8-Mavzu: Qo‘ychilik. Qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja
Download 35.98 Kb.
|
8-mavzu
Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan go‘shtning 35-40 % qo‘y go‘shtiga to‘g‘ri keladi. Qo‘y go‘shtini ko‘paytirish respublikamizning tabiiy va iqlim imkoniyatlari, hamda milliy an’analariga mos tushadi. Shuning uchun bepoyon yaylovlarda qo‘y go‘shti yetishtirishning juda keng imkoniyatlari mavjud. Bu borada sohada fermerchilikni keng yoyish, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda Respublika Prezidentining 308-sonli qarori asosida rivojlantirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda urchitilayotgan Hisor va jaydari qo‘ylarining go‘shti va dumba yog‘i tengsiz hisoblanadi, ulardan xushxo‘r, ajoyib ovqatlar tayyorlash mumkin va kaloriyalidir. Yeng yuqori go‘sht mahsuldorligiga hisor qo‘ylari ega bo‘lib, maxsus boqilgan qo‘ylarning tirik vazni 190-200 kg ga yetib, dumbasining sof og‘irligi 50 kg gacha bo‘lib, o‘lchami 45-55 sm ni tashkil qiladi. Jaydari qo‘ylar go‘sht mahsuldorligi ham ancha yuqori bo‘lib ularning vazni boqilganda100-120 kg gacha yetadi va so‘yganda 60-70 kg go‘sht olish mumkin. Qo‘y go‘shti ba’zi xususiyatlari bilan boshqa go‘shtlardan farq qiladi. Oqsil bo‘yicha mol go‘shti bilan tenglashib, cho‘chqa go‘shtidan ustun turadi, yog‘ nisbati va kaloriyaligi bilan mol go‘shtidan ustun turib, cho‘chqa go‘shtiga yutqazadi. Go‘sht to‘qimalari tarkibadagi aminokislotalar qo‘y, qoramol, cho‘chqalarda katta farq qilmay – 46,8; 48,5; 47,9% ga teng. Hayvon yog‘lari asosan palminit, stearin, olein va ko‘p bo‘lmagan boshqa yog‘ kislotalaridan tuziladi. Qo‘y yog‘ida mol va cho‘chqa yog‘iga nisbatan 3-4% palmitin, 3-7% olein kislotalari kam va 5-12% stearin kislotasi yuqori bo‘ladi. Tuyinmagan yog‘ kislotalari qo‘y go‘shtida cho‘chqa go‘shtiga nisbatan 6,7% kam va mol go‘shtidan 3,4% ko‘p bo‘ladi. Qo‘y go‘shtining eng ijobiy ko‘rsatkichi bo‘lib, uning tarkibida xolesterinning kamligidir - 29 mg % , u mol yog‘ida -75 mg %, cho‘chqa yog‘ida esa -74,5-126 mg % ni tashkil etadi. Qo‘y go‘shtida nikotin kislotasi, biotin va V12 vitaminlari ko‘proq uchraydi. Qo‘y go‘shti kalsiy va fosfor manbai bo‘lib hisoblanadi. Mis, Rux kabi mikroelementlar boshqa go‘shtlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligi so‘yishdan oldingi tirik vazni, so‘yim vazni, nimta vazni, so‘yim chiqimi, nimta tarkibidagi laxm go‘sht, suyak, paylar nisbati, navli go‘shtlar chiqimi, so‘yimning qo‘shimcha mahsulotlari, go‘shtning to‘yimliligi bilan belgilanadi. So‘yishdan oldingi tirik vazn, qo‘yni 24 soat och qoldirgandan keyingi tirik vazniga aytiladi. Shu davr mobaynida qo‘y vazni 2,5-3,5% ga kamayishi mumkin. Qo‘yning boshsiz, terisiz, ichki a’zolarisiz oldingi oyoq bilakuzuk bo‘g‘inidan orqa oyoq sakrash bo‘g‘idan qirqib tashlangandan keyingi va ichki yog‘ bilan birga og‘irligi so‘yim vazni deb ataladi. So‘yim vaznining so‘yim oldi tirik vazniga nisbatining foizdagi ifodasiga so‘yim chiqimi deyiladi. U turli omillar ta’sirida 35-60% ni tashkil etadi. Qo‘ylar semizligiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: oliy, o‘rta va o‘rtadan past darajalarga bo‘linadi. Download 35.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling