8-mavzu: O'simliklarning noqulay omillarga chidamliligi
Download 55.62 Kb.
|
noqulay sharoit chi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kserofitsimonlar.
- Chol kserofitlar.
- Poykilokserofitlar.
Haqiqiy kserofitlar. Ularga shuvoq, itgunafsha va boshqalar misol bo'la oladi. Bu o'simliklarga hos xususiyatlaridan barglarinig nisbatan kichik bo'lishi hamda ularning erga osilib turishini ko'rsatish mumkin. Shuningdek haqiqiy kserofitlar issiqqa chidamli bo'lib barglarning suv bug’lantirish darajasi past bo'ladi.Shuningdek ular kuchli suvsizlanish holatiga chidamli bo’lib, hujayralarida osmotik bosim yuqori bo'ladi.Ildiz sistemasi uncha chuqurga kermagan holda bo'lib keng tarqalgandir.
Kserofitsimonlar. Bu tipga kserofitlarga yarim o'xshash o'simliklar kiradi.Masalan marmarak va boshqa o'simliklar.Ularda suv bug’lantirish xossasi juda kuchli bo'lib, bu o'z navbatida juda kuchli ildiz sistemasiorqali vujudga keladi va ushlab turiladi. Ayrim hollarda kserofitsimon o'simliklar ildizi er osti suvlariga etib boradi. Bu o'simliklarga xos xususiyatlardan ularning suvsizlikka va havo qurg’oqchiligiga chidamsizligini ko'rsatib o'tish mumkin. Cho'l kserofitlar. Bu tipga cho'l boshoqli o'simliklari, jumladan bedacha ko'z va boshqalar kiradi. Bu o'simliklar havoni haddan tashqari isib ketishiga chidamli bo'lib, yozgi yomg’ir suvlaridan juda yaxshi foydalanadilar. Ammo ular faqat qisqa tuproq qurg’oqchiligiga dosh bera oladilar. Poykilokserofitlar.Bularga lishayniklar misol bo'ladi. Ular o'zlarida suv almashinuvini idora qila olmaydilar va ko'proq suv etishmagan hollarda tinchlik holatiga o'tishadi ya'ni anabioz xolatga. Qurib qolish davrini o'zlari uchun bezarar o'tqaza oladilar. Efimer o'simliklar. Ularning rivojlanish davri qisqa bo'lib, asosan yil fasllarining yomg’irli vaqtlariga to'g’ri keladi. Bu bilan ular qurg’oqchilik joylarda o'sishga moslashadilar. Atoqli fiziolog A.A.Maksimovning fikricha (1953) kserofit o'simliklar va ularning qurg’oqchilikka chidamli turlari suvsizlikni sevuvchi emas. Agar kserofit o'simliklarni ham muqobil suv bilan ta'minlasak ularda kuchli o'sish va rivojlanish kuzatiladi. Kserofit o'simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligi esa ularning suv yo'qotishga moslanishidir. Mezofit o'simliklar ham qurg’oqchilikka moslashishi mumkin. V.R.Zelenskiy (1904) o'simlikda joylashgan barglarning anatomik tuzilishini o'rganib shunday xulosaga keldiki, barg qanchalik poyada balant joylashgan bo'lsa uning hujayralari shunchalik mayda bo'ladi. Shuningdek balantda joylashgan barglarda parenxima kuchli rivojlangan bo'ladi hamda bir birlik maydonda barg og’izchalarning soni ko'p bo'ladi, ammo ularning o'lchami kichik bo'ladi. O'simlik poyasidagi barglardagi bu holat Zelenskiy qonuni deyiladi. Shuningdek o'simlik poyasidagi barglar qanchalik balandda joylashgan bo'lsa ular shunchalik ko'p suv bilan yomon ta'minlanadi, ayniqsa baland o'simliklarda. Ammo balandda joylashgan barglarda suv bug’lanish pastroqda joylashgan barglarga nisbatan kuchliroqbo'ladi. O'simlikning yuqori shohlarida joylashgan barglardagi barg og’izchalari suv etishmagshan holatda ko'proq ochiq holda bo'ladi. Bu holat bir tomondan fotosintez jarayonini qo'llab tursa, ikkinchi tomondan hujayra shirasi konsentratsiyasining oshishiga ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida yuqorida joylashgan barglarning, pastda joylashgan barglar tarkibidan suvni tortib olishiga olib keladi.Yuqoridagi holatlar ko'pgina kserofit o'simliklar barg tuzilishiga xos bo'lganligi sababli bu tuzilish kseromorf tuzilish deb ataladi. Demak barglarda kseromorf tuzilishning vujudga kelishi bu suv tanqisligiga nisbatan barglarda yuzaga kelgan anatomik moslanishdir. Bu moslanish barglarning reduktsiyasi, qalin kutikula, barglarning osilgan holda bo'lishi, barg og’izchalarining chuqurlashishi bilan birgalikda o'simliklarning suv tanqisligiga ma'lum miqdorda moslashuviga va chidamligiga olib keladi. Download 55.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling