8-Mavzu. Muzey fondlarini to’plash


Download 294.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi294.02 Kb.
#1511559
1   2
Bog'liq
8-mavzu matn

 
 
Ekspozitsiyani 
ilmiy loyihalash murakkab jarayon bo’lib uning 
muvaffaqqiyati to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi.
Ekspozitsiyani ilmiy tashkil etishda ilmiy jamoa, ma’muriyat, muzey ilmiy 
kengashi, turli sohalar, iqtisodchilar, pedagoglar, tarixchilar, manbashunoslar va 
boshqa olimlar faol ishtirok etadi. 
Ekspozitsiya, ko’rgazma ishlari muzey faoliyati rivojida muxim ob’ekt 
hisoblanadi Yillik muzey rejasida ekspozitsiya va ko’rgazmalarni ilmiy tashkil 
etish muxlat va mavzusi o’z aksini topadi.
Ekspozitsiyani loyihalashtirish 3 ta o’zaro bir-biri bilan bog’liq, elementlardan 
iborat. 
1. Ilmiy. 
2. Badiiy. 
3. Texnik amaliy.
Ekspozitsiya ilmiy yordamchi 
materiallari. 
Ko’rsatkich 
qisqacha 
ma’lumotlar. 
 
 
Ekspozitsiya ilmiy 
yordamchi 
materiallari. 
Ekspozitsiya materiallari 4 ta tipga bo’linadi.
Музей ашёlari – madaniy tarixiy yodgorliklar, foto hujjatlar, eksponatlar rolini 
o’ynaydigan музей buyumlari. 


Ekspozitsiyaning umumiy mavzusi ilmiy jamoa va rahbariyat tomonidan 
shakllantiriladi. So’ngra yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
 Muzey ekspozitsiyalarini tashkil etishda quyidagilarga e’tibor beriladi: 
1. Ekspozitsiya mavzusi 1-muzey fondi ashyolariga. 
2.Mualliflar jamoasiga.
3.Ekspozitsiya uchun mo’ljallangan binoga. 
Ekspozitsiyani loyihalash davomida kompleks hujjatlar tayyorlanadi. Bunda 
uni hozirgi holati hisobga olinadi.
Ekspozitsiyalarni ilmiy tayyorlash jarayonida hujjatlar va loyihalar ularning 
asosini tashkil etadi. Barcha ishlarning mantiqiy asosi muzey ilmiy konsepsiyasida 
yotadi. Muzey ekspozitsiyalarning tematik to’zilish mohiyatini aniqlashda birinchi 
navbatda muzey fondlarini o’rganish zarur. Tematik rejani to’zishda ekspozitsiya 
mualliflari muzey fondlarida eksponatlarni to’plash uchun ashyolar yig’ish 
maqsadida amaliyotga chiqib ketadilar. To’plangan ashyolar kartochkalarga 
kiritiladi. Unda inventar raqami yoki buyumning topilgan joyi, mavzusi unga 
tegishli bo’lgan barcha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Kartochkalar bo’limlarga 
ekspozitsiya mavzulariga tartib bilan joylashtiralidi. Bu kartochka to’zilgan 
ekspozitsiya uchun qimmatli manba hisoblanadi. Barcha to’plangan ashyolarni 
ekspozitsiyada foydalanib bo’lmaydi. SHuning uchun ashyolar sinchkovlik bilan 
tanlab olinadi. Ular ekspozitsiyada umumiy va kichik mavzularga ajratiladi 
Quyidagi ishlarning barchasi tematik asosda bajariladi. 
1. Muzey nomi
2. Bo’lim yoki zal nomi. 
3. Muallif. Sana. 
Bo’lajak eksponatlar uchun ashyolarni tanlashda, muzey ilmiy xodimlari 
bilan birgalikda rassomlar ham faol ishtirok etadilar. Ular ekspozitsiyaning ilmiy 
konsepsiyasi bilan tanishib chiqqach, muzey fondidagi ashyolarni tanlaydilar va 
uni me’moriy badiiy kengash ixtiyoriga havola etadilar. 
Kartotekada to’plangan barcha materiallar qaytadan ko’rib chiqiladi va kerakli 
va zaruriy ashyolar tanlab olinadi. Barcha ishlar tugatilgach, ekspozitsiyaning 
namoyishi tashkil etiladi. Barcha to’plangan materiallar, to’plangan tematik 
loyihalar yordamchi manbalar qo’shimcha rasmlar me’moriy badiiy kengash qarori 
bilan joylashtiraladi. Kengash eksponatlarning joylashtirilishi, holati binoning 
ichki ko’rinishi, devor va zallarning to’zilishi, eksponatlarning og’ir-engilligi izchil 
o’rganib chiqiladi. Bu ijodiy ishlarning barchasi muzey xodimlari va rassomlarning 
hamkorligidagi olib boriladi. Sinov namoyishida tematik ekspozitsion reja asosida 
loyihaga asoslanib ish ko’riladi.
Tematik ekspozitsion rejaning taxminiy shakli quyidagicha to’ziladi:
1. Titul varaqasi. (muzey nomi, ekspozitsiya bo’limining nomi, zal raqami, 
zal maydonining umumiy hajmi, mavzularining muallifi yoki muallif jamoasiing 
nomi, reja to’zilgan sana). 
2. Mundarija (rejada ko’rsatilgan bo’lim va mavzularning ro’yxati). 
3. Kirish. 
4. Ekspozitsiya mazmuni. 


Ekspozitsiya loyihalash jarayonida ekspozitsiya mualliflari va GIDlari bilan 
mashg’ulotlar olib boriladi. Adabiyotlar, hujjatlar bilan tanishtiriladi muzey 
ashyolari namoyish qilinadi. Ekskursavodlar vernisajga tayyor bo’lishi kerak. 
Kartotekalar va tematik ekspozitsion reja o’zida
yo’l ko’rsatkich varaqa (buklet)ni tashkil qiladi. Oldindan radio, televizorlar, 
matbuot, orqali ekspozitsiya to’g’risida matn tayyorlanadi. Rassomlar afisha 
tayyorladilar. Bundan tashqari, turli suvinerlar, nishonlar tayyorlanadi. Ekspozsiya 
ochilgandan so’ng, ekspozitsiya ustidagi ish hali tugatilmaydi. U o’ziga nafaqat 
e’tiborni talab qilmay, balki kelajakda ilm-fanning rivoji, fond ashyolari xususida 
ish olib boradi. SHuningdek, ekspozitsiya kelgan yangi jihozlar bilan boyitadi. 
Ekspozitsioner va rassom bu ishda juda katta rol o’ynaydi. Ekspozitsioner oldidan 
maxsus kurslar orqali bilim olgan bo’lishi kerak.
Ekspozitsioner psixolog ham bo’lishi kerak. chunki har bir tomoshobinning 
qiyofasidan ekspozitsiyaning yoqqan yoki yoqmaganini bilib oladi. 
 

Download 294.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling