8-Mavzu: Qo‘ychilik. Qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja
Download 35.98 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saradja zoti
- Nazorat savollari
Hisor zoti – ushbu zotga mansub qo‘ylar jahonda eng yirik zot bo‘lib go‘sht-yog‘ yo‘nalishiga mansub hisoblanadi. Ular asosan O‘zbekistonning tog‘ va tog‘yonbag‘ri hududlarida keng miqyosda urchitiladi. Ularning suyaklari kuchli rivojlangan, mustahkam, oyoqlari uzun, boshi do‘ng peshonali bo‘ladi. Qo‘chqorlari asosan to‘qol bo‘lib, o‘rtacha 130-140 kg, eng og‘irlari 170-188, sovliqlari- 80-85, ko‘plari 90-95 kg tosh bosadi. Maxsus bo‘rdoqilangan bichmalar 190 kg gacha tosh bosadi, ular so‘yilganda 50 kg sof dumba olish mumkin, uning uzunligi 45-50 smni tashkil etadi.
Qo‘zilari 6 oyligida 65 kg vaznga ega bo‘lib so‘yim chiqimi 48-56% tashkil etadi. Ularning go‘sht tolalari ancha yo‘g‘on bo‘ladi. Hisor qo‘ylarining tanasi chuqur va keng, dumg‘azasi to‘g‘ri va uzun bo‘ladi. Qo‘ch-qorlari va sovliqlari shoxsiz bo‘ladi. Tusi asosan to‘q qo‘ng‘ir bo‘lib, juni dag‘al va siyrak bo‘ladi, hammasi bo‘lib qo‘chqorlaridan 2 kg, sovliq-laridan 1,2-1,5 kg jun qirqib olinadi. Hisor qo‘ylari juni tarkibida qiltiq va o‘lik jun tolalari uchrab to‘qimachilik sanoati uchun yaroqsiz bo‘lib, ulardan kigiz bosiladi. Hisor qo‘ylarining nafaqat boshi va oyoqlari qoplovchi qattiq jun bilan qoplanib qolmasdan, balki bo‘ynining va qornining tagi ham shunday jun bilan qoplangan. Hisor zotli qo‘ylar asosan Surxondaryo viloyati xo‘jaliklarida urchitilish bilan birga Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘iga asosan boshqa viloyatlarda jaydari qo‘ylarni takomillashtirishda foydalanilmoqda. Jaydari – bu qo‘ylar yil davomida yaylovlarda asrashga o‘rgangan qishda cho‘l yaylovlaridan, yozda esa tog‘ oldi va tog‘ yaylovlaridan samarali foydalanadilar. Qo‘ylar mustahkam konstitutsiyaga ega bo‘lib go‘sht-yog‘ belgilari yaxshi shakllangan. U mamlakatimizda keng tarqalgan bo‘lib Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha viloyatlarda urchitilmoqda.Ushbu zot qo‘chqorlari 80-90 kg, sovliqlari 55-60 kg vaznga ega bo‘ladi. Bo‘rdoqilangan axta qo‘ylar 35-40 kglik nimtalar beradi; so‘yim chiqimi 55-60%, dumba og‘irligi 18-20 kggacha teng. Dumbasi katta, ba’zan o‘rtacha bo‘lib, tanaga tortilgan, ko‘pincha osilgan bo‘ladi. Juni dag‘al tuzilishida, qo‘chqorlaridan o‘rtacha 2,5-3,5 kg, sovliqlaridan 2-3 kg jun olinadi. Tusi qo‘ng‘ir, sariq, qora. Juni tivit, oraliq, qiltiq jun tolalaridan tashkil topib, kam miqdorda quruq jun tolalari uchraydi, asosan gilam va milliy liboslar to‘qishda ishlatiladi. Bu zotli qo‘ylar go‘sht va yog‘ olish uchun urchitiladi.Ushbu zot hisor zoti yog‘-go‘sht, saradja jun mahsuldorligi sifatini yaxshilashda foydalanilmoqda. Saradja zoti – Turkmanistonning sahro va yarim sahro sharoitida mahalliy dumbali qo‘ylarni xalq seleksiya orqali tanlash va juftlash natijasida yaratilgan. Unda mahalliy dumbali qo‘ylarning junining tarkibida tivit tolasi ko‘p qo‘ylar ajratib olingan. Saradja qo‘yining juni barcha jun ko‘rsatkichlari bo‘yicha dumbali dag‘al jun beruvchi qo‘ylardan ancha ustun bo‘lib yarim dag‘al jun beradi. U jun asosan tivit va oraliq jun tolalaridan tashkil topib, oraliq jun tolalari ham uzunligi bo‘yicha tivit tolalaridan farq qilmay, dag‘al bo‘lmagan (6-9 %) qiltiq tolalardan tashkil topgan, ularda umuman quruq va o‘lik jun tolalari uchramaydi. Ko‘pincha bahorgi qirqimdan olingan, junlar uzunligi 12-18 smni tashkil qiladi. Qo‘chqorlaridan 4-7 kg, sovliqlaridan esa 3-4,5 kg jun qirqib olinadi va uning tarkibida 70-75 % tivit tolalari mavjud. Qo‘ylar ancha yirik qo‘chqorlari 74-85 kg, sovliqlari 55-60 kg tosh bosadi. Bu zotli qo‘ylar Farg‘ona vodiysi xo‘jaliklarida jaydari qo‘y zotining jun mahsuldorligini yaxshilashda foydalanilmoqda. Nazorat savollari Qo‘ychilikni holati va rivojlanishini istiqbollari Qo‘ylarning biologik hususiyatlari Qo‘ylarning jun mahsuldorligi Qarako‘l teri mahsuldorligi Qo‘ylarning po‘stinbop teri mahsuldorligi Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligi Download 35.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling