8-mavzu: O’qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati. Reja: Tarbiyachilik mahoratining mazmuni
Download 87.07 Kb.
|
PK Ma\'ruza 8
Tarbiyackilik mahoratining tarkibiy qismlari.
Pedagogikada o'qituvchining tarbiyachilik mahorati doimiy o'zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to'ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega Uning bir-biri bilan bog'liq quyidagi tarkibiy qismlari o'qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo'nalishlar bo'lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi: Tarbiyada maqsadnine aniqlizi. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy- siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va o'qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O'zbekiston Respub- likasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g'oyalariga ko‘ra tarbiyachilar va o'qituvchilar zimma siga jamiyatimiz tomonidan qo'yilayotgan talablar - erkin, ijodkor, mus taqil fikr egasi bo'lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo'lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatmi tarbiyalashdan iborat. Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalami rejali va kutilgan natijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizi- midir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o'quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko'nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o'quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi natijasida murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o’ ‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o'tkazilgan tadbirlar o'quvchilarning aqliy rivojlani shini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikr- lashlarini, o‘z fikr-mulohazalarini cho'chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi. Tarbiyachi-o'qituvchining mahorati har bir o‘quvchiga alohida yon- dashuv imkoniyatlarini topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga qaratiladi. Tarbiyachi-o‘qituvchi tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo'yiladigan asosiy talablar: tarbiyaviy tadbirlar bech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rilishi lozim. litimoiv psixologik tizim. o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati - bu tarbiyalanuvchilami maium bir maqsadga muvofiq tar biyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. O‘quvchilar har kuni quvonchli daqiqalami, katta va kichik ko‘ngilsizliklami birgalikda boshdan kechiradilar. Ular tarbiyadii-o‘qituvchining o'zlariga nisbatan yaxshi va yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy psixologik bilim va malakaga ega bo‘lish tarbiyachi-o‘qituvchida uddaburonlikni va sezgirlikni shakllan tiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, o'quvchilar qalbigayoi topadi. Chunki o'quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil top- gan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo'lib, shaxs shaklla- nishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhim yacheyka hisoblanadi. O‘quvchilar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlami ham bilishi kerak. Bu ziddiyatlaming barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin m. josabatlariga bog‘liq. Haqiqiy va mohir tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlami bartaraf etishda o‘quvchilar jamo asi, o'quvchilar o'zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o'rganish o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi. o‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda boiishi uchun o'qituvchi quyidagi omillarga e’tibor berishi shart: - har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish; -jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaroyordammuhitini shakllantirish; - oilaning tarbiyaviy ta siridan o‘z o‘mida fodalanish; - o'quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish; - o’ ‘quvchilarga o'zaro teng, adolatli munosabatda boiish. Download 87.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling