8-Mavzu. Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika asoslari reja


O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim


Download 106.5 Kb.
bet15/15
Sana21.04.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1375842
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-Mavzu

O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi anomal bolalarga bag‘ishlangan. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ham ta’lim olish huquqiga ega. Ularni maxsus muassasalarga tashxis etishda 1998 yilda o‘z faoliyatini boshlagan «O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari» faoliyati nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tashxis etilgan bolalar rivojlanishidagi nuqsoniga ko‘ra ta’lim olish qurbiga ega bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi muassasalarda o‘qiydi, tarbiyalanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nogironlik berib, ularni o‘z qaromog‘iga tegishli muassasalarda muruvvat uylarida tarbiyalanishni va mehnat qilishni ta’minlaydi.
Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi anomal bolalarning barcha toifalari uchun; maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muassasalar, maxsus maktablar, maktab-internat va maxsus sinflarda differensial ta’lim tashkil etilgan. Sog‘lom tengdoshlari orasida o‘qishni istagan bolalarga tegishli shart-sharoitlar yaratilishi mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim amalga oshirilmoqda.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Maktabdagi o’qitish jarayoniga hozirda qanday o’zgarishlar kiritildi.
2. Maktabdagi ichki rejalashtirish masalalarining moxiyati nimadan iborat
3. Yosh avlodni xar tomonlama yetuk, aklli, bilimli bulib yetishishi uchun qanday ishlarni oshirish kerak.
4. Korreksion pedagogika fanining qanday tarmoqlari bor?
Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling