- bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti
yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot almashinishi tushuniladi,
ya’ni bir kompyuter klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o’zida boshqa
kompyuter ekranida paydo bo’laveradi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar,
mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish
imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning
o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim.
Tarmoqqa ulangan hamon kompyuterlarni ko’rish uchun «Vse set» belgisiga
murojaat qilish kerak. Agar kompyuter tarmoqda ishlash uchun sozlanmagan bo’lsa
uni tarmoqda ishlash uchun sozlash kerak bo’ladi. Bunday sozlashni dasturiy ta’minot
tarkibidagi qurilmani o’rnatish programmasi amalga oshiradi. Tarmoqda ishlash
jarayonida kompyuter sizdan albatta ro’yhatda bor-yo’qligingizni so’raydi (shunda siz
ro’yhatdagi nomingiz va kompyuteringizning tarmoqqa ulanish arafasidagi
ma’lumotlarini berishingiz kerak), hamda parol kiritiladi. Bu parol sizning
ma’lumotlaringizni va programmalaringizni himoyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |