8-Mavzu: Qang’ Dovon va Xorazm davlatlari


Download 48.81 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi48.81 Kb.
#1006056
1   2
Bog'liq
8-Ma`ruza

Qadimgi Xorazm davlati

  1. Qadimgi Xorazm davlati to’g’risida tarixiy yozma manbalar.

  2. Qoyqirilgan qal’a. Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti.

  3. Yozuv madaniyati, pul muomalasi, amaliy tasviriy va me’morchilik san’atining rivojlanishi.

Qadimgi Xorazm tarixining bilimdoni S. P. Tolstov o‘zining asarlarida massaget qabilalari ittifoqini, ular­ning Saksafar, Omarg va To‘maris kabi vakillari to‘g‘risida fikr yuritib o‘tadi. S.P.Tolstov To‘marisni derbiklar malikasi, Omargni esa saklarning podshosi edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar sullosi­ga tegishli qadimgi Xorazm podshosi Shaushafor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani olg‘a suradi. S. P. Tolstovning bu mantiqiy o‘xshatishida tarixiy haqiqat bo‘lsa, u hol­da miloddan avvalgi 6 asrda qadimgi Xorazm o‘z hukmdoriga ega bo‘lgan. Saksafar Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo‘lgan.


Massaget qabilalari ittifoqi ustiga Eron podsholari miloddan avvalgi 6 asrda uch marta yurish qiladi. uch yurishda ham ahamoniylar katta g‘alaba bilan urushni yakunlay olmasalar-da, Kserks podsholigi, davrida Xorazm ahamoniylar tobeligida bo‘lgan. Shu­ningdek, Xorazm har yili imperiya xazinasiga soliq to‘lab turgan. Hatto xorazmiylar Kserksni mil. avvalgi 480 yilda Yunoniston ustiga uyushtirgan harbiy yurishlarida qatnashadi. Xorazmlik Artasekt Dardanel bug‘ozidagi shaharlardan birida hokim bo‘lib ishlagan. Bo‘shqa bir xorazmlik Dargman Elefantina (Misr)dagi Forslar qo‘shinida askar bo‘lib xizmat qilgan. Bu faktlar Xorazmning mil. avv.VI-V asrlarda Eron ahamoniylariga tobe ekanligidan guvohlik beradi. Ammo manbalarda mil avv. IV asrda Xorazm mustaqil davlat sifatida siyoat yuritgan.
Mil. Avv.VI- V asrlarda taraqqiy etgan qadimgi Xorazm davlati xaqida arxeologik izlanishlar juda boy materiallar beradi. O‘nlab o‘sha davr qala’lari, qadimgi shahar qoldiqlari o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida boy materiallarni bizgacha saqlab kelgan yodgorliklardan biri Qo‘yqirilgan qal’adir. Qo‘yqirilgan qa’lada 1951-1957 yillarrda arxeologlar tadqiqotlar olib borilgan. Aniqlanishicha, bu shahar qadimgi Xorazm davlatinig mil. avv. IV - Milodiy I asriga tegishli obod shaharlaridan biri bo‘lgan. Shahar doira shaklida qurilgan bahaybat qal’a bo‘lgan. Qal’aning tashqi devorida 9 ta burj bo‘lgan ekan. Tashqi devor ishkarisi behisob qalin xonalar bilan qoplangan. Qo‘yqirilgan qal’a to‘rt asr davomida bir nesha bora ta’mirlanib, uning ichki tuzilishiga aniqliklar kiritib borilgan. Qal’a ichida, uning markaziy maydonida doira shaklida qurilgan ikki qavatli monumental bino qad ko‘targan. Bu markaziy binoning birinchi qavati to‘liq saqlangan.
Binoning markaziy chizig‘i bo‘ylab gumbazli xona qad ko‘targan. Uning ikki yonida yuqori qavatga olib chiquvshi pillapoyalar joylashtirilgan. Binoning hamma joyi bir vaqtda o‘zlashtirilmagan. Mil.avv. III - II asrlarda uning ishki tuzilishida katta o‘zgarishlar yuz bergan. Bino aylanasi bo‘ylab uch qator mudofaa devori bor va ular oraligida ikki qator o‘qchilar yo‘lagi shakllangan. Tashqi devorlarning yuqori qismida kamonchilar ushun qator tuynuklar qoldirilgan. Devorlarning pastki qismida esa deraza tuynuklari joylashtirilgan. Qal’aga kirish darvozasi uning sharqiy tomonida bo‘lib, u kvadrat shaklida qurilgan. Darvozaning ikki yonida aylana shaklida qurilgan burjlar joylashtirilgan. Olimlar orasida qal’aning markaziy binosi o‘z davrida rasadxona rolini bajargan degan mulohazalar mavjud.
Qo‘yqirilgan qal’a Xorazmning antik davri madaniy dunyosi ushun juda boy materiallar beradi. Bu davrda kulochilik yuksak rivojlshgan. Kulolshilik mahsulot bo‘lgan keramikadan yasalgan idishlarning tashqi sirtiga qizil rangda geometrik shakllarda naqsh berilgan. Ko‘zalarning dastasi arslon boshli qiyofada ishlangan. Idishlar orasida sirtiga bo’rttirib ishlangan afsonaviy qushlar, chopar ot ustidagi sipohiy surati solingan ko‘zalar uchraydi. Ko‘za sirtiga solingan naqshlar orasida sersoqol muysafid bir bosh uzumni qo‘lida ushlab turibdi, boshqa bir idishda esa taxtta o‘tirgan ayolning o‘z chaqalog‘ini bag‘riga bosib turgani tasvirlangan. Naqshdor idishlar qadimgi Xorazmning Qal’aliQir davri (mil.avv.VI-IVasrlar) yodgorliklarida va Tuproqqal’a (milodiy II-IV asrlar) davri yodgorliklarida ham keng uchraydi. Idishlarda nayza uchli qalpoq kiygan harbiy, ot ustidagi sipohiy, arslon, jayron, tuya suratlari tushirilgan. Qadimgi Xorazmda amaliy, tasviriy va me’morchilik san’ati keng rivojlangan.
Qo‘yqirilgan qal’ada uzumdan ichimlik tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chunki bu xaqda qal’a xonalaridan birida topilgan qator xumlarda saqlangan uzum danaklari guvohlik beradi. Bundan tashqari, Qo‘yqirilgan qal’a haykalshalari orasida bir qo‘lida uzum, ikkinshi qo‘lida bog‘bon pichog‘i tutgan yalang‘och erkakning tasviri ham bor. Hosildorlik xudosi Nohid haykalchalari bayram libosida tasvirlangan. Bir haykalchada Nohid birinchi qo‘lida bakal, ikkinshi qo‘lida amfora(qo‘sh dastali grafin) tutib turibdi.
Qo‘yqirilgan qal’a haykalchalari orasida tulpor ot tasviri ko‘p ushraydi. Qadimgi Xorazmning shu davrga oid boshqa yodgorliklarida esa tuya, qo‘y, qush suratlari solingan tasviriy va haykaltaroshlik san’atini ko‘rish mumkin. Bu hol, bir tomondan, qadimgi Xorazm xalqining yusak darajada rivojlangan madaniy dunyosini ko‘rsatsa, ikkinshi tomondan ularni saklar va massagetlar bilan doimo iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy sohalarda hamda etnik jihatdan ular bilan bir tanadan o‘sib shiqqan shohshalar ekanligidan guvohlik beradi. Qo‘yqirilgan qal’aning quyi qatlamidan mil. avv. III asrga oid yozuv namunalari topildi. Yozuv oromiy yozuvi asosida sharqiy eron tillari lahjasida yozilgan. Bir xumda Aspabarak yoki Aspabadak so‘zi yozilgan. So‘zning asosida aspa so‘zi yotadi. Aspa-ot, barak yoki badak fe’li qo‘shilib, otda ketuvchi yoki ot ustidagi sipohiy ma’nosini anglatgan. Bunga o‘xshash yozuv namunalari Qo‘yqirilgan qal’ada ko‘plab topilgan. S. P. Tolstov ularni qadimgi Xorazm yozuvi deb ataydi. Qo‘yqirilgan qal’ada o‘nlab ostadonlar, ya’ni odam qiyofasida ishlangan sopol tobutlar topilgan. Bu noyob topilmalar qadimgi xorazmliklarning zardushtiylik diniga bo‘lgan e’tiqodi va yuksak darajadgi tasviriy san’atidan guvohlik beradi.
Tarixiy manbalarda podsho Farasmandan keyin o‘tgan Xorazm podsholari haqida ma’lumot uchramaydi. Mil.avv. III-I asrlarda qadimgi Xorazmda shahar hayoti, iqtisodiyot, madaniyat yuksak rivojlangan. Qadimgi Xorazm hududida bu davrga oid yuzlab yodgorliklar bor. Bu davrda zarb etilgan tangalarda Yunon-Baqtriya va Parfiya tangalariga taqlid qilib chiqarilgan Qang‘ davlatining tangalari ushraydi. Shuning uchun S.P. Tolstov bu davr Xorazm tarixini Qang‘ davlati tarkibida ko‘radi. U I-asrdan boshlab esa Qadimgi Xorazm Kushonlar davlati tasiriga o‘tdi, degan xulosaga keladi.
Kushon podshosi Kanishka davriga kelib esa uning nomi bilan zarb etilgan tangalar Xorazmning ikki uch asrlik tarixiga oid yodgorliklarida juda ko‘p uchraydi. Shu bilan birga III-asr boshlaridan boshlab Xorazmda podsholarining tasviri tushirilgan tangalar paydo bo‘ladi. Tuproqqal’ada Xorazm podshosi Arsamuxa I va uning rafiqasining tasviri tushirilgan tangalar topilgan. Bu tangalarda Arsamuxa baland bosh kiyimda sersoqol hukmdor sifatida tasvirlangan. Tanganing yuqori qismida yunonsha “podsho” so‘zi, tanganing pastki qismida esa podsho surati ostida Xorazm yozuvida “Podshoh Arsamux” so‘zi yozilgan. Tanganing orqa tomonida an’anviy sipohiy surati “S” tamg‘asi bor. Tamg‘a va sipohiy tasviri “muqaddas Qang‘” ananasini eslatadi. Bu afsonaviy afrig‘iylar sulolasining vakili edi. Xorazm tangalarida Arsamux merosxo‘rlaridan biri sifatida Vazamarning nomi eslatiladi. Uning nomidan kushush tangalar zarb etilgan. Vazamar tasvirida uzun va qalin soqolli posho burgut qiyofasidagi bosh kiyimida berilgan. Bu xildagi tangalar qadimgi Xorazmning III asrning 1-yarimiga oid yodgorliklarida ushraydi.
Xorazm yozuvi, Xorazm posholari Arsamux va Vazamarlar tasviri tushirilgan mis va kumush tangalarning III asrda qadimgi Xorazmda qudratli Xorazm davlati bo‘lganligidan guvohlik beradi. Fikrimizning dalili sifatida Tuproq qal’ada olib borilgan arxeologik ilmiy izlanishlar natijalariga murojat qilaylik. S. P. Tolstov Jonbosqal’ani “haykalchalar muzeyi” deb atagan bo‘lsa, Tuproq qal’ani esa “behisob tangalar muzeyi ” deb nomlashni joiz ko‘rdi. U 1938-yilda birinchi bor Tuproqqal’aga kelganida uning ustidan yuzlab kushonlar va xorazm podsholari tegishli tangalarni terib olgan. Tuproqqal’adagi keng ko‘lamda olib borilgan arxeologik qazishmalar 1945-yildan boshlandi.Tuproqqal’aning maydoni 17,5 gektar bo‘lib, III-IV asrlarga oid noyob yodgorlik hisoblanadi. Uning 3 gektardan ortiqroq maydonini ko‘shk-Xorazm podsholarining saroyi-arki a’lo egallagan. Podsho saroyi ko‘shkning markaziy qismida joylashgan. Uning 80x80m.
Saroyga uning sharqiy tomonidan, yani saroy a’yonlarining qalin uy-joylarini oralab o‘tiladi. Saroyning devorlari haykallar bilan bezatilgan bo‘lgan. Saroyga koridorsimon yo‘lak orqali asta-sekin ko‘tarilib borilgan. Uning devorlari esa tasviriy rangli suratlar bilan bezatilgan. Suratlar asosan hushbichim daraxtlar tasvirida ishlangan. Saroy xonalari har bir maqsadlar ushun mo‘ljallab qurilgan. Maslan, podsholar zalini olib ko‘raylik. Uning maydoni 280 m2. Uning atrofidagi devoiri ostida supalar joylashgan. Supa ustida Xoraazm podsholari, ularning rafiqalari, yaqinlari va ularni homiylikka olgan xudolar siymosi aks ettirilgan haykallar qo‘yilgan. Hamma haykallar loydan ishlangan. Ular qimmatbaho liboslarda bo‘lib, kiyimlar rangi oq, ko‘k, qizil, qora, osh qizil va moviy osmon rangida berilgan.
Saroyning boshqa qismida odamlar, qushlar, hayvonlar tasvirini aks ettirgan haykallar mavjud. Saroy majmuida “albastroviy zal”, “g‘alaba zali”, “ohular zali”, “raqqosalar zali” bor. “G‘alaba zali”ning devorlarida g‘alaba xudosi Nika tomonidan podshoni taxtga o‘tkazish marosimi tasvirlangan. “Albastroviy zal”ga kiraverishda “Qora tanli sipohiylar” zali joylashgan. Bu zal devorlaridagi taxtachalarda o‘tirgan holatda ishlangan podsho haykallari oralig‘iga sovut kiygan qora tanli gvardiyachilar haykalchalari ishlangan. Xullas, har bir zalga qo‘yilgan shartli nomlar ularni devorlariga ishlanagan san’at asarlari mazmunidan kelib shiqqan. Saroy majmuining janubiy qismida Xorazm posholarining ayollar xonalari joylashgan. Uning sharqida qurol-aslahalar majmui, janubiy-sharqiy tomonida-ikkinshi qavatda podsho arxivi o‘rin olgan. Arxiv sochilib yotgan hujjatlarga ko‘ra, 3 xonadan iborat bo‘lgan. Podsho arxividan 100 ga yaqin hujjatlar topildi. Shundan 18 tasi yog‘ochga, ko‘pchiligi teriga yozilgan, ularni 8tasi yaxshi saqlangan. 100ga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini o‘qishgf muyassar bo’lgan.
Tuproqqal’a arxivini 2 guruhga bo‘lish mumkin bo‘ldi. 1-guruh hujjatlari soliq ishlari bilan bog‘liq bo’lib, ular yog‘ochga yozilgan. 2-guruh hujjatlar (teriga yozilganlari) xo‘jalik hujjatlari bo‘lib, ularga podsho xazinasiga tushgan jarimalarning nomi, miqdori hamda qaerdan kelganligi yozib qo‘yilgan. Yog‘ochga yozilgan hujjatlarda “qul”, “xizmatkor”, “o‘g‘ilning qullari”, “o‘g‘ilning hizmatkorlari” kabi so‘zlar yozilgan. “Ozod” so‘zlari ham uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, Tuproq qal’a haqiqatdan noyob yodgorlik bo‘lib, u qadimgi Xorazm davlatining III-IV asrlardagi poytaxti bo‘lgan. Bu shahar antik davr shahar madaniyatining yorqin timsolidir. Tuproq qal’a majmuidan topilgan bebaho arxeologik matreallar, turli nomlar bilan atalgan zallar, davlat arxivi, Xorazm podsholari va ularning yaqinlarining tasviri aks ettirigan haykallar, rangli devoriy suratlar qadimgi Xorazm davlatining O‘rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan o‘rni va mavqei, ibratli madaniy dunyosi haqida to‘liq tasavvur qilishga yordam beradi.
Arxeolog M.Mambetullaev tomonidan Katta Oybuyirqal’a shaharchasini (Shimoliy Xorazm) qazish chog‘ida topilgan xumda saklanib qolgan yozuv oromiy yozuvining O‘rta Osiyodagi qadimiy yodgorligi hisoblanadi. Harflarning yozilishiga ko’ra bu yozuv mil. Avv. V- IV asrlarga tegishli bo‘lishi mumkin. U qadimgi Xorazm tilida emas, balki oromiy tilida bitilgan bo‘lsa kerak. Xorazm shaharchalarida keramikaga yozilgan yana bir necha yozuvlar topilgan, biroq ularning qiskaligi (odatda, ularda faqat xorazmcha nomlar bitiladi) ular oromiy tilida yoki amadda o‘sha yozuv bilan Xorazm tilida yozilganligi masalasini hal etish imkonini bermaydi. Arxeologlarning fikricha, mil. Avv. IV-III asrlardan boshlab milodiy I asrgacha bo‘lgan davrga tegishli bo‘lgan yodgorlik - Qo‘yqirilganqal’adagi ayrim yozuvlar ham mana shunga o‘xshashdir. Mil.avv. V-IV asrlar sanasi qo‘yilgan yana ikkita yozuv ham eng ilk oromiy yozuvlariga tegishlidir. Ulardan biri Amudaryo doirasida topilgan uzuk-muhrdagi yozuvdir. U to‘rt belgidan iborat bo‘lib, odam-buqa Gopatshoh tasviri yuzasiga yozilgan hamda iloh Amudaryo WHSW-Vaxsh nomini bildiradi. Yana bir yodgorlik - bu oltin tangalarga bitilgan davr va mazmun jihatidan yunon matnlarini almashtirishning ana shunday jarayoni Xorazmda ham yuz berdi. Xorazmdagi ilk tangalar Yevkratidning tetradraxmalariga taqlid bo‘lib, qisman buzilgan A guruhidagi yunon matnida so’zlar bitilgan mil.avv.P asrning ikkinchi yarmi milodiy I asr sanasi qo‘yiilgan. Qisqacha Xorazm yoki oromiy matni fakat B guruh tangalarda paydo bo‘lgan. Ularni zarb qilish milodiy I asr o‘rtasi milodiy I asr ikkinchi yarmi boshlanishiga tegishlidir. Tangalardagi matnlar harflarning yozilishi haqiqiy oromiy harflaridan hali juda kam farq qilgan. Buning ustiga ushbu tangalardagi yozuvlardagi faqat oromiy unvonlaridir: Mray-hukmrdor va Mlka-podsho. Demak, milodiy I asr tangalardagi matnlarga ko’ra So‘g‘d va Xorazmda yunon hamda oromiy yozuvining mahalliy tizimi bilan almashgiriladi (oromiy yozuvi asosida).O’rta Osiyo ikki daryo oralig‘i- Xorazm va So‘g‘d yozuvining boshqa turlari paydo bo‘lgan milodiy I asrdayoq muomalaga kirganligidan dalolat beradi. Kanishka davrida ushbu yozuv va til davlat tili va yozuviga aylandi. Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari 1930-yillarda aniqlangan. Ularning kashf etilishida S.Tostov boshchilik qilgan arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining xizmati katta. Tangalardagi ushbu yozuvda bitilgan matnlarni birinchi bo‘lib o‘qigan olim ham mana shu kishidir. 1948-1949 yillarda To‘proqqal’adagi qazish ishlari choshda teriga, yog‘och tayoqchaga va taxtalarga yozilgan Xorazm hujjatlari arxivi topilgandan keyin yozuvning o‘zini to‘liq tushunish imkoni paydo bo‘ldi. Biroq teriga yozilgan hujjatlarning ko‘plari chirib ketgan va ulardan bo‘laklar qolgan bo‘lib, ulardagi harflarning bilinar bilinmas izlarini yoki bo‘lmasam tuproqda matnlarning izini payqash mumkin edi. Shu boisdan teriga yozilgan sakkizta hujjatlarnigina o‘qishga muvaffaq bo’lindi. Shuningdek yog‘och va taxtalarga yozilgan 20 ta hujjat yaxlit va parcha holida saqlanib qolgan. Ularni birinchi bo‘lib S.Tolstov o‘qidi, so‘ngra V.Xenning tomonidan to‘ldirilgan va tuzatilgan, keyinroq V.Livshis ularni to‘liq holda o‘qib, tarjimasini e’lon qildi. Keyingi yillarda To‘proqqal’adan topilgan keramika va ossuariyga yozilgan bir qancha Xorazm yozuvlari topildi. Bir vaqtning o‘zida tangalardagi Xorazm matnlarini aniklashtirish ishlari davom ettirildi. V.Livshis ularni o‘qish, tarjima va talqin qilish borasida katta xizmat qildi. Yozuvlarni o‘rganib chiqish ular Sharqiy-Eron guruhiga tegishli Xorazm yozuvini aks ettirishini ko‘rsatdi. XI-XII asrlarda arab tilida yozilgan asarlarda va ayniqsa al G‘azminiyning «Ko‘ngil-dagiga erishish» (hammasi bo‘lib qariyb 3 ming so‘z) kitobida Xorazm so‘zlari va iboralarining saqlanib qolganligi ushbu yozuvlar tilini o‘rganishga ko‘maklashdi. Bundan tashqari, Beruniyning «Yilnoma»sida kunlar, oylar, burjlar va bayramlarning xorazmcha nomlari qayd etilgan, X asrning Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn-Fadlan kabi arab va fors geograflari tomonidan ayrim Xorazm so‘zlari keltirilgan. Xorazm tilining o‘rta asrlarga oid bu barcha yodgor-liklari A.Freyman, keyinroq V.Xenning va Mak-Kenzi tomonidan batafsil o‘rganildi.
Xorazm yozuvi oromiy yozuvi asosida paydo bo‘ldi va so‘g‘d yozuvi singari jonli nutqda emas, balki faqat yozuvda qo‘llanilgan oromiy ideogrammasini uzoq vaqt saqladi. Mana shu sababli yozuvning oromiy asosidagi boshqa turlari singari Xorazm yozuvini ham ideografik yozuv deb atashadi. Xorazm yozuvi o‘ngdan chapga gorizontal qatorlar bilan yozilgan. Uning alifbosidagi harflar soni aniq ma’lum emas. Unlilar oromiy yozuvi asosidagi boshqa yozuvlar singari juda kam hollarda yozilgan. V.Livshisning hisob-kitobiga ko‘ra 22 oromey protopidan 20 harf qo‘llanilgan, yana ikki harf singari uch harf faqat ideogrammalarda qayd etilgan. Binobarin, «jonli» qadimgi Xorazm tilidagi so‘zlarni ifodalash uchun To‘proqqal’a hujjatlarida amalda faqat o‘n beshta harfdan foydalanilgan. Ushbu yozuvni yuechji yozuvi sifatida bepgilashni uning keng yoyilganligi va turli sohalarda qo‘llanilganligi ham izohlaydi. Baqtriyaning bir qancha qishloq manzilgohlaridagi sopol idishlardagi yozuvlarga qarab xulosa chiqariladigan bo‘lsa, u rasmiy yozuvgina bo‘lib qolmasdan, balki xalq orasida qo‘llanilgan yozuv ham bo‘lgan. Teriga yozilgan hujjatlar ayrim shaxslardan balkim davlat omboriga tushgan tushumlarni, jumladan musallas va unni ifodalaydi. Biroq yog‘ochga yozilgan hujjatlar ayniqsa qizikarlidir, ular orasida uch toifa ajralib turadi: I. «Uylar ro‘yxati». Ularda ozod va uy qullarining ro‘yxati keltirilgan. Katta oila o‘shalardan tarkib topgan. II. Sopol hujjatlari. Ularda shldirak va boshqa buyumlar yetkazilganliga va berilganligi keltiriladi. III. Cho‘pxatlar. Ular ehtimolki kishi nomlaridan iborat bo‘lgan. Ulardan «uylar ro‘yxati» eng qiziqarlidir. Ularni o‘qish bilan S.Tolstov, V.Xenning shug‘ullandi, biroq ularni tushunishga V.Livshis katta hissa qo‘shdi. Ushbu hujjatlar katta va kichik oilalar tarkibini aks ettiradi hamda Qadimgi Xorazmda xo’jalikning xususiyagi to‘g‘risida tasavvur beradi. Misol uchun, hujjatda 21 erkakning nomi keltiriladi. Bu nomlarning bittasi uy egasiga, ikkitasi uning o‘g‘illariga, bittasi kuyoviga va o‘n yettitasi xizmatkorlarga tegishlidir.
To‘proqqal’adan topilgan hujjatlar O‘rta Osiyo tarixining qadimgi davrida oila tarkibi to‘g‘risidagi o‘ziga xos yagona yozma dalil, qimmatli manbalardir. Tuproqkaladan topilgan ossuariylarning tomlari va devorlariga qirra tush bilan yozilgan milodiy IV-III asrlarga oid yozuvlar ayniqsa qiziqish uyg‘otadi. Yozuvlar vertikal bo‘ylab (tik) bir yoki bir nechta qator qilib bitilgan. Ular, V.Livshisning aniqlashicha, kishi ismlaridan va sanalardan iboratdir. Ularda milodiy I asr o‘rtasidan boshlangan kadimgi Xorazm erasi bo‘yicha kunlar va yil ko‘rsatil-gan. Prikamada topilgan kumush idishlarda milodiy VII-Vin asrlardagi Xorazm yozuvlarining yana bir guruhi aniqlangan. Idishlar mo‘yna savdosi orkali u yerga borib qrlgan. Bu yozuvlarda kun, oy, yil, shuningdek idishning egasining nomi ko‘rsatilgan, og‘irligi aks ettirilgan.
Qadimgi O‘rta Osiyo yozuvlarini arab yozuviga almashtirish boshlanganligiga va keyinchalik ushbu yozuv-ning hamma joyda butunlay hukmronlik qilganligiga qaramay, V.Livshisning fikricha, bu yerda Xorazm yozuvi-dan XI asr boshigacha foydalanish davom etgan.
Download 48.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling