8 mavzu: Superfosfat


tonna donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish uchun 1,015-1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi


Download 74.9 Kb.
bet24/24
Sana28.10.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1728611
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
8 маърузага

1 tonna donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish uchun 1,015-1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi.

  • 1 tonna donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish uchun 1,015-1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi.
  • Qoratog‘ fosforitidan donadorlangan superfosfat olish uning ammoniylashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidan superfosfatni namlash va quritish bosqichlarini chiqarib tashlaydi, shuningdek neytrallash uchun ishlatiladigan ohak sarfini qisqartiradi.
  • Qoratog‘ fosforitidan olingan superfosfatni ammiak bilan pH q 44,5 gacha neytrallash o‘zlashadigan P2O5 ni kamaytirmaydi. Suvda eriydigan P2O5 miqdori esa 12-18% ga kamayadi va o‘zlashadigan P2O5 ning 73-82% ini tashkil etadi. Ammoniylashtirishda ajraladigan issiqlik hisobiga mahsulot namligi 4-5% ga kamayadi. Qoratog‘ fosforitidan olingan superfosfatni ammiakli selitra yoki karbamidning ammiakatlari bilan ammoniylashtirish orqali, tarkibida 20-21% ozuqa elementlari, shu jumladan 5-6% azot tutgan yaxshi fizik va agrokimyoviy xossali donadorlangan murakkab o‘g‘itlar olish mumkin.
  • Yetiltirilgan superfosfatni gaz holatdagi ammiak bilan ammoniylashtirish, aylanuvchi gorizontal barabanlar – ammoniylagich-donadorlagichlarda amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot omborga kelib tushadi, u yerda ammoniylangan donador superfosfat 3-4 sutka mobaynida aralashtirib turgan holda 28-32OS gacha sovutiladi. Sovutilgan mahsulot qoplanadi.
  • Ammiakdan foydalanish darajasi 93-96% ni tashkil qiladi. Tarkibida 5-8 g/m3 NH3 bo‘lgan ammoniylashtirgichdan chiquvchi gaz suvli absorberga yuboriladi. Hosil bo‘lgan ammiakli suv (2-2,5% NH3) superfosfat ishlab chikarishda ishlatiladigan sulfat kislotani suyultirishda foydalaniladi.

1 t ammoniylahsgan donador superfosfat olish uchun 1,02 t nordon superfosfat va 190 kg ammiak sarflanadi. Tayyor mahsulot tarkibida (% hisobida):

  • 1 t ammoniylahsgan donador superfosfat olish uchun 1,02 t nordon superfosfat va 190 kg ammiak sarflanadi. Tayyor mahsulot tarkibida (% hisobida):
  • P2O5umum. = 16-16,8;
  • P2O5o‘zl. = 15-15,5;
  • P2O5s.e. = 11,5-12;
  • N = 1,5-2,5;
  • P2O5erkin < 0,5 va 3% namlik bo‘ladi.

Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling