8. Mavzu: O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo‘nalishlari, bosqichlari va metodlar. Reja: (4 soat)


Modellashtirish va modelli - texnik tajriba


Download 20.7 Kb.
bet4/4
Sana12.10.2023
Hajmi20.7 Kb.
#1700354
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzutk

Modellashtirish va modelli - texnik tajriba.
Har xil turdagi texnik obyektlarning modyeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.
Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi.
Xarakteri bo‘yicha - bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv - ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi (asosiysi bunda o‘quvchilar bilim tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar).
Ikkinchi tomondan - bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o‘zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv - ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari “Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar” ko‘rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.
Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatatsion sarf-xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiya-lashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A, -] ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala.
Muammo - bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [-, H]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.
2 - misol. Masalaning qo‘yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg‘i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo - yonilg‘ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishi belgilanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
O‘quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini qanday bosqichlarga ajratish mumkin?
Texnik ijodkorligining mazmuni qanday omillarga ko‘ra tanlanadi?
Texnik ijodkorlik muammolarini hal etishda yangi axborot texnologiyalarining qanday imkoniyatlaridan foydalanish mumkin?
Download 20.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling