8-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi Reja


Download 423.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2020
Hajmi423.61 Kb.
#139653
Bog'liq
Карагайсимонлар


8-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi 

Reja: 

1.  Kordaitlar  qabilasiningning  kelib  chiqishi  va  tuzilishidagi  o‘ziga  xos 

xususiyatlar. 

2.  Ginkgolar qabilasiga mansub Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar. 

3.  Qubbalilar (igna barglilar) qabilasining morfologik tuzilishi, ko‘payishi va 

hozirgi kunda tarqalgan oilalari. 



 

Tayanch  ibora  va  atamalar:  nutsellus,  endosperm,  qubba,  anteridial  va 

protallial hujayralar, smola yo‘llari, chang nayi. 

Kordaitlar qabilasi — Cordaitales 

 

Bu  qabilaga  mansub  o‘simliklarning  paydo  bo‘lish  davri  paleobotanik 

ma’lumotlarga  qaraganda  paleozoy  erasining  toshqo‘mir  davriga  to‘g‘ri  keladi. 

Karbon davrida kordaitlar har ikkala yarim sharlarda keng tarqalgan. Ular balandligi 

30 metrga qadar keladigan chiroyli o‘simliklar bo‘lgan. Poyasining faqat uch qismi 

shoxlangan.  Barglari  qattiq,  bandsiz  lansetsimon  ingichka  bo‘lgan.  Tashqi 

ko‘rinishiga ko‘ra kordaitlar qozirgi qubbalilarni eslatgan (96-rasm). 

Kordaitlar bir yoki ikki uyli o‘simliklar bo‘lib, erkak va urg‘ochi qubbalari 

alohida-alohida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mikrosporofillar qipiqsimon bir necha 

mikrosporangiy  (changdon)li,  megasporofillar  ham 

qipiqsimon  tuzilishli,  uchida  bittadan  urug‘murtak 

joylashgan. 

Urug‘murtakda 

sagovniklarning 

urug‘murtagi singari chang yo‘li, ikki qavat intigumentli 

yopqich  qatlam  etli,  qalin,  shirali  ichki  qatlam  hamda 

ingichka yog‘ochlangan tashqi qatlamdan iborat bo‘lgan. 

Urug‘lanish  barcha  qazilma  holda  uchraydigan  ochiq 

urug‘lilar  singari  spermatozoidlar  yordamida  bo‘lgan. 

Urug‘murtak  to‘liq  yetilmagan.  Balki  sagovniklarning 

urug‘murtagi  singari  uning  yetilishi  uzilib  tushgandan 

so‘ng yerda davom etgan bo‘lishi mumkin. 

Kordaitlarning  sagovniklar  bilan  o‘xshashlik 

xususiyatlari  ularning  qadimiy  ajdodlari  bir  xil 

o‘simliklar bo‘lgan deb xulosa qilishga undaydi. Lekin 

ularning  plaunsimonlar  bilan  ham  bog‘liqlik  tomonlari 

bor degan fikrlar ham yo‘q emas. 

 

Ginkgolar qabilasi — Ginkgoales 

 

Bu  qabila  vakillari  dastlab  quyi  perm  davrida 



paydo bo‘lib, yura davrida ravnaq topgan va yer yuzining 

ko‘p qismi, ayniqsa uning shimolida keng tarqalgan va 

aksariyat  qismi  tashqi  sharoitlarning  keskin  o‘zgarishi  natijasida  o‘lib  ketgan. 

96-rasm. Kordait. 

1 – kordaitning umumiy 

ko‘rinishi; 2 – novdasi. 


Ginkgolarning yer yuzida keng tarqalgan 20 dan ortiq turidan hozirgi kunda faqat 

bir turi, ya’ni ikki bo‘lmali ginkgo – Ginkgo biloba yovvoyi holda Xitoyda o‘sishi 

aniqlangan. Bu daraxt XI asrdan boshlab Xitoy va Yaponiyada xosiyatli o‘simlik 

sifatida  diniy  madrasalar  qoshida  o‘stirilgan.  XVII  asrda  Yevropaga  keltirilgan 

(97-rasm). 

Ginkgo balandligi 30-40 m ga qadar o‘sadigan daraxt o‘simlik. Uning poyasi 

sirt  tomonidan  to‘q  kulrang  po‘st  bilan  qoplangan.  Poyasining  ichki  tuzilishi 

qubbalilar poyasining ichki tuzilishiga o‘xshash. Po‘sti yupqa, o‘zak va ikkilamchi 

yog‘ochlik yaxshi taraqqiy etgan. Novdalari ikki xil, siyrak bargli uzun va barglari 

g‘uj bog‘lam-bog‘lam bo‘lib joylashgan qisqargan novdalar. 

Barglari o‘ziga xos tuzilishli, bandli, uchburchaksimon, uchi ikki bo‘lmaga 

ajralgan,  barg  tomirlari  dixotomik  joylashgan,  qishda  to‘kiladi.  Ginkgo  ikki  uyli 

o‘simlik sporofillari qisqargan novdalarda to‘plangan. Mikrosporofillari to‘pgulga 

o‘xshash  to‘p-to‘p  bo‘lib  joylashgan.  Megasporofillari  uzun  bandli  odatda  ikki 

megasporangiyli, ularni megasporofil qoldiqlari o‘rab turadi. Changlanishi shamol 

yordamida.  Mikrosporaning  o‘sishi,  urug‘lanishi  va  urug‘ining  shakllanishi 

sagovniklarga  o‘xshash.  Lekin  ko‘p  xivchinli  spermatozoidlari  bularda 

sagovniklarnikiga nisbatan ancha kichik. 

Urug‘lanishdan  so‘ng  vujudga  kelgan  urug‘ning  tashqi  qismi  yumshoq  va 

shirali ichki qatlamlari yupqa va qattiq bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ginkgoning 

urug‘i olxo‘rinikiga o‘xshab ketadi. Uning yumshoq qismi ovqatga ishlatiladi. 

 

 



 

97-rasm. Ginkgo biloba. 

1 – erkak gulli qisqargan novda; 2 – mikrosporofillar; 3 – urg‘ochi gulli 

qiskargan novda; 4 – alohida gul to‘plami; 5 – urug‘ murtagining ko‘ndalang 


kesimi; 6 – pishgan urug‘; 7 – urug‘ murtagining uch qismi: ин – integument, 

нц – nutsellus, пк – chang kamerasi, э – endosperm, ар – arxegoniy. 

 

Urug‘  ichida  ikki  pallali  va  endospermli  urug‘murtagi  joylashgan.  Urug‘ 



pallalari unib chiqish jarayonida yer bag‘rida qoladi. Ginkgolarning kelib chiqishini 

kordaitlarga  bog‘lashadi.  Lekin  bu  ikki  qabila  parallel  ravishda  urug‘li 

paporotniklardan kelib chikqan degan fikrlar ham bor. 

Ginkgoning  xo‘jalik  ahamiyatiga  kelganda  u  asosan  manzarali  o‘simlik. 

Uning shu xususiyatini inobatga olib, Ukraina, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli nam 

o‘lkalarda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalanadilar. 



 

 

Qubbalilar (igna barglilar) qabilasi — Coniferales 

 

Qubbalilarning geologik tarixi yuqori karbon davridan boshlanadi. Ularning 



yuksalishi  mezozoy  erasining  yura  va  ayniqsa  bo‘r  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Ular 

o‘simliklar olamining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p jihatdan o‘xshash 

belgilariga ko‘ra qubbalilar kordaitlardan kelib chiqqan degan xulosaga kelinadi. 

Bu  davrda  qubbalilarning  ekologik  va  geografik  jihatdan  differensiallanishi 

sodir  bo‘lgan  va  ular  ayrim  oilalilarining  vakillari  janubiy,  ayrimlariniki  esa 

shimoliy yarim sharlarda tarqalgan. 

Hozirgi  paytda  shimoliy  yarim  sharda  qubbalilardan  (nina  barglilar) 

zarnabdoshlar (Taxaceae) va sarvdoshlar (Cupressaceae), janubiy yarim sharlarda 

esa  araukariyadoshlar  (Araukariaceae)  va  podokarpdoshlar  (Podocarraseaye)ga 

taalluqli turlar uchraydi. 

Turining ko‘pligi jihatidan bu oila ninabarglilar orasida eng kattasi hisoblanib, 

ularning 560 dan ortiq turi ma’lum. Nina bargli o‘simliklar uchlamchi davrda ham 

yer yuzida keng tarqalgan. Ular 10 ta oilaga bo‘linib, uchtasi (Lebaxiyadoshlar  – 

Lebachiaceae,  Voltsiyadoshlar  –  Voltzriaceae  va  Xeyrolepidadoshlar  – 

Cheirolepidiaceae) qadimiy, oddiy tuzilishli, yo‘qolib ketgan. Hozirgi paytda faqat 

qazilma  holda  uchraydi.  Qolgan  7  oila  vakillari  hozir  yer  yuzining  turli  joylarida 

yovvoyi  holda  keng  tarqalgan.  Shulardan  3  tasi  –  Zarnabdoshlar  (Taxaceae), 

Qarag‘aydoshlar  (Pinaceae),  Sarvdoshlar  (Cupressaceae).  Biz  quyida  ular 

to‘g‘risida batafsil fikr yuritamiz. 

Podokarpdoshlar  (Podocarpaceae)  oilasi.  Oilaning  vakillari  asosan  janubiy 

yarim sharlarda, tropik va qisman subtropik iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Uning 

9 turkumi va 130 turi ma’lum. 

Bularning  ham  ko‘pchiligi  daraxt  va  qisman  butasimon  o‘simliklar  bo‘lib, 

poyasi bir qadar murakkab tuzilgan, barglari turli-tuman shakllarga ega. Ular orasida 

ingichka  uzun  va  enli  barglilari  uchraydi.  Aksariyat  qismi  ikki  uyli  changchi 

qubbalar  hosil  qiladi.  Urug‘ qubbasi  tashqi  tomondan  qattiq  yog‘ochlangan po‘st 

bilan qoplangan. 

Bu  oilaning  asosiy  xususiyatlarini  o‘zida  mujassamlantirgan  turkumi 

podakarpus  (Podocarpus)  hisoblanadi.  Uning  100  ga  yaqin  turi  janubiy  yarim 

sharlardan shimoliy yarim sharlarning tropik qismi tropik Afrika, tropik Amerikaga 



qadar  keng  tarqalgan.  Muhim  qurilish  materiallari  olinadigan  daraxt  hisoblanadi. 

Janubiy  Afrikada  faqat  bir  turi  (P.  macrophylla)dan  manzarali  o‘simlik  sifatida 

foydalaniladi. 

Zarnabdoshlar  (Taxaceae)  oilasining  20  ga  yaqin  turi  Sharqiy  Osiyo  va 

Janubiy Amerikada tarqalgan, uning faqat mevali zarnab (T. bacata) turi Toshkentda 

madaniy holda o‘stiriladi. Bu G‘arbiy Yevropa va Osiyoning relikt o‘simligidir. 

Zarnab mevali o‘simliklardan hisoblanib, uzoq umr (2-3 ming yil) ko‘radi. 

Uning  balandligi  25  metrga  boradi,  yog‘ochi  uzoq  vaqt  saqlanadi,  har  qanday 

sharoitga ham chiday oladi va soyaga bardoshli. Qubbasi navbatlashgan, ikki qator, 

uchi  o‘tkir,  to‘q  yashil  rangli.  Zarnab  ikki  va  bir  uyli  o‘simlik.  Barg  qo‘ltig‘ida 

joylashgan erkak qubbalari qalqonsimon mikrosporofillar to‘plamidan shakllangan, 

Changchisida  havo  kamerasi  bo‘lmaydi,  urug‘chi  qubbasida  urug‘  pardasi  yo‘q. 

Megasporangiylar bittadan uchki novdalarning qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, urug‘ 

qipiqlari  cheti  bilan  birlashib  tovoqcha  shaklini  olgan.  Urug‘ning  sirti  mevaga 

o‘xshash  yumshoq.  Shuning  uchun  ham  mevali  zardob  deb  yuritiladi.  Yetilgan 

urug‘i ko‘pincha och qizil, yumshoq shirali. Tarkibida zaharli alkaloid bor. 

Zarnabning yog‘ochi qattiq, chirimaydigan bo‘lganligi tufayli, juda qimmatli 

hisoblanadi.  zarnab  turkuminiig  10  ga  yaqin  turi  O‘rta  yer  dengizi  atroflarida 

xususan  uning  janubiy  qismida  Yevropa,  Osiyo  va  Janubiy  Amerikada  keng 

tarqalgan. 



 

Qarag‘aydoshlar oilasi —Pinaceae 

 

Qarag‘aydoshlar turlarning soniga ko‘ra eng katta oila hisoblanadi. Uning 10 



ga yaqin turkumga mansub 250 dan ortiq turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida 

keng  tarqalgan.  Xo‘jalik  ahamiyati  jihatidan  ochiq  urug‘li  o‘simliklar  ichida 

to‘rtinchi o‘rinda turadi. 

Poyasida  yillik  halqalar  aniq  ko‘rinadi,  traxeoidlarining  radial  devorida 

hoshiyali  tuynuklar  bor.  Aksariyat  qismi  bir  uyli,  qubbalilari  bir  jinsli.  Changchi 

qubbalari  to‘q  sariq  yoki  qizil  rangli.  Changdonning  ostki  tomonida 

mikrosporangiylar ikkitadan joylashgan. Changida maxsus havo bo‘shliqlari bor. 

Urug‘chi  qubba  markazidan  o‘tadigan  ustunchaning  urug‘  qipiqlari 

qoplag‘ich  qipiqlari  qo‘ltig‘ida,  uning  ust  tomonida  esa  ikkitadan  urug‘murtak 

joylashgan.  Urug‘i  ko‘pincha  qanotli,  ayrim  turlarida  urug‘  kanotsiz  likopcha 

shaklida. 

Igna  barglilar  juda  katta  xo‘jalik  ahamiyatiga  ega.  Xalqning  yog‘ochga 

bo‘lgan talabini deyarli hammasi shular hisobidan qondiriladi. Qurilish ehtiyojlari, 

yoqilg‘i,  qog‘oz  materiallari,  uy  anjomlari  uchun  ishlatiladigan  asbob-uskunalar 

tayyorlashda  ishlatilishidan  tashqari,  ulardan  smola  (yelim)  terpentin,  kanifol, 

skipidar,  glyukozidlar  va  yog‘och  spirti  olishda  foydalaniladi.  Ayrim  turlarining 

urug‘i oziq-ovqat uchun va moy olishda ham ishlatiladi. 

Qarag‘aylar turkumi — Pinus. Bu turkumning 100 ga yaqin turi shimoliy 

yarim  sharlarning  o‘rta  iqlimli  viloyatlarida  keng  tarqalgan.  Subtropik  iqlimli 

mintaqada qarag‘ay turlari asosan tog‘li o‘lkalarda kuzatiladi. Uning ayrim turlari 

tropik o‘lkalarda ham o‘sadi. Qarag‘ay o‘z arealida sof va qisman aralash o‘rmonlar 



hosil  qiladi.  Qarag‘ay  doimiy  yashil  daraxt.  Yosh  qarag‘ay  daraxti  piramida, 

keksayganlari esa aylana yoki ko‘pincha soyabon shaklida bo‘ladi. 

Poyasida yelim yo‘llari mavjud. Qubbasi kichkina, uzun, 3-6 yilga qadar umr 

ko‘radi.  Changchi  qubbalari  yillik  novdalar  tubida  g‘uj  bo‘lib  joylashgan.  Uning 

ustunchasiga  mikrosporofillar  qisqa  band  bilan  birlashadi.  Mikrosporofilning  ost 

tomonida ikkita mikroslorangiy joylashgan. Mikrosporasida ikkita havo qopchig‘i 

mavjud. 

Urug‘chi qubbalar novdalarining uchidan 

o‘rin  olgan.  Yetilgan  qubbalarning  urug‘ 

qipiqlari  yog‘ochlangan  va  bir-biriga  zich 

bo‘lib  joylashgan.  Urug‘  qipiqlarining  ust 

tomonida  ikkitadan  urug‘murtagi  bor.  Urug‘i 

qanotli.  Mazkur  turkumning,  oddiy  qarag‘ay 

(P.  silvestris)  va  Sibir  qarag‘ayi  (P.  sibirica

singari turlari keng tarqalgan. Oddiy qarag‘ay, 

uning areali juda keng, butun o‘rta va shimoliy 

Yevropadan shimoliy Osiyoga qadar egallaydi. 

U muhit sharoitini deyarli tanlamaydi. Janubda 

ko‘pincha  tog‘li  zonalarda,  qumloq  va  daryo 

sohillarida, botqoqliklarda o‘rmon hosil qilgan 

holda  o‘sadi.  Oddiy  qarag‘ay  yorug‘sevar. 

Uning  poyasi  tik  o‘sadi,  balandligi  20-40  m. 

Po‘stlog‘i qizg‘ish-qo‘ng‘ir. 

Qubbalari 

qisqargan 

novdalarda 

ikkitadan  joylashgan,  ko‘kimtir,  novdada  uch 

yilga  qadar  saqldanadi.  Urug‘i  yordamida 

ko‘payadi.  Ularning  aksariyat  qismi  ikki  uyli 

qubbasi  mikrosporofil  yoki  megasporofillar 

to‘plamidan 

shakllangan 

(98-rasm). 

Mikrosporofillari ko‘pincha qalqonsimon yoki 

qipiqsimon shaklda bo‘lib, uning ostida 2 yoki 

undan ortiq chang xaltasi (mikrosporangiy) joylashgan bo‘ladi. Chang xaltasi yopiq 

urug‘li  o‘simliklarning  changdoniga  o‘xshash  bo‘lib,  xaltaning  sirt  qismi,  undan 

so‘ng fibrioz (tolalar) qatlami, keyingisi esa ingichka hujayralar tizmasi va, nihoyat, 

arxesporiy  joylashgan.  Arxesporiy  hujayralarining  reduksion  bo‘linishi  natijasida 

son-sanoqsiz  gaploid  miksporalar  vujudga  keladi.  Mikrospora  hujayrasi  ekzina 

(sirtqi) va  intina  (ichki) dan  iborat  po‘st  bilan  qoplangan. Ayrim  hollarda  bu  ikki 

qatlam  orasida,  sporaning  uchib  yurishi  uchun yerdan boradigan havo bilan to‘la 

bo‘shliq  ham  bo‘ladi.  Mikrosporaning  bo‘linishi  natijasida  chang  shakllanadi. 

O‘sayotgan changning vegetativ hujayralaridan spermagen hujayra vujudga keladi. 

Spermagen  hujayradan  ikkita  xivchinsiz  spermiy,  vegetativ  hujayradan  esa 

changniig o‘sishi davomida chang nayi shakllanadi. 

Megasporofillar qubba shaklida, qubba markazida uzun o‘q mavjud. Bu o‘q 

atrofida  yopqich  qipiqlar,  qo‘ltig‘ida  urug‘  qipig‘i  joylashgan,  shu  urug‘ 

qipiqlarining  ust  tomonida  megasporangiy  –  urug‘murtak  joylashgan  bo‘ladi. 

98-rasm. Oddiy qarag‘ay (Pinus 

sylvestris). 

A – qubbali novda; B – mikros-

porofil yon va tashqi tomondan

D – o‘ng tomondan: qoplovchi 

kipikcha, uning yon tomonida urug‘ 

qipig‘i. pastida urug‘ murtak uchi 

ko‘rinadi, chapda (teskari 

tomondan) ikkita urug‘ murtak 

ko‘rinadi, E – ikki urug‘li pishgan 

qubba, F – urug‘ning eniga kesimi. 





Mikropile  ostida  joylashgan  chang  xaltasi  yaxshi  taraqqiy  etmagan.  Nutsellusda 

odatdagidek, ancha  katta  megaspora taraqqiy  etib, urg‘ochi gametofit  –  birlamchi 

endosperm,  unda  esa  bir  qadar  reduksiyalangan  ikkita  arxesporiy  vujudga  keladi. 

Birlamchi  endosperm  yaxshi  taraqqiy  etgan  bo‘lib,  keyinchalik  o‘sayotgan 

urug‘murtak  uchun  oziq  sifatida  ishlatiladi.  Shamol  yordamida  uchib  kelib, 

urug‘murtakka qo‘ngan chang o‘sib, chang nayini hosil qiladi va arxegoniyga qadar 

uzayib,  generativ  hujayradan  hosil  bo‘lgan  ikkita  spermiydan  biri  tuxum  hujayra 

bilan  qo‘shiladi.  Ikkinchisi  nobud  bo‘ladi.  Urug‘langan  tuxum  hujayra  bo‘lina 

boshlaydi, undan boshlang‘ich barg, poya va ildizga ega bo‘lgan murtak shakllanadi. 

Urug‘murtak uruqqa aylanadi, uning ustki qatlami urug‘ po‘stini hosil qiladi. 

Changlanishdan urug‘lanishga qadar ancha vakt o‘tadi, qarag‘ay urug‘i faqat 

ikkinchi yilda to‘liq pishib yetiladi, qubbalari cho‘ziq-tuxumsimon. Urug‘i qanotli, 

kuzga  yaqin  pishib  yetiladi  (99-rasm).  Oddiy  qarag‘ayning  yog‘ochi  qurilishda, 

mebellar tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, aviatsiya sanoatida ishlatiladi. Bu 

turkumning Sibirda Sibir qarag‘ayi, Karpatda va Alp tog‘larida Yevropa qarag‘ayi, 

Qrim va G‘arbiy Kavkazda Kavkaz qarag‘ayi, Gruziyada Eldar qarag‘ayi va boshqa 

turlari tarqalgan. 

 

99-rasm. Qarag‘ayning rivojlanish sikli. 

Sporofit: 1-2 – sporofit rivojining boshlang‘ich davri; 3 – urug‘ (umumiy 

ko‘rinishi va kesimi); 4 – yosh sporofit; 5 – yetilgan sporofit; 6 – erkak va 

urg‘ochi qubbali novda; 7 – urg‘ochi qubba; 8 – erkak qubba; 9 – 

mikrosporofitli mikrosporofil; 10 – megosporangiyli megasporofil. 

Gametofit: a – mikrospora, b – megaslora, v – urg‘ochi gametofit, g – erkak 

gametofit, d – arxegoniyli urug‘ murtak, e - spermiyli chang nayi oxiri. 

 

Tilog‘och  turkumi  –  Larix.  Yevropa,  Shimoliy  Osiyo  va  Shimoliy 


Amerikada Yevropa tilog‘ochi (L. europaea) keng tarqalgan. Uning balandligi 50-

55 m ga qadar boradi. Faqat qubbasining uzunligi va urg‘ochi qubbalarining rangi 

bilan farq qiladigan, Yevropaning shimoli-sharqida keng tarqalgan, balandligi 40 m 

keladigan  Sibir  tilog‘ochi  (L.  cibirica),  sharqiy  Sibirdagina  keng  tarqalgan  Daur 

tilog‘ochi  (L.  dahurica)  sistematik  jihatdan  bu  turga  bir  qadar  yaqin  turadi.  Bu 

daraxtlarning qattiq chirimaydigan yog‘ochi va ulardan olinadigan yelim qimmatli 

hisoblanadi. 

Sarvdoshlar  oilasi  –  Cupressaceae.  Bu  oilaga  20  turkumga  mansub  145 

o‘simlik  turi  yer  yuzining  Antarktidadan  tashqari  deyarli  hamma  qit’alarida 

tarqalgan. Ular uncha baland bo‘lmagan daraxt o‘simliklari bo‘lib, smola yo‘llari 

yo‘q.  Lekin  maxsus  hujayralarida  smola  va  efir  moylari  to‘planadi.  Shu  sababli 

o‘simlik o‘ziga xos hid tarqatadi. Barglari ko‘p yillik, ignasimon yoki qipiqsimon, 

qarama-qarshi yoki halqa shaklida joylashgan. Uning aksariyat qismi bir uyli, erkak 

qubbalar  yakka-yakka  holda  joylashgan.  Mikrosporofillari  qipiqsimon,  uning  ost 

tomonida 2-6  mikrosporangiylar  joylashgan. Mikrosporalarida  havo  yo‘llari yo‘q. 

Urg‘ochi  qubbalarida  yopqich  va  urug‘barglari  birlashgan.  Boshlang‘ich 

urug‘murtagi to‘g‘ri, egilmagan 1 dan 12 ga qadar. Boshlang‘ich urug‘murtaklari 

ko‘p sonli (ayrim hollarda 200 taga kadar) to‘p bo‘lib joylashgan. Bu oila vakillarini 

urg‘ochi qubbasining tuzilishiga qarab uch kenja oilaga bo‘lish tavsiya qilinadi. Bu 

kenja oilalar Sarvlar (Cupressaideae), archalar (Juniperideae), tuyalar (Thujoideae). 

Sarv turkumiga 15 ga yaqin daraxt o‘simliklari mansub 

bo‘lib,  shimoliy  yarim  sharlarning  tropik  o‘lkalarida 

keng tarqalgan. Ular piramida shaklidagi daraxt, bargi 

qipiqsimon  tuzilishli,  efir  moyli.  Urg‘ochi  qubbasi 

halqasimon 

shaklda 

joylashgan 

besh 

qirrali 


qipiqsimon, 

ko‘p 


urug‘li, 

pishgandan 

so‘ng 

urug‘barglarga  ajaraladi.  Urug‘i  ikki  yilda  yetiladi. 



Sarvning  keng  tarqalgan  turlaridan  biri  doimiy yashil 

pirmidal sarv (S. piramidalis) bo‘lib, uning balandligi 

30 metr, 2000 yilgacha umr ko‘radi, yog‘ochi qo‘ng‘ir-

qizg‘ish  rangda,  duradgorlikda  keng  qo‘llaniladi.  Bu 

o‘simlik  Qora  dengiz  sohilida,  xususan  Qrim  va 

Kavkazda  madaniylashtirilgan.  Qrimda  Amerikadan 

keltirilgan Arizon (S. arisonica) va Luzitan sarvlari (S. 

lusitanica) ayniqsa keng tarqalgan. Archalar kenja oila 

(Juniperidaceae) ning faqat Archa (Juniperus) turkumi 

mavjud  bo‘lib,  uning  70  ga  yaqin  turi  yer  yuzining 

shimoliy yarim sharlaridan subtropik o‘lkalarga qadar 

tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida archaning 31 turi o‘sadi. Ular uncha katta 

bo‘lmagan daraxt рахт bo‘lib, bargi igna yoki qipiqsimon 3 tadan halqa shaklida 

joylashadi. Archa ikki uyli o‘simlik. Mikrostrobillar (erkak qubba) barg qo‘ltig‘ida, 

yozgi  novda  uchida  joylashgan.  Megastrobillari  (urg‘ochi  qubba)  qisqargan 

novdalar uchida, barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Uning ostki barglari orasida mevasiz 

(puch),  ustki  uchta  qipiqsimon  meva  bargida  uchtadan  boshlang‘ich  urug‘murtak 

joylashgan.  Pishib  yetilgan  paytda  qubba  barglari  bir-biri  bilan  birlashib,  meva 

100-rasm. Archa (Juniperus 

seravschanica). 

A – urg‘ochi qubbali novda; B 

– erkak qubbali novda; 

D – erkak qubba; E – urg‘ochi 

qubba; F – meva shaklidagi 

pishgan qubba kesimi. 





shaklidagi qubbaga aylanadi. Uning ichida bir nechta urug‘ yetiladi. Qubba ikkinchi 

yilda pishadi. 

O‘rta  Osiyoda  archaning  uch  turi  keng  tarqalgan  (100-rasm).  Turkumning 

savr  archasi,  zarafshon  archasini  O‘rta  Osiyo  xalqlari  qadim  zamonlardan  beri 

pistako‘mir  olish  uchun  ishlatganlar.  Shu  bilan  birga  bu  o‘simlikning  yog‘ochi 

qurilish  materiallari  va  uy-ro‘zg‘or  asboblari  yasashda  qo‘llanilgan.  Archa 



O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan o‘simliklardan hisoblanadi. 

Download 423.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling