8-mavzu. O‘zbekistonda kollejlar va liseylar matematikasini o‘qitish metodikasining zamonaviy masalalari


Download 16.09 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi16.09 Kb.
#1122631
Bog'liq
8-ma\'ruza


8-mavzu. O‘zbekistonda kollejlar va liseylar matematikasini o‘qitish metodikasining zamonaviy masalalari.
Reja:
1.Umumiy o‘rta maxsus ta'limda matematikani o‘qitish metodikasining istiqboldagi vazifalari.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim negizida o'qish muddati uch yil bo'lgan bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimining turidir. 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo'nalishi akademik litsey yoki kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. 0 ‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ulaming jadal intelektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan kasbga yo'naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari darajasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi, bunda o‘quvchilaming kasb hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalami chuqur rivojlantirish, tanlab olgan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.


Matematika darsining tahlili shuni ko‘rsatadiki, darsning maqsadi shu darsning tuzilish strukturasini va ana shu darsda bo‘ladigan barcha bosqichlaming o‘zaro mantiqiy munosabatlarini aniqlaydi.
1. Matematika darsiga qo‘yUadigan birinchi talab bu uning maqsadga tomon yo'naltirilganligidir. Maqsadga tomon yo'naltirilganlik deganda darsning maqsadida qo'yilgan mavzu mazmunini tushuntirish orqali 0‘quvchilaming mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish hamda ularni aqliy va ma’naviy tarbiyalashni tushunamiz.
2. Matematika darsiga qo'yilgan ikkinchi talab bu dars va uning mazmunini ratsional taqsimlashdir. Dars va uning turlarini to'qri taqsimlash hamda matematika darsida o'quvchilaming mavzu mazmunini yaxshi o'zlashtirishlari orqali matematik, umumintellektual va o'quv faoliyatiga nisbatan bilim, ko'nikma hamda tafakkur qilish faoliyatlari shakllanadi.
3. Matematika darsiga qo'yilgan uchinchi talab bu darsni o'tkazishdagi o'quv, tarbiya metodi va vositalarini tanlashdan iboratdir. Matematika darslarida o'quv, tarbiya usullarini tanlash katta ahamiyatga egadir. Matematika o'qituvchisi mavzu mazmuniga qarab tushuntirish, ilmiy izlanish va xulosa chiqarish metodlaridan qaysilarini qo'llansa o'quvchilar mavzu mazmunini yaxshiroq o'zlashtirishlarini aniqlab olishi lozim, shundagina dars samarali bo'ladi.
4. Matematika darsiga qo'yilgan to'rtinchi talab bu darsni o'tkazishda o'quvchilaming bilishga doir bo'lgan faoliyatlarini shakllantirish uchun o'quv jarayonini har xil usullarda tashkil qilishdir.
O'qituvchi darsda o'tiladigan mavzu mazmuniga qarab o'quvchilar faoliyatlarini oldindan belgilashi kerak bo'ladi. Agar darsda yangi mavzu o'tiladigan bo'lsa, unda o'qituvchining o'zi mavzu mazmunini ma’ruza yoki suhbat usullari orqali o'quvchilarga tushuntiradi. Agar darsdagi mavzu awalgi o'tilgan mavzuga doir misol yoki masala yechish bo'lsa, unda mustaqil ishlash yoki yakka tartibda topshiriqlar berish usullaridan foydalanish mumkin. Buning natijasida sinfdagi o'quvchilar o'zlarining intellektual qobiliyatlari orqali mavzu mazmunini u nazariy yoki amaliy xarakterda bo'lishini yaxshi o'zlashtiradilar.
Agar metodika nuqtai nazardan matematika darsining tuzilishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda quyidagi didaktik maqsadlar amalga oshiriladi. Darsning boshida 0‘quvchilar bilimi tekshiriladi. Bu tekshirish savol-javob yoki didaktik tarqatma materiallar asosida 0‘tkaziladi. Bunda qaysi o'quvchining awalgi o'tilgan mavzu mazmunini qanday o'zlashtirgani va qanday qiyinchilikka uchragani hamda ana shu mavzu materiali yuzasidan o'quvchilaming olgan bilimi va ko'nikmalari tekshiriladi. O'quvchilaming bergan javoblari o'qituvchi tomonidan izohlab baholanadi. Shundan keyin darsning asosiy maqsadi yangi mavzu o'quvchilarga tushuntiriladi va uni mustahkamlash uchun o'quvchilar bilan birgalikda misol yoki masalalar yechiladi. Bundan tashqari, ana shu mavzu mazmunini qanday darajada o'quvchilar o'zlashtirganliklarini bilish uchun o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga nazariy va amaliy xarakterdagi savollar ham berib boriladi. Bundan keyin uyga vazifa berish va uni bajarish yuzasidan zarur ko'rsatmalar beriladi.
Download 16.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling