Muallif xatosimi yoki noshr?


Download 0.82 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#189284
Bog'liq
Muallif


Muallif: Qoraqolpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani XTBga qarshli 18- IDUMning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sarsenbayeva Shahnoza

Muallif xatosimi yoki noshr?

Bu yilgi “Avgust kenggashi” yig’ilishida aytilganidek, “Ozgarishni o’zimizdan boshlaylik” shiori ostida 2019-2020-o’quv yilini ham boshlab yubordik. Shu yilgi o’quv yili uchun 3-sinf darsliklari qaytadan nashr qilindi. bu kitoblar tezlik bilan ya’ni 25-avgustga qadar maktablarga yetkazib berilishi aytildi. Kitoblar maktablarga yetib keldi. Men 3-sinf rahbari bo’lganligi sababli kitoblarni sinchiklab o’rganib chiqdim. O’rganish jarayonida shu narasaga amin bo’ldimki, S. Burxonov, O‘.Xudoyorov, N.Ruziqulova, I.Gaibova muallifligida chop qilingan 3-sinf Matematika 4-nashr 2019-yil “Sharq nashiryot ” matbaa aksiyadorlik kompaniya bosh tahriryati tomonidan chop etilgan.

Matematika kitobi oldingi nashrdan chiqqan kitoblardan tubdan farq qiladi. Mavzular murakkablashtirilgan bosqichma-bosqich izchillikda berilganligiga amin bo’ldim. Kitobning qaysi joylarida o’zgarish kiritilganligiga to’xtalmayman, chunki bu haqida o’qituvchilarning an’anaviy avgust kengashida barcha maktablarning boshlang’ich sinf o’qituvchilari tanishtirildi.

Meni e’tiborimni tortgan va o’ylantirgan narsa haqida yozmoqchiman. Bu haqida respublikamizdagi barcha 3-sinfni o’qitadigan o’qituvchilarni o’ylantayotgan dolzarb muammo emasmi?

Bir kuni dars o’tish jarayonida o’quvchim shunday dedi:

-Ustoz mening matematika kitobimda misollar boshqacha berilgan ekan, siz, sinf taxtasiga yozilgandek misol emas dedi.

O’quvchining kitobini olib ko’rganimda haqiqatdan ham men har kuni qo’llanib kelayotgan kitobim sahifasiga o’xshamas edi. O’quvchilardan so’radim yana kimlarning kitobi shunday desam sinfda 7-8 nafar o’quvchi ham oldinggi o’quvchini gapini ma’qulladi. Kitobning oxirgi sahifasida yani tuzatishlarni qarasam bu sahifalar yo’q ekan.



Metod birlashma yig’ilishida shu bo’yicha boshqa o’qituvchilar bilan maslahatlashsam ularda ham shu muammo ekan. Misollardan ayrim namunalar keltiraman.

43-betda Mustahkamlash darsida

739+(180 : 20)=739+9=748

yana bir kitobda 43-betda Mustahkamlash darsida

739+(756:28)=739+26,39 bu misolda natija chiqmaydi.o’quvchida kitobga nisbatan bunda ishonchsizlik paydo bo’ladi. Men kitobni rasmga tushurib ham oldim.





yana bir misol bu uyga vazifa 40- betda

220+220:X=230

200:X=230-220

200:X=10

X=200:10


X=20

220+220:20=220+11=231

yana birida

228+200:X=230

200:X=230-228

200:X=2


X=200:2

X=100


Tekshirish

228+200:100=228+2=230



100=100



Uyga berilgan vazifada o’quvchida misolni bajarish davomida ikkilanish paydo bo’ladi. Bu berilgan vafalarni o’quvchiga to’g’ri variantini bajartirdim. Darslikda 40-43-betlarda misollar xato berilgan.

Masalaning ikkinchi tomoni kishini o’ylantiradi. Mamlakatimiz tomondan ta’limga e’tibor qaratilib o’qitishning sifatini oshirishga butun e’tiborni ta’limga safarbar qilinayotgan bir paytda, nahotki mualliflarimiz xatolikka yo’l qo’ysa?



3-sinf uchun matematika darslik yaratishda ishtirok qilgan barcha muallif va noshrlarni e’tiborli bo’lishni so’rab qolamiz. keyingi yildan bunday xatolikka yo’l qo’yilmaydi degan umiddamiz
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling