8-mavzu: tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy savollar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
8-dars. Тармоқ технологияси.
4-savolning bayoni:
Internet xizmatlarini taqdim etish
Internet provayder (angl. internet service provider, qisqartma ISP — internet xizmatlarini taqdim etuvchi) – Internetni va internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Internet provayderlarining asosiy xizmatlari quydagilar:
kengpolosali Internet,
uzib-ulanadigan Internet,
simsiz Internet tarmog’iga ulanish,
saytlarning ishlashini ta’minlash va saqlash uchun doimiy xotiradan joy ajratish (xosting),
klient qurilmalarini provayder maydoniga joylashtirish (kolokatsiya),
ajratilgan va vertual serverlarni ijaraga olish (VPS, VDS),
ma’lumotlarni rezervlash. Taqdim etilgan xizmatlardan kelib chiqqan xolda ularni quydagi turlarga ajratish mumkin:
ulovchi provayderlar,
xosting-provayderlari,
magistral (angl. backbone) provayderlar,
kanal provayderlari,
so’ngi milya provayderi Ulovchi provayderlarni shaxsiy aloqa kanallariga ega birlamchi (magistral) va birlamchi provayderlar kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi (shaxar, uy) provayderlarga ajratish mumkin. Birlamchi provayderlar odatda boshqa provayderlarga xizmat ko’rsatib, katta xajmdagi trafikni sotadilar. Internet provayder – bu aloqa operatori bo’lib, quydagi xizmatlardan biriga litsenziyaga ega bo’ladi:
aloqa kanalini taqdim etuvchi aloqa xizmatlariga.
ma’lumotlarni uzatish tarmog’ida aloqa xizmatlariga. Ovozli ma’lumotlar bundan mustasno.
ma’lumotlarni uzatish tarmog’ida ovozli ma’lumotlarni uzatish bo’yicha aloqa xizmatlariga.
telematik aloqa xizmatlari. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir qancha Internet provayderlari xizmat ko’rsatmoqda, bular: – UzNet, – Sarkor Telecom, – Sharq Telecom, – TPS, – ARS Inform, – Cron Telecom va boshqalar.
Rasm.12.1. Internet provayderlari. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling