8-mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Muammoli ta’lim texnologiyalari reja
o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish
Download 437.9 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Муаммоли ўқитиш технологияси
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi. Qadimiy faylasuf Suqrot o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi. Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi. O‘rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros qoldirilgan. Asrlar, mingyillar davomida shaxsga muhabbat va hurmat, unga yordamlashish xislatlari asosida sivilizasiya shakllanib keldi. Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga muhabbat va hurmat ko‘rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqimiz bolalarga «siz» deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo‘lib «salom» berur. Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi.Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Shirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq ta’qiqlanganligi haqida» boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan tenglashtirilgan. Муаммоли ўқитиш технологияси M uammoli o‘qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyuining nazariy qoidalariga asoslanadi va XXasrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyui o‘qitish uchun quyidagilarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so‘z, san’at asarlari, texnik qurilmalar, o‘yinlar va mehnat. Bugungi kunda, muammoli o‘qitish deganda mashg‘ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o‘quvchilar kasbiy bilimlarga, ko‘nikmalarga, malakalarga ega bo‘ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. M Муаммоли ўқитиш, ўқитишнинг энг табиий самарали усулидир, чунки илмий билимлар мантиқи ўзида муаммоли вазиятлар мантиқини намойиш этади. uammoli o‘qitish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir. Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o‘quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o‘quvchini uni yechishga yo‘naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o‘qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo‘lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi. Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi. O‘quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o‘qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o‘quvchilar oldiga muammoli masalalar qo‘yadi, ularni yechimining yo‘llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o‘zi yo‘lga boshlaydi. Shuni qat’iyatlik bilan ta’kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An’anaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – o‘quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o‘zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O‘zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hyech qanday samara bermaydi. Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo – murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi. O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, subyekt-obyekt-subyekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
Download 437.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling