g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan 
yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy 
manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz 
“haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. 
o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, 
xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan 
terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik 
guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 
fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. 
Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini 
olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda 
olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod 
ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud 
bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy 
foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, 
fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar 
amalga oshirilmoqda.

Download 156.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling