8-mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Muammoli ta’lim texnologiyalari reja


Download 437.9 Kb.
bet1/18
Sana14.11.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1772365
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-mavzu


8-MAVZU. SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
REJA
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi va uning mazmuni. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy talablari va turlari. Ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. Ta’limning uch bosqichli modeli (chaqiriq, anglash, fikrlash). Tanqidiy fikrlash asoslari.
Muammoli ta’lim, uning asosiy vazifalari. Muammo va muammoli vaziyat. Muammoli vaziyat turlari. Muammoli ta’limda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. Muammoli o‘qitishning darajalari. Pedagogik muammoni qo‘yish va hal etish bosqichlari. Muammoli ta’lim texnologiyalari.

Tayanch iboralar: shaxs, ta’lim, texnologiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy fikrlash, strategiyalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim shakllari, muammoli ta’lim, muammoli vaziyat, o‘quv muammosi, muammoli o‘qitish


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
M amlakatimizning ta’lim sohasidagi asosiy hujjatlarida pedagogik texnologiyalarni yaratish va joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida fanning asosiy vazifasi etib belgilangan. O‘qitish jarayoni o‘quv jarayoni texnologik tayyorgarligining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun «texnologiya»ni o‘qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifasidan biri hisoblanadi. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, o‘qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi.
O
Шахсга йўналтирилган таълим деганда, биз кўпроқ ўқувчиларнинг шахсий манфаатлари, эҳтиёжларини назарда тутамиз. Бунда таълимнинг мазмуни ўқувчи шахсининг қизиқишларига мос равишда йўналтирилиши, унинг қизиқишлари ва лаёқатини қўллаб-қувватлаш бош мақсад қилиб олинади.

liy ta’limda ana’anaviy o‘qitish texnologiyasi o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga tobora zid bo‘lib bormoqda. Chunki mazkur o‘qitish texnologiyasida pedagogning talabaga munosabati avtoritar xarakterga ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, talabalar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda, avtoritar o‘qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi. Bundan farqli o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda talaba ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobgachiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi.

O‘quvchining o‘z-o‘zini bilishi, shaxsining o‘ziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga zrishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim olish, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z manfaatlarini fanlardan Davlat ta’lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo‘lishi mumkin. Buning uchun esa, o‘qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag‘batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv orqali ta’lim jarayonini amalga oshirishda o‘quvchining bilim olish jarayonini o‘z ichiga olgan, o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘qituvchi munosabati hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug‘ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi.
Pedagog olimlar tomonidan ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagilardan iborat: shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim; hamkorlik pedagogikasi; – adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o‘yin texnologiyasi; rivojlangan o‘qitish texnologiyasi; muammoli o‘qitish texnologiyasi; differensial o‘qitish; individual o‘qitish texnologiyasi.
Ushbu yo‘nalishlarning har birida ta’lim o‘kuvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e’tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda o‘quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi.
O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:




Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling