8-Mavzu. Muzey fondlarini to’plash
Download 294.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq8-mavzu matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspozitsiya ilmiy yordamchi materiallari. Ko’rsatkich qisqacha ma’lumotlar.
- Музей ашёlari – madaniy tarixiy yodgorliklar, foto hujjatlar, eksponatlar rolini o’ynaydigan музей buyumlari.
Ekspozitsiyani ilmiy loyihalash murakkab jarayon bo’lib uning muvaffaqqiyati to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Ekspozitsiyani ilmiy tashkil etishda ilmiy jamoa, ma’muriyat, muzey ilmiy kengashi, turli sohalar, iqtisodchilar, pedagoglar, tarixchilar, manbashunoslar va boshqa olimlar faol ishtirok etadi. Ekspozitsiya, ko’rgazma ishlari muzey faoliyati rivojida muxim ob’ekt hisoblanadi Yillik muzey rejasida ekspozitsiya va ko’rgazmalarni ilmiy tashkil etish muxlat va mavzusi o’z aksini topadi. Ekspozitsiyani loyihalashtirish 3 ta o’zaro bir-biri bilan bog’liq, elementlardan iborat. 1. Ilmiy. 2. Badiiy. 3. Texnik amaliy. Ekspozitsiya ilmiy yordamchi materiallari. Ko’rsatkich qisqacha ma’lumotlar. Ekspozitsiya ilmiy yordamchi materiallari. Ekspozitsiya materiallari 4 ta tipga bo’linadi. Музей ашёlari – madaniy tarixiy yodgorliklar, foto hujjatlar, eksponatlar rolini o’ynaydigan музей buyumlari. Ekspozitsiyaning umumiy mavzusi ilmiy jamoa va rahbariyat tomonidan shakllantiriladi. So’ngra yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. Muzey ekspozitsiyalarini tashkil etishda quyidagilarga e’tibor beriladi: 1. Ekspozitsiya mavzusi 1-muzey fondi ashyolariga. 2.Mualliflar jamoasiga. 3.Ekspozitsiya uchun mo’ljallangan binoga. Ekspozitsiyani loyihalash davomida kompleks hujjatlar tayyorlanadi. Bunda uni hozirgi holati hisobga olinadi. Ekspozitsiyalarni ilmiy tayyorlash jarayonida hujjatlar va loyihalar ularning asosini tashkil etadi. Barcha ishlarning mantiqiy asosi muzey ilmiy konsepsiyasida yotadi. Muzey ekspozitsiyalarning tematik to’zilish mohiyatini aniqlashda birinchi navbatda muzey fondlarini o’rganish zarur. Tematik rejani to’zishda ekspozitsiya mualliflari muzey fondlarida eksponatlarni to’plash uchun ashyolar yig’ish maqsadida amaliyotga chiqib ketadilar. To’plangan ashyolar kartochkalarga kiritiladi. Unda inventar raqami yoki buyumning topilgan joyi, mavzusi unga tegishli bo’lgan barcha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Kartochkalar bo’limlarga ekspozitsiya mavzulariga tartib bilan joylashtiralidi. Bu kartochka to’zilgan ekspozitsiya uchun qimmatli manba hisoblanadi. Barcha to’plangan ashyolarni ekspozitsiyada foydalanib bo’lmaydi. SHuning uchun ashyolar sinchkovlik bilan tanlab olinadi. Ular ekspozitsiyada umumiy va kichik mavzularga ajratiladi Quyidagi ishlarning barchasi tematik asosda bajariladi. 1. Muzey nomi 2. Bo’lim yoki zal nomi. 3. Muallif. Sana. Bo’lajak eksponatlar uchun ashyolarni tanlashda, muzey ilmiy xodimlari bilan birgalikda rassomlar ham faol ishtirok etadilar. Ular ekspozitsiyaning ilmiy konsepsiyasi bilan tanishib chiqqach, muzey fondidagi ashyolarni tanlaydilar va uni me’moriy badiiy kengash ixtiyoriga havola etadilar. Kartotekada to’plangan barcha materiallar qaytadan ko’rib chiqiladi va kerakli va zaruriy ashyolar tanlab olinadi. Barcha ishlar tugatilgach, ekspozitsiyaning namoyishi tashkil etiladi. Barcha to’plangan materiallar, to’plangan tematik loyihalar yordamchi manbalar qo’shimcha rasmlar me’moriy badiiy kengash qarori bilan joylashtiraladi. Kengash eksponatlarning joylashtirilishi, holati binoning ichki ko’rinishi, devor va zallarning to’zilishi, eksponatlarning og’ir-engilligi izchil o’rganib chiqiladi. Bu ijodiy ishlarning barchasi muzey xodimlari va rassomlarning hamkorligidagi olib boriladi. Sinov namoyishida tematik ekspozitsion reja asosida loyihaga asoslanib ish ko’riladi. Tematik ekspozitsion rejaning taxminiy shakli quyidagicha to’ziladi: 1. Titul varaqasi. (muzey nomi, ekspozitsiya bo’limining nomi, zal raqami, zal maydonining umumiy hajmi, mavzularining muallifi yoki muallif jamoasiing nomi, reja to’zilgan sana). 2. Mundarija (rejada ko’rsatilgan bo’lim va mavzularning ro’yxati). 3. Kirish. 4. Ekspozitsiya mazmuni. Ekspozitsiya loyihalash jarayonida ekspozitsiya mualliflari va GIDlari bilan mashg’ulotlar olib boriladi. Adabiyotlar, hujjatlar bilan tanishtiriladi muzey ashyolari namoyish qilinadi. Ekskursavodlar vernisajga tayyor bo’lishi kerak. Kartotekalar va tematik ekspozitsion reja o’zida yo’l ko’rsatkich varaqa (buklet)ni tashkil qiladi. Oldindan radio, televizorlar, matbuot, orqali ekspozitsiya to’g’risida matn tayyorlanadi. Rassomlar afisha tayyorladilar. Bundan tashqari, turli suvinerlar, nishonlar tayyorlanadi. Ekspozsiya ochilgandan so’ng, ekspozitsiya ustidagi ish hali tugatilmaydi. U o’ziga nafaqat e’tiborni talab qilmay, balki kelajakda ilm-fanning rivoji, fond ashyolari xususida ish olib boradi. SHuningdek, ekspozitsiya kelgan yangi jihozlar bilan boyitadi. Ekspozitsioner va rassom bu ishda juda katta rol o’ynaydi. Ekspozitsioner oldidan maxsus kurslar orqali bilim olgan bo’lishi kerak. Ekspozitsioner psixolog ham bo’lishi kerak. chunki har bir tomoshobinning qiyofasidan ekspozitsiyaning yoqqan yoki yoqmaganini bilib oladi. Download 294.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling