8-mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Muammoli ta’lim texnologiyalari reja


Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi aqliy faoliyat ko‘nikmalari


Download 437.9 Kb.
bet11/18
Sana14.11.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1772365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
8-mavzu

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi aqliy faoliyat ko‘nikmalari:

  • Esda saqlash – eng muhim fikrlash jarayoni bo‘lib, busiz o‘quv jarayonini amalga oshirib bo‘lmaydi, lekin u tanqidiy fikrlashdan tubdan farq qiladi. Kompyuterning xotirasi har birimiznikidan anchagina yaxshiroq, lekin esda saqlash tanqidiy fikrlashni bildirmaydi.

  • O‘quv jarayonini usiz amalga oshirib bo‘lmaydigan «notanqidiy fikrlash» turlaridan yana biri – murakkab g‘oyalarni tushunish bilan bog‘liq.

  • «Tanqidiy fikrlash» tushunchasiga mos kelmaydigan yana bir fikrlash turi bu – ijodiy yoki ichki his bilan (intuitiv) sezib fikrlashdir. Sportchi, rassom, musiqachilar miyasida ham murakkab fikrlash jarayoni sodir bo‘ladi, lekin ular buni hatto sezmaydilar ham.

Tanqidiy fikrlashning elementlari:

  • tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir;

  • axborot – tanqidiy fikrlashning boshlanishidir;

  • tanqidiy fikrlash savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur bo‘lganmuammoni aniqlashdan boshlanadi;

  • tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi;

  • tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir.



Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bosqichlari:

Chaqiriq (Da’vat)

Anglash

Fikrlash

1. Yangi ma’lumot-larni ma’lum bo‘lganlar bilan bog‘lash.
2. Talabalarni fa-ollashtirish.
3. Taklif etilgan mavzuni ko‘rib chiqishga qiziqish tug‘diriladi va maqsad aniqlanadi

1. Chaqiriq bosqichida yaratilgan qiziqish va harakatlanish inersiyasini, faollikni qo‘llab-qo‘vvatlash.
2. Talabalarda o‘z tushinishini kuza-tishga doir intilish-larini qo‘llash.
3. Yangi o‘quv materia-lining tushunilishiga erishish

1. Talabalar yangi fikr va axborotlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalashga harakat qilib ko‘rishlari kerak.
2. Tushunganlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalab, qayta tuzganda shaxsiy anglangan kontekst yuzaga keladi.
3. Jonli fikrlar almashinuviga erishiladi.




Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling