8-Mavzu Ochiq ma’lumotlar portali. O’zbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi qonuni


Elektron raqamli imzo haqidagi asosiy tushunchalar


Download 375.22 Kb.
bet7/19
Sana26.08.2023
Hajmi375.22 Kb.
#1670374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
elektron hukumat

Elektron raqamli imzo haqidagi asosiy tushunchalar
ERI Yopiq kaliti — faqat imzolovchi shaxsga ma’lum bo‘lgan simvollar ketma-ketligi va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni shakllantirish uchun mo‘ljallangan.
ERI ochiq kaliti — elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi sivollar ketma-ketligi bo‘lib, xar qanday foydalanuvchiga ma’lum bo‘ladi va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan.
ERI sertifikat kaliti — ro‘yhatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzoning yopiq kalit egasiga taqdim etilgan va elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlovchi elektron hujjat.
Elektron raqamli imzoning maqsadi
ERI elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni imzolash va kim tomonidan imzolanganini tasdiqlash
Elektron hujjatni imzolash jarayonida ERI yopiq kaliti ishlatiladi
Elektron hujjatdagi ERIni tekshirish uchun ERI ochiq kaliti ishlatiladi
Elektron hujjatlar almashish tizimi
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun
2004 yil 29 aprelda qabul qilingan
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati

Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo‘llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Elektron hujjat aylanishi
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
Elektron hujjatning rekvizitlari

  • Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

  • elektron raqamli imzo;

  • elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;

  • hujjat yaratilgan sana.

  • Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.


Download 375.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling