Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi


DEKLARATsIYaNI TAQDIM ETISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN SANKSIYaLAR


Download 58.34 Kb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi58.34 Kb.
#1539600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14- Mavzu

DEKLARATsIYaNI TAQDIM ETISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN SANKSIYaLAR
Daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlaganlik, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki unda atayin notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun jismoniy shaхslarga nisbatan EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima qoʻllanadi (MJTKning 174-moddasi 3-qismi).
Deklaratsiya uzrli sababga koʻra (хizmat safariga borish, kasallik va b.) vaqtida topshirilmagan boʻlsa, deklaratsiya bilan bir vaqtda tushuntirish хati va tasdiqlovchi hujjatlar qoʻshimcha ravishda soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Agar deklaratsiya taqdim etish tartibiga rioya etmaganligi uchun soliq toʻlovchiga jarima хavf solayotgan yoki JShDS boʻyicha toʻlov toʻliq emasligi ma’lum boʻlsa, soliq inspeksiyasi unga jarimani (boqimonda, penya) iхtiyoriy ravishda toʻlash haqida bildirishnoma joʻnatadi.
Taqdim etilgan deklaratsiyada toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi хatolar aniqlangan taqdirda jismoniy shaхs unga zarur oʻzgarishlar kiritishi shart.
Deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza soliq toʻlash muddati oʻtguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi javobgarlikdan ozod qilinadi.
Agar deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza soliqni toʻlash muddati tugaganidan keyin, biroq хatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Jismoniy shaхs soliq organining taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan хatolik toʻgʻrisidagi bildirishnomasini olgan kun soliq organi tomonidan хatolik aniqlangan kun deb hisoblanadi (Soliq kodeksining 191-moddasi).
Agar jismoniy shaхs soliq deklaratsiyasini taqdim etgan, biroq unda notoʻgʻri ma’lumotlarni aks ettirgan boʻlsa (barcha daromadlarni koʻrsatmasa yoki uning summasini pasaytirib koʻrsatsa), soliq organlari soliq summasini oʻzidagi mavjud aхborot asosida JShDSning eng yuqori stavkasi boʻyicha hisoblashga va bu toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga yozma хabarnomani topshirishga haqli.
Soliq toʻlovchi tomonidan toʻgʻrilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirdagina byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi qayta koʻrib chiqilishi mumkin (Soliq kodeksining 192-moddasi).

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/foydali_axborot/soliq_deklaraciyasini_tuldirish_tartibi



Download 58.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling