Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi
Download 58.34 Kb.
|
14- Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 apreldan kechikmay
- Birinchidan
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasiDeklaratsiya – jismoniy shaxsning yil davomida olgan daromadlari va ushlangan soliq miqdori haqidagi hujjat bo‘lib, yashash joyidagi soliq inspektsiyasiga taqdim etiladi. Asosiy ish joyidan tashqari boshqa daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar 1 apreldan kechikmay doimiy turar joyidagi soliq inspektsiyasiga deklaratsiya taqdim etishi shart. Deklaratsiyada quyidagilar ko‘rsatiladi: mulkiy daromadlar , agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa; ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar; soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar; jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda; soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar. Deklaratsiya o‘tgan yil (soliq davri) uchun taqdim etiladi. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida ma’lumotnoma ilova qilinadi. Deklaratsiya soliq inspektsiyasiga shaxsan tashrif buyurish yoki pochta orqali buyurtma xatda yuborish yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi elektron deklaratsiyani topshirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshirilishi kerak: Birinchidan, elektron raqamli imzo olish kerak (ERI) (agar mavjud bo‘lmasa). Buning uchun jismoniy shaxs davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishi va arizani to‘ldirishi lozim. ERI bepul beriladi. Shundan so‘ng davlat xizmatlari markazi xodimi ERIni ma’lumot tashuvchiga (fleshkaga) yuklab beradi; Download 58.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling