8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja
O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil
Download 435.2 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej
O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil
etilishi. 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga muroajaatnomasida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organ tuzilishi kerakligi aytilgandi. 2020 yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan Davlat dasturining 53–bandida ham belgilab qo‘yilgan. Ushbularni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013- son Farmoniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Unga «Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov agentlik direktori etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tashkil qilingan ushbu agentlik Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi. Agentlikning asosiy vazifalaridan biri korruptsiya yuqori bo‘lgan sohalarni chuqur tahlil qilish, hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi. Byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat haridlari sohasida korruptsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlari doirasiga kiradi. Bundan tashqari, Agentlikning davlat xizmatchilarining daromadlari va mol mulkini dekloratsiya qilish tizimi joriy etilishi hamda dekloratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish vazifalari ham yuklangan. Ushbu agentlik hozirgi kunga kelib quyidagi vazifalarni bajaradi. Agentlik davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, O‘zbekiston Respublikasidagi chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el korxonalari va mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Prezident SHavkat Mirziyoev 2020 yil 11 fevral kuni korruptsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda Korruptsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biri ekanligi va mamlakatimizda ushbu muammo xanuzgacha borligini ta’kidladi. Korruptsiya kabi salbiy illatlarga qarshi kurashishda davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffofligini ta’minlash va bunda e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish kerak ekani xususida so‘z bordi. 2020 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korruptsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar uni keltirib chiqarayotgan omillar va ularni oldini olishga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish tashkil etildi. Bu borada mamlakatimizda huquqiy asoslarni yaratishga e’tibor berilib, so‘nggi to‘rt yilda 70 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinganligi ta’kidlandi. O‘zbekiston so‘nggi to‘rt yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga, Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida esa 52 pog‘onaga ko‘tarildi. SHuningdek Jahon bankining “Korruptsiyani tiyib turish”, “Transperens interneshnl” xalqaro nohukumat tashkilotining “Korruptsiyani qabul qilish”, Jahon odil sudlov loyihasining “Korruptsiyaning mavjud emasligi” indekslarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergani aytildi. Taassufki, respublikamizda o‘tgan ikki yilda 1 986 nafar mansabdor shaxslar korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2 trln. so‘mdan oshganligi bu boradi ishlar yanada faollik talab etilishidan dalolat bermoqda. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam bosarkan, avvalo, davlat va jamiyatning birdamligi, yakdilligi, harakatda tenglik va adolatni ta’minilashi zarur bo‘ladi. Zaruriyat esa bajarilmas ekan erkin fuqarolik jamiyatini qurish dargumondir. Buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur o‘z davrida davlat boshqaruvini odilliq kengashlilik va yuksak mahorat bilan olib borgan. U o‘zining mamlakatni boshqarish va odora etishda farzandlari va kelajak avlod uchun qo‘llanma bo‘la oladigan “Temur tuzuklari”ni meros qilib qoldirdi. Amir Temur nasihatlaridan birida shunday degan edi: “...davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi”. Download 435.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling