8-mavzu. Raqobat va monopoliya


Download 73.99 Kb.
bet2/2
Sana29.07.2020
Hajmi73.99 Kb.
#125070
1   2
Bog'liq
Raqobat va monopoliya


Tabiiy monopoliya - korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga boTgan talabni qondirish raqobat mavjud boTmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmin- ing ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar- ning sezilarli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi. 2017-yil boshida har biri 10 turdagi mahsulotni ishlab chiqaradigan 151 tabiiy monopoliya subyektlari mavjud.8

Legal (qonuniy) monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluv- chi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:

  1. patent tizimi - bu ixtirochi va mualliflar tomonidan Yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus gu- vohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;

  2. mualliflik huquqi - ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilami yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qornmiy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mual- liflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi;

  3. tovar belgilari - bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramz- lari, nomi va boshqalami ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlami qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tash- kil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.

Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishi- ni ataylab o‘zgartiradi, ya’ni:



  • bozorga yangi raqiblaming kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egal- lab oladi; banklaming yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);

  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga eri- shib, qolgan raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish im- konini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;

  • o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqo- batchilami bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.

Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsem kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.

Kartel - bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalaming uyush- masi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsu- lotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, Yaratilgan mahsulotlami sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlaming bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha kor- xonalaming birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulk- chilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriladi.

Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalik- dagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilaming yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.

Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiya- larini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).

Konsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli kor- xonalar (sanoat, savdo, transport va oank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlash- ma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zamr bo‘lgan turli soha korxona va tashki- lotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoli- yati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoli- yalaming sanab o‘tilgan shakllari orasida konsemlar keng tarqalgan.

Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va sal- biy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo'ladi. Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlaming tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan, monopolist boimagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik kor- xonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud boiadi. Chun- ki, uncha yirik boimagan raqobatlashuvchi korxonalaming odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan boiib, ular ishlab chiqarishga yangiliklami tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlami oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bun- dan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalami amalga oshirish xarajatla- rini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan olingan foyda ulaming mualliflariga tegishi aniq ka- folatlanadi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihat- lami ko‘rsatish mumkin:



  1. resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoli- yalaming yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqa- rishni cheklash vositasida narxlami ko‘tarishi, mahsulotlaming u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati ham- da sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot sama- radorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.

Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahmm bo‘ladi, monopoli- yalaming iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda konavayron bo‘ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jami- yat boyligi resurslaming oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo'lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi; ' 2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlaming monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadla- rining nisbatan kamayishiga olib keladi;

  1. iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekin- lashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlaming raqo- batchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foy- dani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ulami ishlab chiqarishni ratsional- lashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;

  2. iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.

Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to ‘ sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz boTgan korxonalami o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq toTash, past sifatli tovarlami ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yoTiga g‘ov boTishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakat- lar iqtisodiyotida monopoliyalami davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qoTlanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ata- ladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan boTadi.

Odatda AQSH dagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan il- gariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyi- dagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:



  1. Sherman qonuni (1890-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo- ni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qoTga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlami taqiqiaydi.

  2. Kleyton qonuni (1914-yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsu- lot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlami, narx bo‘yicha kamsi- tish, maTum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bogTanib ketuv- chi direktoratlar va boshqalami taqiqlaydi.

3. Robinson-Petmen qonuni (1936-yilda qabul qilingan). Bu qo- nun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalami taqiqlaydi.

1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlami sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalaming gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo'ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.



  1. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror top- gan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yu- zaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildi- radi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.

Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga kelti- rishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidaii yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qay- tadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish strategiy asiga ko ‘ ra “iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbar- dosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida mo- no-poliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulotvatexnologiyaturlarinio‘zlashtirish,shuasosdaichkivatashqi bozorlarda milliy tovarlaming raqobatbardoshligini ta’minlash”9

ga kengroq e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2017-yil va imdan keyingi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yara- tish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra,



  • korxonalaming birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;

  • raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakat- larga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;

  • ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalaming aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;

  • manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida sho‘ba kor- xona tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash ishlarini olib borish nazarda tutilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsemlar, ko- rporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qol- gan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xomashyolaming alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biz- nesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, keli- shish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi. 2016-yilda 609 ta davlat aktivlari investitsi- ya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotildi.

Bugungi kunda 413 ta davlat aktivlari, shu jumladan 65 tasi “nol” xarid qiymatida ommaviy savdolarga qo‘yildi.10

O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagi chora-tadbirlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tad- birkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqa-

rish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;

b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalaming bo- zordagi o‘z ustunlik mavqelarini suiiste'mol qilish imkoniyatlari- ning oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas11

O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirish- ga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqo- batchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqo- batni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqo- batni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilaming paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobat- ning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega boigan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ulaming bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni chek- lash to‘g‘risida»gi qonun (1992-yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqohatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlami monopollashtirish, raqo- batchilaming bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zarami qoplashlari, jarima to‘lashIari, g‘irromlik bilan ol- gan foydadan mahmm etilishlari shart.

Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyat- li o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish- ni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 27-dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qi- lindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asosla- rini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat muno- sabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta'minlashga qa- ratilgan. Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi boTib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomoni- dan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan boTib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sogTom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qonun monopoliyalaming amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ulaming hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi sal- biy holatlaming oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos boTgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o‘matilgan.

Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:



  • xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik hola- tining suiste’mol qilinishi (5-modda);

  • xo‘jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitim- lari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);

  • davlat boshqaruvi organlcui va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);

  • insofsiz raqobat (8-modda).

Monopoliyaga qarshi faol choralami amalga oshirish uchun 1992-yilda O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ sifatida Moli- ya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqar- masi tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlami va rentabel- likni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqar- ma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Res- publika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moli- ya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada ta- komillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan ushbu tashkilot Mo- nopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi.12

Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri - bu monopolist kor- xonalaming tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist korxonalar Davlat reestri yuritilib, unga muayyan tarmoqda ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalar kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni



  1. moddasida «ustun mavqe» tushunchasi quyidagicha izohlanadi: «Ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi sub- yektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yuri- tuvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlaming kirishini qiyinlashtirish yoxud ulaming iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqa- cha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.

Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar gu- ruhi tovarining ulushi:

  1. ellik va undan ortiq foizni tashkil yetsa;

  2. o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyi- dagi shartlar:

xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi;

tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqo- batchilarga) tegishli ulushlaming nisbiy miqdorda bo‘lib turishi;

ushbu bozorga yangi xo'jalik yurituvchi subyektlaming (raqo- batchilaming) kirishiga imkoniyat bo‘lishi shartlari belgilangan boTsa, shu xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqei ustun mavqe deb e’tirof etiladi».13

Reyestrga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mahsulotlari- ning narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazishlari shart.

Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq) laming bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usul- lardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:


  1. Monopol mavqedagi korxonalar mahsulotlariga narxlaming eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.

  2. O‘z monopol mavqeini suiiste'mol qilgan monopolistik birlash- malami boTib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul O‘zbekiston Res- publikasining (2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli) qonuni bilan tas- diqlangan «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida» asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» (1996-yil, 26-apTel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlami chiqarishga yo‘1 qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalami dav- lat yoTi bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlami belgilashni o‘z ichiga oladi.

Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini takomil- lashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog‘ining oshishi va boshqa omillar ta'sirida ko‘pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi mu- nosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda.

Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tuga- tilib, o‘mida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi. Hozirgi kunda mam- lakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlaming jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta'minlash ham dolzarb vazifa hisoblanadi.

Shu sababli ham “mamlakatimizda Yaratilgan texnologiyalar- ning raqobatdoshligini ta’minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlami amalga oshirish”14 kerak.

Xulosalar



  1. Raqobat bozoming muhim xususiyatlaridan biri boTib hisob- lanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namo- yon boTsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvo- fiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon boTadi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslami op- timal taqsimlashga imkon yaratadi.

  2. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng awalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga boTinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir.

  3. Sof raqobat va sof monopoliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqo- bat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko‘p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas.

  4. Raqobat - xo‘jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivoj- lanish darajasiga bog‘liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosa- batlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlami ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar maj- muasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi - alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib hukmronlik mavqeiga erishishiga halaqit beravchi asosiy omildir.

  5. Monopoliyani tartibga solish - miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo‘lgan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib bo- rilmoqda. Juda ko‘plab tarmoqlarda hukmron mavqega ega bo‘lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tar- moqda raqobat muhiti shakllantirildi.

  6. Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi subyektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha mos- lashuvchan bo‘lishi darkor.

Asosiy tayanch tushunchalar

Raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘q- nashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurash.

Tarmoq ichidagi raqobat - ishlab chiqarish va sotishning qulay- roq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxo- nalari o‘rtasida boravchi kurash.

Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.

G‘irrom raqobat - raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat to- monidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chet-

ga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblaming obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.



Halol raqobat - jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullami qo'llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlami qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi.

Narx vositasida raqobatlashuv - ishlab chiqaruvchilaming o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilaming shunday mahsulot- lari narxiga nisbatan pasaytirishi asosidagi kurash.

Narxsiz raqobatlashuv - asosiy omili tovarlaming narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firma- ning obro‘-e’tibori hisoblangan kurash.

Monopoliya - monopol yuqori narxlami o‘matish hamda mono- pol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit mak- roiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshimvchi yirik korxona- lar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

Ishlab chiqarishning to‘planishi - ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxo- nalarda to‘planishi.

Kapitalning to‘planishi - qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.

Kapitalning markazlashuvi - bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallaming ak- siyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishi.

Sof monopoliya - larmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki so- tuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binoba- rin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.

Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukm- ronlik holati.

Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki so- tuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sa-

babli ulaming narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.



Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi- lar soni juda ko‘p boiib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud boigan sharoitdagi yakkahukm- ronlik holati.

Tabiiy monopoliya - korxonaning texnologik xususiyatlari sa- babli mahsulotga boigan talabni qondirish raqobat mavjud boimagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.

Legal (qonuniy) monopoliya - qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.

Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil eti- luvchi birlashmalaming shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib tu- rish uchun) nomi.

Kartel - ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlari- ga o‘z mulkiy egaligini saqlab qolib, Yaratilgan mahsulotlami sotish esa kvota asosida amalga oshiriladigan bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalaming uyushmasi.

Sindikat - ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriluvchi, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalaming birlashmasi.

Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalik- dagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilaming yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.

Konsorsium - tadbirkorlaming yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi.

Konsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxo- nalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma.

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



  1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering.

  2. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalar- ning bir-biridan farqini ajratib ko‘rsating.

  3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ulaming har biriga xos belgilarini ko‘rsating.

  4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushun- tirib bering.

  5. Halol va g‘irrom raqobatlashuv usuiiariga nimalar kiradi?

  6. Raqobatlashuvning demping narxlami qo‘llash usuli qanday sharoitlarda amalga oshiriladi?

  7. Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asos- lari nimalardan iborat? Monopoliyaning qanday turlari mavjud?

  8. Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi o‘rtasida qanday farq bor?

  9. Tabiiy, legal va sun’iy monopoliyalaming bir-biridan farqlan- ishini ko‘rsating.

  10. Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namo- yon boTadi?

  11. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonun- chilikning mohiyati qanday?

  12. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  13. O‘zbekistonda raqobatni qoTlab-quvvatlovchi va monopoli- yaga qarshi kurashuvchi qanday tashkilotlar mavjud?




1Karimov I.A. 0‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: 0‘zbekiston, 1999, 34-bet.

2Mirziyoyev Sh. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javob- garlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boTishi kerak” // Mam- lakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakim- lari va 2017-yilga moTjallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majli- sidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi 2017-yil 16-yanvar.222


3 Abdullaev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. - T.: «Mehnat», 1997, 58-59-b.

43K0H0MHHecKaa Teopna: yne6HHK. - ncnp. h flon. / Iloa o6m. pe^. aKan. B.H.BHflanHHa, A.H.JJ,o6pbiHHHa, r.n.5KypaBJieBOH, JI.C.TapaceBHHa. - M.: HH(DPA-M, 2005, CTp 121.

5KynnKOB JI.M. 3K0H0MHHecKaa TeopHa: yne6. - M.: TK Be6jin, H3jj- bo npocneKT, 2005, 191-6.; Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qoilanma, T.: «0‘qituvchi», 2002, 246-b.231


6 Bu mazmundagi ta'riflar quyidagi manbalarda ham berdgan: IIIhihkhh A.0.3K0H0MHHecKaa Teopna: YnedHoe nocoSHe jjia By30B. 2-e H3a. Kh. 1. - M.: TyMaHHT. H3fl. ueHTp BJIA/fOC, 1996, 597-6.; BopncoB E.<£>. OKOHOMHuecKaa TeopHa: yLie6. - 2-e H3fl., nepepa6. h aon. - M.: TK Ben6H, H3a-bo IIpocneKT, 2005, 208-6.; Ochobbi tkohomhhcckoh TeopHH. ITo.tht3kohomhh: yne6HHK /IIoa pej. A-pa 3koh. HayK, npoj\. 3-e, ncnpaBJi. - M.: EflHTopHaji yPCC, 2003, 499-6.

70‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning mam- lakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yil- ga moTjallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Bosh maqsadimiz - mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islo- hotlami, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘1 ochib berish hiso- bidan oldinga yurishdir // Xalq so‘zi, 2016-yil 16-yanvar.

80‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi ma'lumoti

90‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi240

0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategi- yasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 3.2-bandi.




100‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi ma’lumotlari

11 IUa^u6aeB T. h ap. Oco6chhocth aHTHMOHonojitnoH hojihthkh b Y36eKHCTaHe: ooutHe npHHHHnti h npaBOBaa 6a3a. - OKOHOMHiecKoe o6o3peiiHe, >fs2, 2004, c.5.

120‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fantxoni. 0‘zbekiston Respub- likasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etishto‘g‘risida. PF-4483-son. 2012-yil 13-noyabr.

130‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to‘g‘risida. 2012-yil 6-yanvar.

140‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mam- lakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakun- lari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majli- sidagi ma'ruzasi // Xalq so‘zi, 2017-yil 15-yanvar.


Download 73.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling