BPR da zamonaviy axborot texnologiyalarining roli
Ko‘p joylarga taqsimlangan ma’lumotlarga asoslangan ma’lumotlar bazasi;
Maxsus vazifalarni bajaruvchi ekspert tizimi;
Tashkilot uchun markazlashgan tizimni ta’minlab beruvchi telekomunikatsiya tarmog‘i;
Har bir personal uchun mustaqil ishlash imkoniyatini ta’minlab beruvchi ishchi stantsiyaga va simsiz ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
Istemolchilar bilan aloqani ta’minlab beruvchi interaktiv texnologiya;
Reinjiniringning asosiy tushunchalari.
Reinjiniring 1980-yillarda ommalasha boshladi. Ushbu jarayon ilk bor Ford, Texas Instruments va Toco Bell kabi kompaniyalarda amalga oshirila boshlangan.
Reinjiniring - bu o‘lchamni kichiktirish emas yoki avtomatlashtirish ham emas. Bu boshqarishni kamaytirish yoki boshqaruvni qayta hosil qilish ham emas. Bu “yangi struktura” yoki “yangi iqtisodiyot” ham emas...
Reinjiniring - bu kandaydir mahsulotni sifatini oshirish yoki ishlab chiqish unumdorligini ko‘tarish emas. Bu aynan istemolchiga qaratilgan ommaviy tadbirlar yig‘indisi ham emas...
Adam Smit va Karl Markslar mexnatni «taqsimot» asosida tashkil etishni taklif qilishgan, ammo bu hozirgi zamonda eskirgan hisoblanadi.
Xemmer i Chempi (Hammer & Champy, 1994) larning fikriga ko‘ra biznes jaraynlar reinjiniringi quyidagicha talqin qilingan: «biznes jarayonlariga bog‘liq bo‘lgan vazifalar birlashmasi xaqidagi g‘oya»…
Reinjiniring – jarayonni qayta yangilash (reintegratsiya)! Qayta yangilash quyidagi asosiy 3 qismga bo‘linadi:
Vazifalarni reintegratsiyalash – bir biriga bog‘liq juda kichkina jarayonlarni kattaroq blokka birlashtirish: ya’ni mahsulotning qismlar sonini kamaytirish va h.o
Ishchi kuchlarni reintegratsiyalash – bu har ishchiga yuqoridagi shartdan kelib chiqib jarayonning ko‘proq qismini yuqlatish.
Bilimlarni reintegratsiyalash – ya’ni har bir ishchi umumiy jarayonning ko‘proq qismi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |