8-mavzu: O’rta osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari
Xonliklar davrida iqtisodiy munosabatlar
Download 141.5 Kb.
|
2 5224236981487142595
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dehqonchilik.
- Chorvachilik.
2. Xonliklar davrida iqtisodiy munosabatlar. Xonliklar tarixi iqtisodiy hayotning bir tekisda bormaganligidan, ayrim davrlarda siljish kuzatilsa-da, xonliklar o’rtasidagi o’zaro kurash avj olgan yillarda tanazullik hollari yuz berganligidan guvohlik beradi. Uchta xonlik boshqaruv tizimida feodal munosabatlar asos qilib olingan edi.
Xonliklar iqtisodiyotining asosini dehqonchilik va Chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan. Aholining katta qismi asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Dehqonchilik sohasini rivojlantirish masalasiga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilgan. Xususan, Shayboniylar hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik ishlarini rivojlantirishga ahamiyat berildi. Zarafshon, Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Vaxsh, Murg’ob daryolari bo’ylarida ko’plab kanallar, anhorlar, ariqlar qazilib, atrofdagi yerlarga suv chiqarilgan, yangi ekinzorlar va bog’lar barpo etilgan. Birgina Qashqadaryo bo’ylaridagi yerlarga suv chiqaruvchi o’ndan ortiq kanallar qazilganligi va ishlab turganligi ma’lum. Abdullaxon II davrida qurilgan Zarafshon daryosidagi Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor ko’prik suv ayirg’ichlari, Sangzar daryosidagi Tuyatortar kanali, Amudaryo-Chorjo’y kanali, Toshkent viloyatidagi Zaxariq, Nurota tog’lari suvlarini to’plovchi Oqtob va Band suv omborlari yirik inshootlardan edi. Bu tadbirlar g’allachilik, paxtachilik, polizchilik, bog’dorchilik, uzumchilik kabi sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Xiva xonligida ham sun’iy sug’orish ishlariga katta e’tibor berilgan. Suv tansiqligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi. Shu boisdan dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan ko’plab kanallar va ariqlar muhim o’rin tutgan. Ulardan 11 ta yirik kanallar davlat ahamiyatiga molik edi: Pitnak kanali, Polvon kanali, Kazovot kanali, Shoxabbaz kanali, Yarmish kanali, Qilich Niyozbiy kanali, Karakuz kanali, Arna kanali, Bo’zsuv kanali, Suvvoli, Xon kanali. Kanallarning qurilishi yerlarni sug’orish holatini yaxshilashga ko’maklashdi. XVI –XVII asrlarda barpo etilgan, uzunligi 14 km bo’lgan Shohobod, uzunligi 96 km bo’lgan O’rmush, G’oziobod kanallari ham dehqonchilikning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Bulardan tashqari umum jamoa yerlarini sug’orishga mo’ljallangan o’rtacha uzunlikdagi kanallar va ariqlar hamda xususiy kishilarga tegishli kichik kanallar va ariqlar (SHerxon, Nayman, Uyg’ur, Eltuzarxon) ham xonlikning sug’orish tizimida muhim bo’g’inlar edi. Qo’qon xonligida ham ariq va kanallar tarmog’i kengaytirildi. Namangan hududida Yangiariq kanali, Sirdaryodan O’ratepa tomon sug’orish tarmoqlari, ko’plab ariqlar qazildi, dehqonchilik ancha rivojlandi. Yerda mehnat qiladiganlarning ko’pchilik qismi o’z yer maydoniga ega bo’lmay, ijaraga olingan yerda ishlovchi kambag’al qishloq aholisi edi. Dehqonchilik. Bug’doy, arpa, sholi, jo’xori, makkajo’xori, mosh, no’xat, loviya, kunjut, suli, beda ekinlari yetishtirilgan. Shuningdek, qovun, torvuz, qovoq, bodring, piyoz, qalampir, sarimsoq ekilib hosil qilingan. Paxta, ipak mahsulotlari, bog’dorchilik ham rivojlanib, olma, gilos, o’rik, uzum, shaftoli, anjir, olxo’ri kabi mevalar yetishtirilgan. Chorvachilik. Yaylovlarda qo’y, echki, yirik shoxli mollar (sigir, ho’kiz), ot va tuyalar boqilib, go’sht-sut, jun, teri va boshqa mahsulotlar olingan. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling