8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja
O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish
Download 435.2 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej
O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. O‘zbekistonining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining “Xavfsizlikka tahdid” deb nomlangan birinchi qismida yangi asr bo‘sag‘asida halqaro vaziyat, kuchlar nisbatidagi tub o‘zgarishlar tahlil etilgan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib berilgan va har tomonlama teran ochib bergan. Ayni shu asarda uyushgan jinoyatchiliq mahalliychiliq qarindosh urug‘chiliq korruptsiyaning davlat va jamiyat, qo‘yinki insoniyat uchun ulkan xavf ekanligi dalillangan. Har bir davlat o‘z tarixida yangilanish yoki ijtimoiy sifat bosqichi o‘zgarayotganda, siyosiy – iqtisodiy jihatdan “o‘tish davri” bosqichida afsuski, qator jinoiy illatlar, korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan. SHu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, bilki o‘tish davrida belgilangan maqsadlariga erishishga ham qarshi bevosita tahdid tug‘dirishi o‘zining isbotini topgan. Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixida yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar davri boshlandi. Va o‘z-o‘zidan aniqki bu o‘zgarishlar osonlik bilan bormaydi, ichki va tashqi g‘ayrli kuchlar yangilanishlarga yo‘l qo‘ymasligi tabiiy. Bunday jarayonda hushyorlik muhim bo‘lsada, aksariyat davlatlarda korruptsiya vujudga kelib, eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishni boshlaydi. Bu esa jinoyatchilik va korruptsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini xavfsizlik va barqarorlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholash imkonini beradi. Ayniqsa, davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushganini sezmay qoladi. Korruptsiya domiga ilingan mansabdorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat va umummilliy manfaatlardan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy choralari bo‘lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo‘lgan ijobiy munosabatga yetishish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o‘z ma’ruzalarida davlat ishida faoliyat olib boruvchi har bir rahbarining lavozim doirasidagi burchini xis etgani holda quyidagi muhim vazifalarni ta’kidlab: “Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosalari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak” degan edi Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. SHuningdek korruptsiya bilan bog‘liq vakolat, imkoniyatlar, shaxsiy manfaatlar uchun urinishlar, qonun va va ahloqiy printsplarga zid bo‘lgan xatta-harakatlar yig‘indisini ham qamrab oladi . Korruptsiyaning tizimli tabiati shundaki, u mamlakatning muhim sohasi bo‘lgan iqtisodiyotga va uning rivojiga to‘sqinlik qiladi, halq ruhiyatida davlat idoralariga nisbatan ishonchsizlik xissini orttiradi. Transparency International, Jahon banki va boshqa halqaro tashkilotlar korruptsiyani shaxsiy manfaatlar uchun ishonchli hokimiyatni suiistemol qilish deb tushunadilar. Bu siyosiy jarayonlarda yirik monopoliyalarning byurokratik apparatiga qarata ishlatilishi mumkin. Korruptsiya dunyoning barcha davlatlarida jinoyat sifatida qonunchilikda huquqqa qarshi xati-harakat sifatida qaraladi. Siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar natijalariga e’tibor qaratsaq davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga korruptsiya ulkan to‘siq ekanligini tasdiqlaydi. Mamlakatimiz hukumati yirik bir siyosiy tashkilot sifatida jamoatchilik organlari bilan hamkorlik qilar ekan, avvalo inson va uning manfaatlarini ustun qo‘yadi. Bu yo‘lda tushuntirish, targ‘ibot usullarini jadallashtirib, davlat idoralarining faoliyatini ochiqligi va shaffofligi ta’minlashning aniq mexanizmlarini yaratib bormoqda. SHu maqsadda davlatimizda bir qancha qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot dasturida 2014 yil 18 iyunda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi Qonunning 4- moddasida ijtimoiy sheriklikning printsiplari bayon etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklikning asoiy printsplari etib, qonunga bo‘ysunish, teng huquqliliq ochiqlik va shaffofliq hammabopliq mustaqilliq xolisliq o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va ma’suliyat, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi kabilar belgilab berilgan. 2017 yil 17 yanvarda mamlakatimizda “Korruptsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda korruptsiyaga qarshi kurashishning eng maqbul usullari tartibga solingan. Ularga qonuniyliq fuqarolar huquqlari, erkinliklari va va qonuniy manfaatlarining ustivorligi, ochiqlik va shaffofliq tizimliliq davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyani oldini olishga doir chora tadbirlar ustivorligi hamda javobgarlikning muqarraligi kabi tushunchalar kiritilgan. Bugun yurtimizda ham asosiy maqsad davlatda adolat, tengliq qonunning ustuvorligiga erishish yo‘lida tegishli chora tadbirlar amalda qo‘llanilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashda avvalo, hukumat idoralari xodimlari, ishchi va xizmatchilari shaxsiy na’muna ko‘rsatmas ekan, qonunlar o‘z ijrosini ta’minlay olmaydi va u hech kimga foyda bermaydi deb o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-35 moddalarida mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish va har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqilari belgilab berilgan. O‘zbekiston antikorruptsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, korruptsiyani oldini olish uchun instituttsional bazani mustahkamlash maqsadida muhim bo‘lgan qadamlarni tashladi. Ushbu choralarni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda qonuniylik va huquqiy tartibot ishlari mutloq ta’min etildi, davlat xizmati organlarining faoliyati ochiqligi va shaffofligiga erishish uchun jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz madaniyat shakllandi, eng muhimi odamlarning davlat idoralariga nisbatan ishonchi mustahkamlandi. Download 435.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling