8-Mavzu: Ta’lim muassasasida metodik ishlarga rahbarlik va metodik xizmat uzluksizligini ta’minlash
3.1. O’quv moduli: Ta’lim muassasasida o’quv ishlarini tashkil etish va boshqarish.
Ma’ruzachi: Sh.Usanov
Reja: - 1. Ta’lim muassasasida metodik ishlarga rahbarlik qilish ishlarini tashkil etish.
- 2. Maktabda metodik xizmat uzluksizligini ta’minlash.
Ta’lim muassasasida uzluksiz metodik xizmatni asosini tashkil etuvchi bo‘g‘inlar: - Ta’lim muassasasida uzluksiz metodik xizmatni asosini tashkil etuvchi bo‘g‘inlar:
- pedagogika kengash;
- metodik kengash;
- metodika birlashmasi hisoblanadi.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalari: - ta’lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini, o‘quvchilarning majburiyati, DTS talablarini bajarish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini ko‘tarish chora-tadbirlarini belgilash;
- umumta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
- o‘quvchilarga ta’lim berishda ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni o‘rganish va chora-tadbirlarini belgilash;
- o‘quvchilarni ma’naviy yuksak, umuminsoniy milliy ruhda, o‘z vatani xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish;
- ta’lim muassasasini maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
- ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jaraѐnini tashkil etishda va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
Ko‘pincha pedagogik kengash va ishlab chiqarish majlislarida shaxsan rahbar yoki uning o‘rinbosari ma’ruza qilishiga to‘g‘ri keladi. - Ko‘pincha pedagogik kengash va ishlab chiqarish majlislarida shaxsan rahbar yoki uning o‘rinbosari ma’ruza qilishiga to‘g‘ri keladi.
- Bu esa, boshqaruvda har doim samara beravermaydi. Ushbu ishlarga metodbirlashma rahbarlari va ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarni ham jalb etish zarur.
Kengash va turli yig‘ilishlarga tayorgarlik ko‘rishda rahbar quyidagilarga rioya qilishi lozim: - kengash mavzusini ta’lim mazmunini takomillashtirish va rivojlantirishlarga yo‘naltirilgan aniq va ravshan tanlay bilish;
- maqsadni oldindan aniq belgilash;
- kengashdan kutilayotgan natijalarni oldindan ko‘ra olish;
- o‘rinli, amaliy, ijro etish mumkin bo‘lgan tavsiyalar qabul qilish va vazifalar belgilash;
INGLIZ TILI
RUS TILI
AMALIY FANLAR
BOSHLANG’ICH TA’LIM
IJTIMOIY FANLAR
TABIIY FANLAR
ONA TILI VA ADABIYOT
ANIQ FANLAR
METODIK KENGASH
Sinf rahbarlar
METODIK KENGASH NIZOMI Umumiy o’rta ta’lim muassasasi metodik kengashi to’g’risidagi namunaviy Nizom O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 31 martdagi 3-mh-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining metodik kengashi to’g’risidagi namunaviy nizomini tasdiqlash haqida” buyrug’i bilan tasdiqlandi. Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasasi metodik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi. - Metodik kengash tarkibi muassasa direktorining buyrug’i bilan shakllantirilib, muassasaning pedagogik kengashiga bo’ysunadi va o’z faoliyatini pedagogik kengash qarorlarini bajarishga yo’naltiradi.
- Metodik kengash a’zoligiga umumta’lim muassasasi direktorining o’rinbosarlari, uslubiy birlashmalar rahbarlari, oliy, birinchi va ikkinchi toifali o’qituvchilar kiritilib, metodik kengash a’zolari soni pedagog xodimlar va o’quvchilar sonidan kelib chiqib 5-15 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
- Metodik kengash raisi umumta’lim muassasasi direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari hisoblanadi.
- Metodik kengash kotibi o’qituvchilar orasidan tayinlanadi. Metodik kengashning faoliyati umumta’lim maktabi direktori tomonidan nazorat qilinadi.
Rahbar ma’ruzalarni tayorlashda quyidagilarga amal qilishi lozim: -
- ma’ruza mavzusi qisqa, maqsadi aniq va reja asosida bo‘lishini ta’minlash;
- Ma’ruzachilarni oldindan ogohlantirish;
- Qaror loyihasini tayyorlash;
- Qilingan ijobiy ishlarni birma-bir sanash bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni e’tibordan chetda qoldirmaslik;
- O‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha muammolar va takliflar kiritish;
- Pedagogik jamoa oldida turgan vazifalarni aniq belgilab berish;
- Eng muhim va dolzarb jihatlarni alohida belgilash;
- Ma’ruza matnini o‘rinbosarlar, ijodkor o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar bilan muhokama etish;
- Ta’lim mazmuniga tegishli bo‘lmagan mavzularni rejaga kiritmaslik va bu mavzularda ma’ruza qilmaslik;
- Ma’ruza mazmuniga muvofiq qisqa tezis tuzib olish.
Metodik kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari - O‘quv dasturi mazmuniga minimal o‘zgartirish kiritishda ishtirok etish;
- O‘quv fani bo‘yicha dars o‘tish metodikasiga oid metodik ma’ruza uyushtirish va o‘qituvchilarning malakasini va malakaviy toifasini oshirishda ishtirok etish;
- Taqvim-mavzu rejasini muhokama qilish va tasdiqlash;
- Yangi axborot texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagogik tadqiqotlar olib borish;
- O‘quv laboratoriya bazasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
- Tajriba almashish maqsadida metodbirlashma a’zolarining darslarini kuzatish va tahlil qilishni tashkillashtirish;
Metodik kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari - o‘zaro tajriba almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari metodbirlashmalari ish tajribasini o‘rganish;
- tajribasiz va yosh mutaxassislarni ilg‘or ish tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarga biriktirishni tashkil etish;
- muassasada fanlar bo‘yicha olimpiada, konkurslar, musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha tartib ishlab chiqish;
- Maktabda (metodbirlashma doirasida) ijodkor, iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida ish olib borilishini ta’minlash;
Metodik ishlar
O’zaro yordam
Tajriba almashish
Yosh o’qituvchilarga metodik yordam
Nazariy
Amaliyot
Darslarni kuzatish
Darsliklar bilan ishlash
Sinfdan tashqari ishlar
O’quvchilar bilan yakka ishlash
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash
O’lashtirishi past o’quvchilar bilan ishlash
METODBIRLASHMA FAOLIYATI
Rejalar tuzish
Mеtodbirlashma rahbarining majburiyatlari:
Fan o`qituvchilarining mеtodbirlashmasi, mеtod kеngashi o`tishini doimiy ravishda tashkillashtirib borish.
Yosh o`qituvchilarga mеtodik yordam uyushtirish;
ilg`or ish tajribalarni ommalashtirish, olib borilgan ishlar xususida mеtod kеngash yoki pеdagogika kеngashida hisobot bеrish.
Taqvim -mavzu rеjalarining tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish
DTS talablari doirasida o`qitish sifatiga e'tibor bеrish .
Mеtodbirlashma ish rеjasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish.
Mеtodbirlashmaning har bir a'zosi:
mеtodbirlashma o`tkazadigan kеngashlarda, tadbirlarda qatnashish;
har bir o`qituvchi kamida bitta mеtodika birlashmaga a'zo bo`lishi va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan individual dasturga ega bo`lish;
pеdagogik faoliyatida o`z-o`zini tahlil qilib borishi kеrak.
kasbiy mahoratini oshirishga intilish;
.
pеdagogning huquqiy-mе'yoriy faoliyatini bilish va unga amal qilish;.
Mеtodbirlashmaning huquqlari
Fan o`qituvchilari mеtodbirlashmasi–o`qituvchilarga o`quv yuklamalarni taqsimoti va qayta tarifikatsiyadan o`tkazish bo`yicha tavsiya bеradi.
Mahalliy o`quv matеriallari asosida bеlgilangan tartibda o`quv dasturiga tеgishli o`zgartirishlar kiritadi.
Ayrim fanlar chuqurlashtirib o`qitiladigan sinflar mavjud maktablarda yo`nalishlar bo`yicha maxsus dasturlar va yakuniy nazorat matеriallarini tayyorlaydi.
Maktab rahbariyatiga fan xonalari mas'ullariga qo`shimcha haq to`lash va fan to`garaklarini tashkil qilish yuzasidan takliflar bеradi.
Ayrim fan yoki yo`nalishlar bo`yicha chuqurlashtirilgan bilimlar bеradigan sinflar ochish bo`yicha takliflar bеradi.
Mеtodbirlashma a'zolarining malakasini oshirishga doir takliflar bеradi.
Metodik maslahat funksiyasi
O’qituvchilarga maslahat berish, yo’l-yo’riq ko’rsatish
O’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish
Yangi pedagogik adabiyotlar to’g’risida axborot berish
Ilg’or tajriba to’risida axborot berish
Pedagogik texnologiyalar to’g’risida axborot
Metodbirlashmalarning asosiy vazifalari: - Tegishli yo‘nalish yoki o‘quv fanini o‘qitishga doir me’ѐriy va metodik hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jaraѐniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib beradi.
- O‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiѐtlar bilan muntazam tanishtirib boradi.
- Fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi. SHuningdek, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan tayѐrlangan sinov materiallarini tasdiqlaydi.
- Malaka oshirishga yuboradigan o‘qituvchilarni oldindan rejalashtiradi, malaka oshirishdan qaytgan o‘qituvchilarning hisoboti o‘z vaqtida metodbirlashma yig‘ilishlarida tinglab boriladi va ularni taqdimotlarini tashkil etadi.
- Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qiladi va ommalashtiradi.
- Davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlari bajarilishining ta’minlanishiga metodik ѐrdam ko‘rsatadi.
Metodbirlashmalarning asosiy vazifalari (davomi): - O‘qituvchilarning darslarini o‘zaro kuzatish tashkil qiladi, natijalarni tahlil qilib mutaxassislarga amaliy ѐrdam beradi.
- O‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi, ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.
- O‘quv jaraѐniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kiradi, o‘quv fani bo‘yicha yangiliklarni qo‘llashga doir metodik ko‘rsatmalar berib boradi.
- Yosh mutaxassislarga metodik ѐrdam beradi. Ustoz-shogird tizimini shakllantiradi.
Metodbirlashma quyidagi masalalarni amalga jshiradi: - Ta’limni sifat samaradorligini oshirish bo‘yicha me’ѐriy va metodik hujjatlarni o‘rganish;
- Sinfdan-sinfga ko‘chirish bo‘yicha yakuniy nazorat ishlarini, attestatsiya materiallarini tayѐrlaydi;
- Fanlarning o‘qitilishi bo‘yicha maktab ichki nazorati natijasi bo‘yicha tanishish;
- Metodik ishlanmalar bilan tanishish maqsadida ochiq darslarni tashkillashtirish;
- Ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish ya’ni, fan bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, fan bo‘yicha DTS ijrosi bo‘yicha yagona talab ishlab chiqish;
- Fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazish tizimini ishlab chiqish;
Metodbirlashma quyidagi masalalarni amalga jshiradi: - Fanlar bo‘yicha dars o‘tish metodlarini tahlil qilish;
- O‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiѐjini aniqlash va ularni ehtiѐjlari asosida malaka oshirish turlarini tavsiya etgan buyurtmalar berish hamda kurslaridan o‘tgandan so‘ng va ijodiy xizmat safarlaridan so‘ng tayѐrlagan hisobotlarini eshitish;
- Fan oyliklari, fan olimpiadalari, bilimlar sinovi, konkurslar, ilmiy konferensiyalarni uyushtirish;
Metodbirlashmalardagi metodik tadbirlarning eng muhimlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - Hozirgi zamon talabi darajasida fan kabinetini, darsni jihozlash maqsadida o‘quv ko‘rgazmali qurollar ta’minotiga erishish.
- fan o‘qituvchilariga muntazam tarzda dars samaradorligini oshirishga oid metodik tavsiyalar berib borish;
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |