8-Mavzu: Operatsiyalarni loyihalash. Dastgohlar, moslamalar, kesish va


Download 319.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.01.2023
Hajmi319.96 Kb.
#1097472
  1   2   3


8-Mavzu: Operatsiyalarni loyihalash. Dastgohlar, moslamalar, kesish va 
o’lcham asboblarini tanlash. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dasgohlar 
uchun texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy bosqichlari. Dastur bilan 
boshqariladigan dastgohlarning qo’llanilishi va texnologik imkoniyatlari. 
Texnologik jarayon hujjatlarini rasmiylashtirish

Reja: 
1. 
Operatsiyalarni loyihalash. Dastgohlar, moslamalar, kesish va o’lcham 
asboblarini tanlash. 
2. 
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dasgohlar uchun texnologik jarayonlarni 
loyihalashning asosiy bosqichlari. 
3. 
Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo’llanilishi va texnologik 
imkoniyatlari. Texnologik jarayon hujjatlarini rasmiylashtirish
.
8.1. Operatsiyalarni loyihalash. Dastgohlar, moslamalar, kesish va o’lcham 
asboblarini tanlash.Texnologik jarayonlarni namunalashtirish va loyihalashni 
avtomatlashtirish. 
Turli avtomobil va traktor zavodlarida bir xil yoki shakli va o’lchamlari bilan 
bir-biriga yaqin turadigan detallarni yasash uchun har xil texnologik jarayonlarni 
qo’llash natijasida bu detallarning qiyinligi ham bir-biridan jiddiy farqlanadi. 
Buning sabablari- qo’llanadigan uskunalar, texnologik jihozlar, mahsulot 
hajmining turli-tumanligidadir. 
Turli-tumanlikni bartaraf etish uchun texnologik jarayonlarni loyihalashga 
tegishli umumiy tamoyillarni ishlab chiqish, asoslash hamda detallarning turlanishi 
(klassifikatsiyasi) asosida namunaviy jarayonlarni ishlab chiqish lozim. 
Umum qabul qilingan klassifikatorga binoan barcha mashinasozlik detallar 
ikki klassga bo’linadi. Birinchisiga aylanib ishlaydigan detallar (val, vtulkalar
lappaklar, silindrlar va sh.k.), ikkinchisiga- aylanmay ishlaydigan detallar 
(korpuslar, plitalar, richaglar va sh.k.) kiradi. Har qaysi klass o’z navbatida, 
detalning konstruktiv xususiyatiga qarab yana uch marta bo’linadi (подкласс, 
группа, подгруппа). 
Texnologik jarayonlarni namunalashtirish deganda, muayyan klassdagi 


hamma detallarni tayyorlashga oid bo’lgan jarayonlarni yaratish tushuniladi. Bu 
jarayonlar turli ishlab chiqarish sharoitlarida istalgan detalni yasashning optimal 
texnologik jarayonini ishlab chiqishga asos bo’lishi ham kerak. 
Texnologik jarayonga turli omillar ta’sir o’tkazadi: detal konstruksiyasi 
(o’lchamlar, shakl, ishlov aniqligi), umumiy miqdori va zagotovka yasash usuli. 
Detalning o’lchamlari zaruriy uskunalarning tavsifiga va texnologik jara-
yonga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Detallarning shakli bir xil bo’lsa ham, o’lchamlari 
bilan keskin farq qilsa, texnologik jarayonlar bir-biriga o’xshamaydi (masalan, 
dvigatelning tirsakli vali bilan kompressorning xuddi shunday vali). Dvigatel 
valining o’zak (коренной) va shatunli bo’yni yirik maxsus va ixtisoslashtirilgan 
tokarlik stanogida yo’niladi, kompressor valining bo’yinlari esa oddiy tokarlik yoki 
ko’p keskichli stanokda, moslamalar yordamida yo’niladi. Korpusli detallar 
(silindrlar bloki, suv nasosi korpusi va sh.k.) ham turli uskunalarda bajariladi. 
Oqimli ishlab chiqarish sharoitlarida turli oqimli qatorlar (yakka, juftlangan, 
guruh) bir xil o’lchamli va bir klass, bir-birinikiga o’xshagan texnologik jarayonga 
ega bo’lgan detallar uchun yaratiladi. 
Detalning shakli ko’p jihatdan uni yasash jarayonini aniqlab beradi. Ba’zi 
hollarda turli shakldagi detallar o’xshash texnologik jarayonlar bilan yasalishi 
mumkin. Masalan, pog’onali val va chorbarmoq (крестовина) tashqi ko’rinishdan 
keskin farq qiladi, lekin ularning o’rnatuv asosi va amallar ketma-ketligi bir xil. 
Pog’onali valning yon qirrasini, chorbarmoqning sapfasini frezalab, markaz 
chuqurchasi ochib olingach, valning ikki tomoni, chorbarmoqning sapfasi xomaki 
va tozalab qiriladi. Pardozlash amali ikkala detal uchun ham silliqlash bo’lib, valni 
ikkita markaz orasiga siqib qo’yilgan holda, chorbarmoqni- patronga qis- gan 
holda bajariladi. 
O’xshash texnologik jarayonlar korpuslarda, kronshteynlarda, ustunlarda ham 
bor. 

Download 319.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling