8-mavzu o‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja
Hukumatning “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini
Download 212.11 Kb. Pdf ko'rish
|
8-мавзу (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini
Hukumatning “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra endilikda mahalla fuqarolari yig‘inlari huzuridagi “YArashtirish komissiyasi” ga O‘zbekiston Xotin- qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston mumsulmonlari idorasi, “Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya”siga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi biriktirildi. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi”ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya”ga O‘zbekiston YOshlar ittifoqi, Ichki ishlar va Xalq ta’limi vazirliklari, jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi, “Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyasi” ga Savdo sanoat palatasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi hamda tijorat banklari, “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasiga” Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologiya harakati, “Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi” O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yaqindan ko‘mak beradi. Fuqarolar yig‘inlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat kengashiga Savdo sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Hunarmand uyushmasi” va tijorat banklari biriktirilgan. “Ota-onalar universiteti» ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” ga Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, “Qaynonalar kengashi” ga O‘zbekiston xotin- qizlar qo‘mitasi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasiga ichki ishlar vazirligi amaliy ko‘mak berishi belgilangan. Bugungi demokratik jamiyat qurish sharoitida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni ham katta bo‘lmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda “Nuroniy” jamg‘armasi, YOshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi. YOshlarni kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish, “Ta’lim oluvchi”, “Davomat” kabi tezkor tadbirlar, “Futbolimiz kelajagi”, “Ota onam va men-sportchilar oilasi” kabi tadbirlar, “Har bir oila tadbirkor” tamoyilini keng joriy etish borasida ham talay muammolar mavjud. Ushbu muaammolarni hal etishda ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini Download 212.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling