8 mavzu: Superfosfat


Download 74.9 Kb.
bet23/24
Sana28.10.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1728611
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
8 маърузага

Quritishda ftor birikmalari (2HF + SiF4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) uchib chiqadi. Superfosfat quritilishdan oldin qanchalik chuqur neytrallangan bo‘lsa, ftorli birikmalarning ajralishi ham shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuq fazasidagi erkin fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF4 ning parsial bosimi ham kamayadi. Odatda superfosfatda qolgan ftorning 10-17% i quritishda ajraladi; ftorning ajralish darajasi xaroratning ko‘tarilishi va quritish davomiyligining uzayishi bilan ortadi. Donadorlangan sperfosfatdagi ftorning ulushi boshlang‘ich superfosfatdagiga qaraganda 0,1-0,15% ga kamayadi. Quritgichdan chiqadigan gazlar siklonli changtutgich orqali o‘tib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chiqariladi.

  • Quritishda ftor birikmalari (2HF + SiF4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) uchib chiqadi. Superfosfat quritilishdan oldin qanchalik chuqur neytrallangan bo‘lsa, ftorli birikmalarning ajralishi ham shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuq fazasidagi erkin fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF4 ning parsial bosimi ham kamayadi. Odatda superfosfatda qolgan ftorning 10-17% i quritishda ajraladi; ftorning ajralish darajasi xaroratning ko‘tarilishi va quritish davomiyligining uzayishi bilan ortadi. Donadorlangan sperfosfatdagi ftorning ulushi boshlang‘ich superfosfatdagiga qaraganda 0,1-0,15% ga kamayadi. Quritgichdan chiqadigan gazlar siklonli changtutgich orqali o‘tib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chiqariladi.
  • Absorberda hosil bo‘ladigan eritma superfosfat changi bilan ifloslangan bo‘ladi. Uni tozalash qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun eritma zararsizlantirishga (bo‘r bilan neytrallashga) yuboriladi yoki uni granulyatorda superfosfatni namlashga qaytariladi.
  • Quritilgan mahsulot elevator 10 orqali elak 11 ga kelib tushadi, u yerda fraksiyalarga ajratiladi. 4 mm dan yirik bo‘laklar tegirmon 13 ga va maydalangandan so‘ng, transportyor 14 da yana elakka qaytariladi. 2-4 mm o‘lchamli fraksiya transportyor 12 yordamida tayyor mahsulot bunkerlari 15 ga, mayda fraksiya esa (umumiy miqdorning 20-30% i) retur transportyori 9 yordamida superfosfatning donadorlashdan oldingi massasiga qo‘shish uchun yuboriladi. Donadorlangan superfosfat tayyor mahsulot bunkerlaridan vagonlarga to‘kish orqali yuklanadi yoki qoplarga joylanib, trasportyorlar yordamida va tikuv mashinasi 16 da qoplarning og‘zi mahkamlanadi. Qoplangan superfosfat transportyor 17 orqali vagonlarga yuklanadi.

Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling