8-Mavzu. Muzey fondlarini to’plash


Download 294.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi294.02 Kb.
#1511559
  1   2
Bog'liq
8-mavzu matn



8-Mavzu. Muzey fondlarini to’plash.
 
1.Muzey fondlarini ilmiy tashkil etishning vazifalari.
2.Ashyolarning ahamiyati va huquqiy o’rni jihatidan muzey fondlarning 
tarkibi.
3.Muzey fondlarining tuzilishi.
4. Muzey fondlarini ilmiy tashkil etish. 
Mavzuga doir tayanch tushunchalar. 
madaniy meros, tarixiy-o’lkashunoslik muzeylari, o’zbekistonda muzeylar 
tarmog’i, bonistika, faleristika, avers, revers, emitent, proba, obrez, xazinalar. 
 
ADABIYOTLAR : 
 
1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Muloqot . 1998 yil № B, -1-
16
2. Dmitriyeva N.A. “Izobrajeniye i slovo”. “Moskva”. 1962y. 
3. “Voproso’ ekspozionnoy raboto’ kravedcheskix muzeyev”. Moskva ., 
1979y. 
4. Sadullayev “O’rta Osiyo arxeologiyasi”. “Toshkent”. 1990y. 
5. Bader O.N. “Muzeyfikatsiya arxeologicheskix pamyatnikov”. 
 6. Sovet arxeologiya. Moskva. 1978y. №3. 
 Mustaqil Vatanimizda milliy o’zlikni tiklashga aloshida e’tibor berilmoqda. 
Zero, bizning yurtda ajdodlarining tarixda ko’rsatgan buyuk xizmatlarini xolis 
o’rganish va targ’ib etib aloshida ashamiyat kasb etadi.
Mustaqillik davrida muzeylar ishiga aloshida e’tibor berilmoqda. Buning bir 
qancha omillari bor. «Muzeylar xalqimizning o’zoq tarixidan shikoya qiluvchi, 
moziydan sado beruvchi ma’naviyat maskanlari bo’lib, milliy mafkura va 
tafakkurni rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g’urur va iftixorni yuksaltirishda ulug’ 
qadamjolar bo’lib qolmoqda»
2
.
Muzeylar yo’nalish va kolleksiyalariga qarab tarmoq, o’lkashunoslik 
(kompleks) va me’morial muzeylarga bo’linadi.
Tarmoq muzey ishlab chiqarish, fan va san’atning biror tarmog’iga tegishli 
bo’ladi. Masalan: tarixiy muzeylar, zoologiya muzeylari.
O’lkashunoslik muzeylari muayyan ma’muriy hududning tarixi, tabiati, 
xo’jaligi, san’ati, etnografiyasi va boshqa sohalarini kompleks aks ettiradi.
Memorial muzeylar muhim tarixiy voqealar, atoqli arboblarga bag’ishlanadi.
Muzeylar dastlab qadimgi YUnoniston va Rimda paydo bo’lgan. Bu 
mamlakatlarda ayrim san’at yodgorliklari ibodatxonalarda to’planib, turli 
ko’rgazmalar tashkil etilgan. Keyinchalik ellinizm davrida muzey kolleksiyalari 
vujudga keldi. 
2
N.N.Ùbibullayev. Uzbek muzeylarining istiqboli. Moziydan sado. 1999. №2
.


Muzeylarda san’at, madaniyat va fan erishgan yutuqlaridan namunalaridan 
iborat kolleksiyalar to’plandi.
 Keyinchalik muzeylar O’ygonish davrida Italiyada, so’ng Angliyada, 
Fransiya, Germaniya va boshqa joylarda rasm bo’ldi. Londondagi Britaniya 
muzeyi (1753 yil), Parijdagi Luvr muzeyi (1776 yil), G’arbiy Yevropadagi ilk 
ommaviy muzeylardir.
Jahondagi yirik muzeylar asosan XIX asrda paydo bo’ldi. Madriddagi Prado 
muzeyi (1819 yil), Moskvadagi Tarix muzeyi (1873 yil), Sankt-Peterburgdagi 
Ermitaj (1852 yil), Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi (1870 yil), Toshkentdagi 
Oybek nomidagi O’zbekiston Xalqlar tarixi muzeyi (1976 yil) shular 
jumlasidandir.
Inqilobga qadar Turkistonda faqat 3 ta muzey – Toshkent o’lkashunoslik 
muzeyi (hozirgi Oybek nomli O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi), Samarqanddagi 
Xalq
muzeyi (A.Ikromov nomidagi O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi 
muzeyi), Farg’ona Xalq muzeyi (Farg’ona viloyat o’lkashunoslik muzeyi) bor edi. 
Ularning kolleksiyalari kam, ekspozitsiyalarining ko’pi tasodifiy materiallardan 
tashkil topgan edi. Muzeylar katta tadqiqot va tarbiyaviy ishlar olib boradi: 
kolleksiyalarni o’rganadi, monografiya, katalog, yo’l ko’rsatkichlar va kitob nashr 
etiladi.
70-yillarning boshida jahonda 12 mingdan ortiq muzey bor edi. Hozirda 
jahondagi barcha muzeylar xalqaro tashkilotga birlashgan. YUNESKO tarkibida 
xalqaro muzey kengashi mavjud. Unga milliy muzey komitetlari kiradi.
Muzeyshunoslik ya’ni, muzeyologiya – muzeylarning tarixi va ijtimoiy 
vazifalari, muzey ishi nazariyasi, muzey metodikasi masalalarini o’rganuvchi fan 
sohasi hisoblanadi. «Muzey ishi nazariyasi muzey ishi tarixi, muzey 
manbashunosligi, mo’zeshunoslikning ilmiy metodikasi kabi tarmoqlarga 
ajratiladi.
Muzeyshunoslik fani XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida dunyoga 
kelgan fan hisoblanadi. Bu fan nazariy fan bo’lib, muzeylar faoliyatining asosini 
o’rganadi. Ularni tashkil qilishni va faoliyatining yo’naltirilishiga muhim o’rin 
tutadi. Mamlakatimizda muzeyshunosliknng nazariyasi rivojlanishida ko’pgina 
omillar bevosita yordam beradi.
Muzeyshunoslik bilan bevosita aloqada bo’lgan fanlar 4 guruhga bo’linadi :
1. Madaniyat nazariyasi (kulturalogiya). 
2. Sotsiologiya fani (muzey va muzey auditoriyasinng jamiyatda tutgan 
o’rnini o’rganadi).
3. Psixologiya – individual ong va taassurotni belgilaydigan fan.
4. Geografiya – tabiiy muxitda muzeylarning tutgan o’rnini belgilaydi.
Muzeyshunoslik fani bilan bog’lik bo’lgan guruhlar:
1. Jamiyatshunoslik. 
2. Psixologiya va fan tarixi. 
3. Arxeologiya, etnografiya, tarix va adabiyotshunoslik»
1
.
1
N.
Sadikova. Muzeynoye
delo v Uzbekistane. T. 1977. Str.31.


 Muzeyshunoslik nima uchun kerak? Mamlakatimizda mavjud bo’lgan 
muzeylar zaxirasining 90 %i maxsus xazinada saqlanadi. Sobik ittifoqning 150 ta 
badiiy muzeylarning o’zida 80 mln. dan ortiq asoru-atiqalar yig’ilgan edi. Madaniy 
merosni asrashda muzeylarning birinchi vazifasi ana shu yig’ilib qolgan muzey 
ashyolarini tashviqot qilib, ilmiy jihatdan o’rganish, sharxlashdan iborat bo’ladi. 
Muzeyshunoslarning yana bir asosiy vazifalaridan biri ilmiy-oqartuv ishlarini 
amalga oshirishdir. Bu esa muzeyga taalluqli ma’ruzalar va mazmunli 
ekskursiyalar uyushtirish lozimligini bildiradi. Muzeyshunoslikka quyidagi 
ma’suliyatlar yuklatilgan:
1. Ta’lim va tarbiya. 
2. Kishilarnng bo’sh vaqtini foydali o’tkazishni tashkil qilish. 
3. Hujjatlashtirish–madaniy-ma’rifiy boyliklarni qayd qilish.
4. Manbalar xazinasini kengaytirish, ularni profillarga ajratish va geografik 
joylashtirish. 
O’zbekistonda o’lkashunosliuk muzeylarini qayta tashkil qilish borasida ko’p 
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu o’rinda mashhur olimlarimiz, ajoyib ashyolar 
yig’ib muzeylar kolleksiyasini kengaytirmokdalar. Jumladan, biz bilgan Akrom 
polvon Asqarovning xizmatlari tahsinga loyiq. Odatda muzey jihozlarini saqlash 
joylari tartib nomer bilan belgilanadi va bu belgilar fondning asosiy fondida qayd 
qilinadi. Ma’lum bir saqlanayotgan buyum qaysi nomerli fondda saqlanayotgan 
bo’lsa, qayd kitobidagi maxsus grafaga yoziladi. SHu bilan birga har bir saqlash 
xonasi uchun alohida fond jihozlari tayyorlanadi. Bu shkaf stend, stellaj, sandiq, 
qo’ti, seksiyalariga bo’linadi. Ularning har biri tartib nomeri bilan belgilanadi.
Fondlar ilmiy faoliyatining aosini ko’rgazmalar, ekspozitsiyalar tashkil qiladi. 
Ko’rgazmalar doimiy yoki vaqtinchalik bo’ladi. Ekspozitsiyalar turg’un bo’ladi. 
Ikkinchi etapda ko’rgazma nomi, mavzusi aniqlanadi. Bu yuqori organlardan 
tasdiqdan o’tadi.
Ekspozitsiyalarni to’zish 4 boskichdan iborat. 
1. Ekspozitsiyaning ilmiy konsepsiyasi. 
2. Ekspozitsiyaning struktura rejimi. 
3. Ekspozitsiyaning mavzuli rejasi. 
4. Ekspozitsiyani kurishni nazorat kilish.
 Muzey fondlarini himoyalash vositalaridan biri va asosiysi ekspozitsiya va 
fond jihozlari hisoblanadi. Jihozlar deganda eksponatlar saqlanayotgan va 
ko’rsatiladigan ashyo va vositalar tushuniladi. Asosan ular quyidagilardan iborat:
Konservatsiya – ashyolarni saqlashning ma’lum rejimlarini saqlashdan hosil 
qilinib, ularning tabiiy eskirish protsesslarini to’xtatuvchi shuningdek, ashyolarni 
bo’zilish jarayonlarini to’xtatuvchi saqlash yo’li
bo’lib hisoblanadi. Ko’pincha ashyolar sinadi, shikastlanadi, bu narsa ularning 
qiymatidan semantik informatsiya markaziga tushiraladi.
Restavratsiya – ashyolarning oldingi holatini tiklash maksimal darajaga yoki 
oldingi holatiga yaqinlashtirishdir. Konservatsiya va restavratsiya O’rtasida vaqt 
hamda aniq chegara o’tkazib bo’lmaydi (masalan, yuqori qismi). Yig’ilgan 


buyumlar ustidan nazorat o’rnatgan saqlovchilar restavratorlar konservatsiya va 
restavratsiyaga muhtoj ashyolarni talab qilib oladi. Fondda saqlanayotgan yirik 
gabaritni ko’zdan kechirishda ularni saqlash joyida amalga oshiriladi. Mayda yoki 
ancha kichik ashyolar bilan ishlash maxsus tayyorlangan stolda o’tkaziladi. Stol 
ustiga oq qog’oz yoki mato tashlanadi. Noto’g’ri qilingan ish muzey buyumining 
halok bo’lishiga olib keladi. Ashyoning mexaniq zararlanishini bir qator 
faktorlarda kurish mumkin. Ashyo materialining texnologiyasi, tayyorlanishi va 
shu ashyoning saqlanish holati, chang-g’ubor yo’qligi, materialning sifatiga 
bog’liq, bunda material bilan tayyorlanish texnologiyasi katta ahamiyatga ega. 
Qo’lda tayyorlangan qog’oz mashinada tayyorlangan qog’ozdan ko’ra ko’prok 
sifatli va chidamli bo’ladi. Asarlar (tasviriy san’at) saqlanganda ularning 
urog’likligi hisobga olinadi. Ko’plab ashyolar (upakovkalar) urog’lik holda 
saqlanadi. Unda asosan yashiklar, kartonlardan foydalaniladi. CHang saqlovchi 
matolar bilan ham o’ralgan bo’ladi.
“Muzey san’at ashyolari saqlanadigan muassasa ekan, bunda go’zallik, 
ilmiylik, tarixiylik xolislikka katta e’tibor berishni talab etadi”
1
.
 Muzey jixozlari o’z vatani, tarixini chuqur bilishni tarixiy bilimlarni 
takomillashtirishni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni shuningdek, siyosiy, 
axloqiy, ma’naviy tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Har bir 
mamlakatdagi muzey ko’rgazmalarining qurilishi o’z xususiyatlriga ega. Ular 
o’sha mamlakatlarda tarixiy jarayonlarni aks ettiruvchi, muzey turlarining 
mazmuni bilan bog’liq muzeylarda turli xil ashyolarni maqsadli namoyish etish 
ekspozitsiya deyiladi. Muzey ko’rgazmalari o’z xususiyatiga ko’ra 2 ga bo’lindi:
1. Ularda shunchaki ashyolar qo’yilmaydi, balki tomoshobinga turli axborot 
beruvchi, tomoshobin bilan ashyolar O’rtasida hissiyot o’yg’otuvchi, o’zaro aloqa 
o’rnatuvchi muzey ashyolari kiradi.
2. Muzey ko’rgazmalari asosida muzey jamoasi tomonidan ishlab chiqarilgan 
ilmiy konsepsiya yotadi. Bu konsepsiyalar ekspozitsiyalar mazmunini, muzey 
tuplamlaridagi ashyolarni tanlash prinsiplari, ularni guruhlarga ajratish kabi 
vazifalardan tashkil topadi.
Muzey ekspozitsiyasi bilan tanishgan har bir tomo shobin, undan rang-barang 
axborot oladi. U har kunlik tomoshobinlarni o’z vaqtini mazmunli o’tkazishni 
tashkil qiladi. Muzey ko’rgazmasi alohida ajratilgan binolarda ya’ni, ko’rgazma 
zallarida joylashtiriladi. U nafaqat yaxshi jihozlangan xonalarda joylashtirilgan, 
balki tomosho uchun qulay holda o’rnatilgan har bir eksponat va ekspozitsiya zali, 
undagi elementlar unsurlar, me’moriy-badiiy jihatdan to’liq bo’lishi shart. Muzey 
ekspozitsiyasi muzey xodimi tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy konsepsiya 
asosida tashkil etilgan me’moriy-badiiy jihatdan mos bo’lgan muzey ashyolarini 
namoyish etish orqali axloqiy, ma’naviy, siyosiy, nazariy tarbiyalovchi va mulokot 
o’rnatuvchi asosiy shakl hisoblanadi.
Bundan tashqari, ma’lum muddatga mo’ljallangan muzey ko’rgazmalari ham 
mavjud. Bunday ko’rgazmalar keng qamrovli va biror-bir masalaga bag’ishlangan 
bo’ladi. Belgilangan tadbir yoki yubiley o’tkazilishi bilan muzey ko’rgazmalari 
1
I.A.Mixailovskaya. «Muzeynaya ekspozitsiya». M. 1994. Str.28.


yigishtirib olinadi va undagi ashyolar muzey fondini kengaytirib va boyitib boradi. 
Harakatlanuvchi, ya’ni sayyor ko’rgazmalar esa shahar va qishloqlarning turli 
joylarida namoyish etiladi. Bunday ko’rgazmalarning maqsadi aholi O’rtasida 
targ’ibot ishlarini olib borish, muzey eksponatlariga qiziqtirish, yerli aholi bilan 
aloqa o’rnatish maqsadida uyushtiraladi. Ayniqsa, shahardan o’zoqda joylashgan 
aholi punktlari uchun bunday usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Muzey 
eksponatlari turli millat-elat vakillari orasidagi totuvlikni kuchaytiradi va do’stlik 
aloqalarini bog’laydi.
3. Badiiy yo’nalishdagi muzey ekspozitsiyalari rang-barang bo’lib, ular 
mamlakat tarixi bilan tomoshobinlarni tanishtiradi.
Tarixiy muzey ekspozitsiyalarining qurilishi quyidagi prinsiplarga bo’linadi:
Tarixiylik pirnsipi bo’lib, bunda Fan nuqtai nazaridan asoslangan bo’lib 
chuqur va har tomonlama yoritiladi. 
5. Ashyoviylik prinsipi – bunda muzey fondida bor bo’lgan ashyoviy dalillar 
namoyish etiladi. Ashyolarning asl nusxasi bilan tomoshobin tanishadi.
Muzey ko’rgazmasida quyilgan ashyolar 2 yo’nalishni o’z ichiga oladi.
a) Ashyoning tarixiy ahamiyati ishonchli dalil hisoblanadi. Ular orqali 
tomoshobin tarixda bo’lgan haqiqat haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
b) Muzey ashyolari orqali inson mamlakat hayotida yo’z bergan voqealar 
bilan yo’zlashadi.
6. Ommaviy aloqa prinsipi. Bu prinsip orqali turli guruhlardagi dunyoqarashi 
har xil bo’lgan tomoshobinlar inobatga olinadi. 
Muzey eksponatlari juda oddiy, O’rtacha va o’ta ilmiy yo’nalishda bo’lishi 
mumkin. Tomoshobinlarga bir xil tushunarli bo’lishi uchun O’rtacha yo’nalishdagi 
eksponatlarni namoyish qilish mumkin.Har bir tomoshobin muzey eksponatlarini 
o’zining dunyoqarashi orqali baholaydi.
Dunyo muzeylari amaliyotida qo’llanilayotgan ekspozitsiyalar kurilishi usuli 
dunyo faniga qo’shayotgan hissasi asosida rivojlanib boradi. Ana shundan kelib 
chiqib, muzey fondlarida to’planib qolgan barcha daliliy ashyolarni ilmiy 
klassifaqatsiya qilish zarurati tug’ildi. Ma’lum davrlarda muzey ekspozitsiyalari va 
ulardagi eksponatlar ilmiy klasifikatsiya qilinmasdan namoyish etilar edi. SHunday 
qilib, keyinchalik muntazamlilik usuliga amal qilina boshlandi.
Muzeylardagi arxeologiya bo’limlarida bizning davrimizgacha bo’lgan 
mehnat qurollari, dastlabki odamzodning tosh asri, bronza asri, temir asri qurollari 
doimiy material sifatida qo’llanila boshlandi. Ko’rgazmalar ashyoni moddiy 
taraqqiyotning sohalariga bo’linib namoyish etildi.Masalan: yog’och, shisha, sopol, 
metaldan tayyorlangan mah sulotlar tuplash etnografik muzeylarda esa doimiy 
ashyolar, geografik belgilarga ko’ra muntazamlilik usuliga amal qilinadi. Masalan: 
yasash sharoitlari, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar va boshqalar. 
XIX asrning 2-yarmidan boshlab tarixiy muzeylar ko’rgazmasiga tub hayotni 
tasvirlovchi to’liq komplkeslar kiritila boshlandi. Bunda dastlabki qadamni 
etnografik muzeylar qo’ydi.
Muzey ansambllari, tarixiy voqealar, bo’lib o’tgan joylar, madaniy 
yodgorliklar yig’indilaridan tashkil topgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida 
G’arbiy Yevropa muzeylarida to’liq ansabml holidagi muzey ko’rgazmalari tashkil 


etila boshlagan. Muzey ansamblari tiplariga ochiq-osmon ostidagi muzey ham 
kiradi. Yevropada shunday muzeylarda dehqonlar yashagan xonadonlar to’liq 
namoyish etiladi.
Bu ekspozitsiyalar ilmiy tarixiy yo’nalishda yangi usul sifatida davom etadi. 
Muzey ko’rgazmalarining namoyish etishda faqat doimiy ashyolardan 
foydalanmay, ilmiy materiallar xaritalar, diagrammalar, panoramalar, sxemalardan 
foydalanish zarur bo’lib qoldi. Bo’lardan tashqari, eksponatlarda tasviriy san’at 
materiallari, haykaltaroshlik manzaralariga, badiiy tasvir asarlaridan ham 
foydalaniladi. Bu eksponatlarni namoyish etishda matnlardan unumli foydalanildi. 
Bu matnlar annotatsiya deyiladi. Annotatsiya qisqa mazmunli va tushunarli 
bo’lishi shart. U hosil bo’lgan turlar xillar, bo’limlar yo’zasidan yozilgan taqriz 
matn hisoblanadi. Annotatsiya bilan birgalikda har bir yodgorlik uchun yoki guruh 
uchun alohida tushuntirish tashkil qilinadi. Bu varaqaga etiketka deyiladi. Etiketka 
va annotatsiya bir xil shriftda, ko’p hollarda maxsus bosma mashinalarda yoziladi. 
Bunday muzey ekspozitsiyalari tematik usul deb, ayni paytda, kompleks tematik 
usul deb yuritiladi. Tematik struktura ekspozitsiyaning skleti, xolos. U ekspozitsiya 
materiallari orqali ishlab chiqiladi.


Download 294.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling