8-mavzu. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Aqliy tarbiya. Fuqorolik tarbiyasi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya. O'quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja


Download 20.37 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi20.37 Kb.
#1364577

8-mavzu. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Aqliy tarbiya. Fuqorolik tarbiyasi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya. O'quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi.
Reja:
1. Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g'oyani shakllantirish o'quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari.
2. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari.
3. Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Aqliy tarbiya vositalari.
4. Iqtisodiy tarbiya - o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida. O'quvchilarning ekologik tarbiyasi.
5. Fuqarolik tarbiyasi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya. Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari.
Fuqarolik tarbiyası, Mi maqsla va vazialar Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari, Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari Jismoniy tarbiya vositalari. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari
Tayanch so’z iboralar: Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash, milliy g'oya, o'quv-tarbiya, tarkibiy qism, ekologik tarbiya, mehnat tarbiyasi, aqliy tarbiya, fuqarolik tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi.


Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g'oyani shakllantirish o'quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o‘rni, mohiyati, hayotiy yo‘nalishini, o‘zligini anglash kabi savollarga javob beradi.
Shuningdek, dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani idrok qiliish» kabi tushunchalar bilan yaqin ma’nodosh ekanligini aytish joiz. Dunyoqarash tushunchasi mafkura tushunchasi bilan aloqador. Mafkura bizning nazarimizda mehnatsevarlikka, milliy ong, milliy g‘oya, milliy g‘ururni tarbiyalashga, o‘zini o‘zi anglashga, millatimiz bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot yo‘liga qanday yondashishimizni bilishga, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, rasm-rusmlarimizni qayta tiklashga va yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bizning milliy istiqlol mafkuramiz davlat mustaqilligini mustahkamlashda, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda aniq maqsad va yo‘nalishlarga tayanadi. Uning yordamida xalqimiz inson huquqini himoya qiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptiradi, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida o‘zida kuch topadi. Eng muhimi istiqlol mafkuramiz, milliy g‘oyamiz insonni halol va pok hayot kechirish, bevabechoralar, qarovsiz qolgan bolalarga nisbatan diqqat va e’tiborda bo‘lishkabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga asoslanadi.
Dunyoqarash insoniyatni o‘tmish merosi, hozirgi hayot va bundagi sharoitlar, tizimlarning anglab olinganligi, qadriyatdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzi, hayoti, axloqodobi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig‘indisidir. Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi.
O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarashshaxs qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun “fikrlash” va “aql kuchi” tushunchalariga to‘xtalish lozim bo‘ladi. Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz.
Oddiy qilib aytganda, ob’ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘lgan tuyg‘u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shundaki, fikrimiz orqali biz ko‘zimiz bevosita ilg‘amayotgan, ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan, bo‘lgan taqdirda ham o‘sha narsaning ichki xususiyatiga aloqador bo‘lgan «sirli» jihatalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz. Fikrlash esa,shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettrish bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig‘i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga xos. Falsafiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib ko‘rsatiladi:
 mantiqiy;
 abstrakt(mavhum);
 umumlashgan;
 nazariy;
 texnik;
 reproduktiv;
 ijodiy(produktiv);
 tizimli;  kategorial;
induktiv;
 deduktiv;
 algoritmik;
 tanqidiy;
 mustaqil va boshqalar.
Bilimlarga mantiqiy ishlov berish usullarini egallash, ya’ni oldin o‘rganilgan va yangi bilimlar orasida umumlashgan aloqadorlikni o‘rnatish; Tushunchalarga tavsif bera olish; Muhokama, isbotlash, rad etish, xulosa chiqarish, faraz, bashorat qilish usullarini egallash bilan xarakterlanadi. Umumlashgan fikrlash hodisalarni muayyan guruhlarida ko‘p uchraydigan harakat usullari yoki umumiy tamoyillarni topa olish bilan xarakterlanadi. Nazariy fikrlash: Yuqori darajada umumlashgan bilimlarni egallashga layoqatlilik; U yoki bu sohadagi bilimlarning rivojlanish tamoyillari va ilmiy asoslarini tushunish bilan xarakterlanadi. Texnik fikrlash texnika bilan ishlashga insonning psixologik tayyorgarligini, iщlab chiqarish jarayonlarining umumiy tamoyillari va ilmiy asoslarini tushunishni talab etadi. Reproduktiv fikrlash ma’lum turdagi vazifalarni hal etish yoki aniq Sharoitlardagi harakatlarni bajarish uchun zlashtirilgan bilimlarni faollashtirish bilan bog‘liq. Ijodiy fikrlash oldin unga tanish bo‘lmagan yangi vazifalarni insonning mustaqil hal etishi. Tizimli fikrlash insonning fanlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olishi, umumiy, jamiyat va tabiat rivojlanish qonuniyatlarini bilishi asosida yuzaga keladi. Kategorial fikrlash – tushunchalarni bir sinf va guruhlash asosida paydo bo‘ladi.
Masalan, “it-ot-mushuk”, ularning qatorida yo‘lbarsni qo‘yish mumkin emas, chunki bu erda faqat uy hayvonlari birlashtirilyapti. Induktiv fikrlash – xususiy fikrdan umumiy fikrni paydo bo‘lishi orqali yuzaga chiqadi. Faktlardan umumlashma hosil bo‘ladi. Deduktiv fikrlash – umumiy fikrdan xususiy fikrlash asosida kelib chiqadi. Masalan, qoidadan misollarni keltirib chiqarish. Algoritmli fikrlash – aniq tushunchalar asosida hukm tarzida xulosa chiqarish. Tanqidiy fikrlash – axborotlarni o‘zlashtirishdan boshlanadigan va xulosa chiqarish bilan tugallanadigan murakkab o‘ylash jarayonidir. Mustaqil fikrlash – bu insonning muammoni, uni hal qilish yo‘llarini o‘zi ko‘ra olishi va unga mustaqil javob topa olish qobiliya-tidir. XX asrning so‘ngi choragida psixologik va pedagogik adabiyotlarda ta’lim jarayonining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik yondashuv va tamoyillarni amalga oshirish ko‘plab ta’riflanganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, “aqliy rivojlanish” tushunchasi keng qo‘llaniladi, lekin qanday belgilariga ko‘ra inson aqli, uning aqliy rivojlanish darajasi haqida fikr yuritish mumkin degan savolga bir mazmunli javob berilmaydi. Barcha psixologlar aqliy rivojlanishda ta’lim asosiy, hal qiluvchilik rolini o‘ynashini e’tirof etadi. Bu insonning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. Ma’lumki, insonning psixik rivojlanishi u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy Shart-Sharoitlarda aniqlanadi. O‘z hayotining birinchi kunidanoq bola kattalar ta’siri ostida ijtimoiy tajribani o‘zlashtira boshlaydi. Bu tajribalarni o‘zlashtirish jarayonida bolaning aqliy rivojlanishi, uning insoniy qobiliyatlarining shakllanishi sodir bo‘ladi. Olimlar orasidagi ba’zi xilma-xillik aqliy rivojlanishda bilimlarning roli qandayligi haqidagi masalani keltirib chiqaradi.
Masalan, A.N. Leontev bilimlar bilan aqliy rivojlanish, xuddi Shunday rivojlanish o‘rtasida aniq teng ishorasini qo‘yadi. Uning fikricha, insoniyat tajribasini “o‘zlashtirish” butunlay bola yashayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy Sharoitlarda qo‘lga kiritilganligi bilan xarakterlanadi. Boshqa olimlar(E.N. Kabanov-Meller, V.A. Krutetskiy) bilimlarni ahamiyatini pasaytirmaydi, biroq uni mutlaqlashtirmaydi ham. Ular bilim aqliy rivojlanishSharti sifatida aks etadi, lekin uning tuzilishiga kirmaydi, deb hisoblashadi. Bu mualliflarning fikricha, aqliy rivojlanish faqatgina bilimni o‘zinigina emas, insonning mazkur bilimni yangi Sharoitlarda qo‘lga kiritish, qo‘llay olish, uzatish imkoniyatidan kelib chiqadi. Z.I. Kalmыkov quyidagi ta’rifni taklif etadi: aqliy rivojlanish – inson psixikasining individual o‘ziga xosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy Sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik o‘zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. Amaliy bilimlar zahirasi aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida qaralishi kerak.
Amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning tuzilishida ta’lim olganlik o‘z aksini topadi. Ta’lim olganlik – bu aql sifatini Shakllantiruvchi Shaxs intellektual xususiyatlarining tizimi. Aqlning teranligi inson yangi materialni egallashda mavhumlashtira olishi mumkin bo‘lgan belgilarning muhimligi bosqichi va ularni umumlashganligi darajasida namoyon bo‘ladi. Aqlning sustligi qarama-qarshilikda: bir qoliplikka, fikrlashdagi odatiylikka moyillikda, bir harakatdar tizimidan boshqasiga o‘tishdagi qiyinchilikda namoyon bo‘ladi. Fikrning moslashuvchanligimaqsadga muvofiq o‘zgaruvchanlikni talab etadi.
Aqlning barqarorligi insonga vazifalarni fikriy hal etish, ularning butun belgilarini xotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq ko‘rinadi. Fikriy faoliyatning anglanganligi – uning mahsuli sifatida so‘zda ifoda etish imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati. Aqlning mustaqilligi – yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning yangi yo‘llarini faol izlashda namoyon bo‘ladi. Fikrning tejamkorligi – kam vaqt sarflab etarlicha bilimlarni egallay olishda aks etadi. Aqliy tarbiyaning maqsad va vazifalari Aqliy tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imko-niyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi – ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:
-belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;
-dunyoqarashni shakllantirish;
-aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;
-bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
-shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;
-bilish faoliyatini shakllantirish;
-doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish; ta’lim oluvchilarni bilish faoliyati metodlari bilan qurollantirish; fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.
Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim. Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin. Aqliy tarbiya o’quvchining har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektual koʻnikmalar, yaʼni har qanday fanni oʻrganishda qoʻllaniladigan umumiy oʻquv koʻnikmalari oʻqish, tinglash, oʻz fikrini ogʻzaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash boʻyicha zarur boʻlgan maxsus koʻnikmalar (chizma, haritalarni oʻqiy bilish, ularning natijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllanti-rish, yaʼni bolalarga olam ilmiy manzarasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni oʻrab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya taʼlim, oʻyin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan boʻlgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va oʻzlashtirishda roʻy beradi.
O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari.
Download 20.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling