8-mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashg‘uloti rejasi


Download 45.36 Kb.
bet2/2
Sana22.04.2023
Hajmi45.36 Kb.
#1378097
1   2
Bog'liq
8 mavzu

Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq holda, biron bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir.
Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa mamlakatlar (mintaqa) dan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug‘ullanadi. Mamlakat (mintaqa)lar daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko‘proq jalb qiladi. Bu yo‘nalishdagi turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakat (mintaqa) ga valyuta oqimini, ikkinchi tomondan – mazkur mamlakat (mintaqa)da yashovchi fuqarolarning pul mablag‘larini ko‘paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakat (mintaqa)da qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakat (mintaqa) da daromad darajasini maro‘liga etkazishga yordam beradi. Bu d ega ni shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega (qishloq xo‘jaligi mintaqalari).

Ulkan xilma-xil sayohatlar ma’lum guruhlari orasidan zarurlarini ajratish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko‘p jihatdan tur bo‘yicha xizmatlar to‘plamini, narx belgilanishini taqozo etadi. Safar tashkilotchisi faoliyati xarakteri, qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, marketing va turistik biznesni boshqarish bo‘yicha etakchi faoliyat o‘rnini egallovchi boshqa ko‘plab parametrlarni belgilaydi.


Xalqaro turizm klassifikatsiyasini keltirish bo‘yicha ko‘proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli, sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisoblanadi


1-jadval
Xalqaro turizm turlari

Tasnifiy belgisi

Turizm turlari

Sayohatlar maqsadi

Dam olish va rekreatsiya
Davolanish
Ishga doir (Business & Intsentive)**
Ta’limiy
Diniy
Etnik
Boshqalar

Takliflar turi

Yakka holda
Guruh bo‘lib
Kompleks xizmat ko‘rsatish
Hammasi qo‘shilgan (All - inclusive)
Klubda dam olish
Alohida e’tibor (VIP)

Buyurtmachilar turi

Korporativ

Harakatlanish usuli

Aviatsiya
Temir yo‘l
Avtoturizm
Avtobusli
Dengiz sayohati (Sea cruise)
Daryo sayohati
Piyoda (Hiking)
Veloturizm

Cafarni tashkil etish usuli

Uyushtirilgan
Xususiy

Sayohatchilar yoshi

Yoshlar
Keksa yoshdagi odamlar uchun (Senior)

Manba: «Ekonomika i organizatsiya turizma» M., 2006 g

Takliflar turi bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)


Guruh (Group) va yakka holda (FIT)gi xorijiy turizm. Turistik biznesda professional (kasb mutaxassis) lar bir-birlarini yarim so‘zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. Group va FIT atamalari ko‘proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreign Independent Traveler ma’nosini anglatadi. To‘l ma’noda – xorijiy mustaqil sayohatchi, o‘zbek tilida – yakka turist deb ataladi. U sayohat marshruti va grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi belgilaydi.


Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin, sayohatni mustaqil tashkil eta olishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali.
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (etkazib beruvchilar) o‘z xizmatlarini yakka – individual turistlar va guruh holdagi turistlar uchun alohidagi tariflar bo‘yicha taklif qiladilar. Yakka individual holdagi sayohat odatda guruh sayohatiga qaraganda qimmatga tushadi (bir turistga hisoblanadi).
Kompleks xizmat ko‘rsatish (package tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi, unda tur qiymatiga qo‘shilgan xizmatlar to‘plami qayd etilgan. Odatda, turpaket qiymati tur paketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga Kompleks xizmat ko‘rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo‘shilgan.
Turpaketga butun marshrut bo‘ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Bu yoshlar va maktab guruhlari, shuningdek uchinchi yoshdagi turistlar orasida ayniqsa mashhurdir. Professional (kasbiy) gid-tarjimonlar ekskursiyalar o‘tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo‘l (marshrut) bo‘yicha axborotlar beradilar. Guruhga xizmat ko‘rsatishda barcha tashkiliy masalalarni ham hal etishda ko‘maklashadilar. Guruhning barcha a’zolariga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatadilar. Gid – tarjimonlar sayohat chog‘ida turistlar ko‘rganlarini tushuntiradilar, ular haqida aytib beradilar.
Hammasi qo‘shilgan (All inclusive) – joylashish xizmatining alohida turi bo‘lib, ayrim qimmat otellar tomonidan butun restoran – mehmonxona xizmatlari to‘plami bitta narxga qo‘shilgandir.
Ayniqsa muhim mu’tabar shaxs (VIP) lar uchun turistik Kompleks xizmat taklif qilish alohida katta e’tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (va baland narxni) ni taqozo etadi. Bu masalan, aeroport, chegara va bojxona rasmiyatchiliklaridan o‘tish bo‘yicha, bo‘lishi mumkin. Alohida shinamxona, limuzinda tranfer tashrif buyurish, tantanali kutib olish, prezident xonasiga joylashtirish, kutib olish va marosimlarni tashkil etish ham shu xizmatlarga kiradi.
Klubda dam olish (Club holidays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. Qaysikim u o‘z hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarining ko‘ngil-ochish va faol dam olishi uchun maxsuslangan.

Safarni tashkil etish bo‘yicha tasniflash


Tashkillashtirilgan turizm – turistik firma tomonidan yakka-individual yoki guruh holdagi turistlarga tashkil qilingan sayohat tashkillashtirilgan turistlar turoperator yoki uning agentidan turli xizmatlar to‘plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi.
Turizmda tashkil etishning qarama-qarshi usullari bo‘yicha uyushtirilmagan yoki xususiy turizmni ko‘rsatish mumkin. Xususiy sayohat turagentlikka murojaat qilmasdan, bevosita etkazib beruvchidan xizmatlarni sotib olish yo‘li bilan mustaqil ravishda tashkil qilinadi. Ba’zan xususiy sayohatni «O‘zboshimchalik» deb xato aytiladi. Ammo biroq «o‘zboshimcha turizm» juda tor tushuncha bo‘lib, sayohatdan harakatlanishning faol usullari (piyoda, velosiped) dan foydalaniladi. Bu turist tomonidan mustaqil yoki klub instruktorlari yordamida tashkil etiladi.

Sayohat maqsadi bo‘yicha tasniflash


BTT bosh maqsadga bog‘liq holda safarni quyidagi guruhlarga bo‘ladi:

  • rekreatsiya;

  • ijtimoiy maqsadlar;

  • ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlar;

  • tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish;

  • diniy (ziyorat);

  • boshqa maqsadlar.

Maqsadga bog‘liq holda turizm turlarini qisqacha kurib chiqamiz.
Rekreatsiya maqsadidagi turizm. Bu turizmning asosiy maqsadi dam olish, davolanish va boshqa sog’lomlashtirish maqsadlaridan iborat. U bo‘sh vaqtni to‘ldirish uchun sayr-to‘losha va turli xil sport mashg‘ulotlarini taklif etadi. Ba’zi asoslarga ko‘ra unga turizmning ekskursiya, ixtisoslashgan, ta’limiy, sport, sarguzasht, ekzotik, ekologik turlari ham qo‘shiladi. Ekskursiya turizmi bilim ortirish turizmining ko‘proq ommalashgan turlaridan biri hisoblanadi. U turistik diqqatga sazovar joylar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi (tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari va san’at boshq.).
Ekskursiya marshrutlari odatda bir necha shaharlardan o‘tadi va eng mashhur yodgorliklar bilan tanishish imkonini beradi. Bunga Germaniya bo‘ylab nom qozongan: Kyoln – Bonn – Dyuseldorf – Frankfurt-na – Mayn – Nyurenberg – Myunxen. Italiya bo‘ylab: Rim – Venesiya – Florensiya yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin.
Davolanish turizmi — maxsus yo‘nalish hisoblanib, turistlar o‘z kasalliklarini davolash maqsadida er osti issiq suvlariga, maxsus joylarga, shaharlarga va mutaxassislarga borishadi. Hozir respublikamizda 500 dan ortiq turistlar uchun mo‘ljallangan davolanish maskanlari mavjud bo‘lib, ulardan 100 tasiga turli kasallarni davolash maqsadida 10—30 kunlarga mo‘ljallangan turmahsulotlar sotiladi. O‘lkamizdagi er osti ma’danli suvlari turli kasalliklarga davo bo‘lib, bu sihatgohlarga yo‘llanmalarni turistlarga davolanish uchun turmahsulot sifatida yanada ko‘proq sotish mumkin.
Dam olish turizmi — dam olish kunlari bayram yoki ishdan ta’til olgan kunlar maxsus yo‘nalishlardan foydalanish. Shahardan tashqari­ga dam olib kelish maqsadida ish bo’lmagan kunlarda maxsus tuzilgan yo‘nalishlar. Oxirgi yo‘nalish qisqa va faqat dam olish kunlari, bayram kunlari tashkil qilinadi. Rivojlangan davlatlarda dam olish turizmi ta’til vaqtida turistlaming boshqa joylarga va davlatlarga borib dam olib kelish jarayonini ham nazarda tutadi. Masalan, Turkiyadagi Antaliya turmarkazida bir vaqtning ichida 2 ming turist dam oladi. Dam olish turizmida har bir yo‘nalish ma’lum miqdorda turistlarning dam olishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Turistlar dengiz bo‘yida, tog‘lar o‘rtasida va maxsus shifobaxsh joylarda dam olishni ma’qul ko‘radilar. O‘zbekistonda hozir 1300 dan ortiq dam olish maskanlari mavjud bo‘lib, ulardan 300 tasiga xalqaro turistlarni jalb qilish mumkin.
Maxsus turizm. Oddiy dam olish sayohatidan farqli ravishda mazkur turizm ma’lum maqsadga ega. Xalqaro sport musabaqalarida ishtirok etish, xoh hayvonlarni kuzatish, xoh ot sporti yo‘nalishi, tarixiy va shaxs bilan bog‘liq joyda bo‘lishi uchun kelgan bo‘lsin turistlarning maqsadi shular bilan bog‘liqdir. Maxsus ixtisoslashgan turizmda g‘ayrioddiy joylashish maskanida to‘xtashni istovchi birlashgan turistlar guruhlari ajratiladi. Bu joy salo‘latlik fermasi yoki dehqon uyi bo‘lishi mumkin. Bu segment bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday turistlar yuqori darajada ma’lumotli, shaxsiy daromadi baland, ijtimoiy ahvoli martabali (boshqaruvchi, noyob mutaxissislar va boshqa yuqori darajadagi kasb egalari) kishilardir.
Ta’limiy turizm. O‘qish, malaka oshirish maqsadidagi sayohat xalqaro turizmda nisbatan yangidir. Ko‘proq til o‘rganish uchun safarlar ommaviylashmoqda. Ayniqsa Buyukbritaniya va boshqa ingliz tilida so‘zlovchi mamlakatlarga qiziqish katta ortib bormoqda.
Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan shug‘ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatga bo‘linadi. Faolda qaysidir sport turi bilan shug‘ullanish asosiy o‘rin tutadi. Passivda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish-to‘losha asosiy maqsaddir.
Sarguzasht turizmi. Bu turizm dam olishning o‘ziga xos turi hisoblanadi. U turistlarni nafaqat ularni mahliyo qilgan joylarda bo‘lishini ta’minlaydi, balki g‘ayriodatiy faoliyat bilan ham shug‘ullanishiga imkon beradi. Sarguzasht turizmi bir necha xil ko‘rinishlarga bo‘linadi:

  • poxod ekspeditsiyasi;

  • safari turlar (ov, baliq ovlash, kapalaklar tutish va boshq.);

  • daryo va dengiz sayohati (yaxtalarda).

Bunday turizm spesifik qirralari litsenziya olish (ovga, baliq ovlashga, o‘ljani olib kelishiga) zaruratiga ega. Shuningdek xavfsizlikni ta’minlash uchun yuqori malakali instruktorlar talab etilishi hisoblanadi. Turizmning mazkur turli ko‘rinishlari qiymati juda baland bo‘lib, bu nufuzli kishilar uchun dam olishga mo‘ljallangan.
Ekzotik turizm. Bu turizm turi ekzotik mamlakatlarga, Tinch va Atlantika okeanlari orollariga, sayohat bilan yoki g‘ayrioddiy transport vositasida sayohat qilish bilan bog‘liq. Keyingi yillarda o‘zining g‘ayrioddiyligi bilan hayron qoldiruvchi safarlar paydo bo‘ldi. Hozircha eng hayratlisi va o‘ta qimmatligi kosmosga uchishdir. Rossiya kosmik k emasida kosmosga birinchi uchgan turist Denis Titodan so‘ng fazoga sayohat amalga oshadigan orzuga aylandi. Rossiyaning «Bo‘ron» kosmik kemasida bu ekzotik sayohat uchun 100 000 AQSh dollari to‘lab, yaqin yillarda fazoga parvoz qilishi ishtiyoqini bildirganlar ruyxati allaqachon tuzilgan.
Ekzotik turizmga saunasi, basseyni, konferens zali va boshqa qulayliklarga bo‘lgan muzyorar kemada Arktikaga sayohat qilish ham misol bo‘la oladi. Muzyorar kema ekskursiya uchun katerlar va vertolyotlar bilan jihozlangan. Maxsus suvosti kemasida suv osti olami bilan tanishishni istovchilar ham ko‘p. Germaniyada ekzotikani sevuvchi turistlar uchun sobiq turmaxona juda ham mashhur. Bu erda sayyohlar o‘zini hibsda his qilishlari mumkin.
Ekologik turizm (ekoturizm) keyingi yillarda o‘ziga diqqat – e’tiborni jalb etayapti. Evropa va Amerika aholisi uchun qo‘riqlanayotgan tabiiy hudud bo‘ylab sayohat qilish dam olishning eng keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Turizmning mazkur turi bosh farqi qirralari shundaki, sayohat nigohida bo‘lgan tabiiy atrof-muhitga turistlar zarar etkazmaslikka harakat qiladilar. Tabiatni muhofaza qilishga va mahalliy aholi farovonligini yaxshilashga ko‘maklashadilar. Ekoturizm atrof – muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish uchun da’vat etilgan. Bu sayohatning qamrovi keng – maktab o‘quvchilari uchun katta bo’lmagan bilim orttirish safarlaridan tortib, to milliy park va qo‘riqxonalardagi muntazam turistik dasturlargacha o‘z ichiga oladi. Turizmning bu turidan olinadigan daromad qisman tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga yo‘naltiradi.
Ekoturizm — tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yo‘nalishlar «eko-turizm» deyiladi. Bu yo‘nalishlarda asosan tabiat turmahsulot sifatida sotiladi. Masalan, turistlar tog‘larda dam olishga, cho‘llarda sayr qilishga, o‘tlar terishga, hayvonlarni ko‘rishga, baliq oviga borishga maxsus turlar tashkil qilishni so‘raydilar. Rivojlangan davlatlarda ekoturizm dam olish turizmi sifatida tez rivojlanayotgan yo‘nalishlar hisoblanadi.
Har bir amerikalik xorijda ekoturizmda qatnashgan vaqtlarida kuniga o‘rtacha 100 dollardan mablag‘ sarflaydi3.

Ijtimoiy turizm – ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ hisobiga amalga oshiriladigan sayohatdir. Ijtimoiy turizmdan maqsad daromad olish emas, kam daromadli kishilarni qo‘llab – quvvatlash, ularni dam olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashdir.


Ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlardagi turizm. Ayrim mehmonnovoz mamlakatlar turistik industriyasida turistlarning ikki bosh kategoriyasidan biri – ishbilarmon sayohatchilar turg‘unligiga qaratilgan holat kuzatilmoqda.
Turizm bu turining xususiyatlari shundan iboratki, ishga doir maqsadlarda keluvchi turistlar asosiy vaqtlarini majlislar yoki ish yuzasidan uchrashuvlarda o‘tkazadilar, qat’iy dasturga va tadbirlar grafigiga amal qiladi. Ular ko‘pincha o‘zlarining manfaatlari bilan bog‘liq o‘sha bitta shaharga kelishadi. Qimmat narxdagi mehmonxonalarda to‘xtaydilar, buyurtma transportdan, ishbilormanlar bilan uchrashuv uchun maxsus jixozlangan binolardan foydalanadilar, hamda tantanali qabullar, shuningdek individual ekskursiyalarda ishtirok etadilar.
Ishbilarmon turistlar dam oluvchi turistlardan katta xarajatlari bilan butunlay farq qilishadi. Ishbilarmonlik turizmning ko‘proq tarqalgan turlaridan biri kongressli turizmdir (Conferense Travel). Rus versisiyada uni ilmiy turizm deb qabul qilish tao‘lilga kiritilgan. Kongressli turizm maqsadi ilmiy-amaliy seminarlar konferensiyalar, se’zdlar o‘tkazishdan iborat. Ba’zan ishbilarmonlik turizmida bilim orttirish yoki rekreatsiya turizmi elementlari ham mavjud bo‘ladi.
Ishbilarmonlik turizmiga shuningdek rag‘batlantiruvchi (insentiv-turizm) ham kiritiladi. Rag‘batlantiruvchi turizm buyurtmachisi sifatida yirik korporatsiyalar chiqishadi, ular alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari guruh safarlari uchun to‘lovlarni zimmasiga oladilar.
Ishbilarmon turizmida ikki yirik segment ajratiladi: yakka – individual yoki guruh, ular ishga doir maqsadlarda sayohatga chiqishadi va turli Kompaniyalar xodimlari tez-tez Kompaniya ishi bo‘yicha safarga boradilar. Bu keyingisi o‘zida korporativ turizm deb ataladigan safarlarni namoyon etadi.
Jahon turistik bozorida uchta yirik transmilliy Kompaniyalar ishlaydi, ular korporativ turizmga ixtisoslashgan: “American Express” (1850 y. paydo bo‘lganidan boshlab bu biznes tarixini yuritadi), «BTI» va “Carlson Wadonlit Travel”. Ularning yillik mablag‘ aylanmasi 3,7 mlrd. yaqin AQSh dollarini tashkil etadi.
Korporativ turizmda turfirmalar mijozlari – bular huquqiy shaxslar yoki Kompaniyalarning ishonchli shaxslaridir. Ular nomlangan korparativ kartochkalarga ega. Tartibga ko‘ra, ular sayyoramizdagi turli burchaklarda ishbilarmonlik manffatlariga doir nufuzli korporatsiyalarni ifoda etadilar. Shu maqsadda muntazam ishbilarmonlik safariga borib keladilar. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan turfirmalar ularning ishonchini qozonishga va maksimal qulay sharoitlar yaratib, xizmat ko‘rsatishga intiladilar, odatda bular ikki tomonlama konkret tuzilganda kelishib olinadi. Korporativ mijozlarning asosiy talabi tez va sifatli xizmat ko‘rsatishdir. Korporativ mijoz uchun raqobat kurashida yuqori malakali, yuksak texnologiyalardan xabardor turfirmalar g‘olib chiqishadi. Ular o‘zlarining talabchan mijozlarining didi, mayda-chuyda injiqliklarini tez ilg‘ab oladilar, shunga qarab xizmat sifatlarini oshirib, usullarini o‘zgartiradilar.
Tanishlar va qarindosh – urug‘larnikiga tashrif. Turistik statistikaning ko‘rsatishicha, sayohatning bu turi o‘zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo‘lish davomiyligi esa ishga doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir. Misol uchun, arab mamlakatlari, Hindiston, Pokistondan Angliyada yashayotgan do‘stlari, qarindoshlarini ko‘rgani doimiy ravishda mehmonlar tashrif buyuradi. Rossiya va Ukrainaga Kanada, AQShdan ajdodlari slovyan bo‘lgan oila a’zolari kelishadi.
Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qumsash – sog‘inish turizmi deb ham ataladi. Bu odamlarni do‘stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog‘liq bo‘lib, xalqaro turistik almashinishda muhim o‘rin egallaydi. Odatda bozorning bu segmentida ishlashga bir necha turfirmalar ixtisoslashadi.
Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti. Uning bir necha turlari ajratiladi:

  • ziyorat (muqaddas joylarga tashrif va ibodat qilish);

  • bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan tanishish);

  • ilmiy safar din bilan shug‘ullanuvchi (tarixchi va boshqa mutaxassislarni safari).

Diniy turizm — aholining ko‘pchiligi dinga e’tiqod qo‘yib, boshqa davlatlardagi diniy inshootlarni, diniy qadamjolarni ziyorat qilishadi. Diniy maqsadlarda sayohat qiluvchilarning soni doimiy oshib bormoqda. Ularning soni har yili 200 mln kishidan ortiqni tashkil etmoqda. Ulardan 150 mln kishi xristianlar, 20-30 mln hindular, 40 mln buddistlar va boshqalar4.
Islo‘l diniga e’tiqod qiluvchilar Makkaga, Madinaga, Buxoroga, Urganchga va Samarqandga borishadi. Boshqa dinlarda ham o‘ziga xos ziyorat joylari mavjud. Bu kabi yo‘nalishlar diniy turizm deyiladi. Har yili diniy turizmda qatnashayotgan turistlar soni dunyo bo‘yicha 4—5 milliondan ko‘p. Diniy turizm o‘z dinining tarixi va allomalari bilan tanishish maqsadida diniy ob’ektlarga safar qilishni ko‘zda tutadi. Ular uchun maxsus yo‘nalishlar tuziladi. Bu yo‘nalishlar barcha diniy mintaqalar hududida mavjud bo‘lib, mintaqamizda Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy maqbaralarini ko‘rsatish bo‘yicha turistik yo‘nalishlar tashkil qilinyapti. Bu yo‘nalishlar chet davlatlarda ham yuqori talabga ega bo‘lib, diniy turizm yaqin yillarda davlatimizda asosiy turmahsulot bo‘lib qolishi mumkin. Chunki respublikamizda 200 dan ortiq mo‘tabar qadamjolar sayohati turmahsulot hisobida sotilishi mumkin.
Ziyorat turizmi — aziz joylar, insonlar, diniy qadamjolar bilan tanishish maqsadida boshqa joylarga borish. Bugungi kunda respublikamizda islo‘l ziyoratgohlari ko‘p. Turistlar boshqa davlatlar madaniyatini, san’atini o‘rganish maqsadida ziyoratga borishadi. Bu tarixiy yodgorliklarni yaxshi o‘rganish va ularni ko‘rish uchun boradigan turistlarga yo‘nalishlar tashkil qilinadi.

Harakatlanish usullari bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)


Harakatlanish usuli va tanlangan transport turiga bog‘liq holda turizmni aviatsion, temiryo‘l, avtoturizm, avtobusli, suv, piyoda, velosipedli turlarga ajratish mumkin.
Sayohatchi qaysi bir transport turini tanlamasin bugungi kunda ixcham va qulaylik, sayohat xavfsizligi zarur shartlardan hisoblanadi. Sayohat xavfsizligi ko‘rsatkichlari avariyalar (transport turlari bo‘yicha yillik avariyalar soni) va shaxsiy xavfsizlik hisoblanadi. Bunda 100 000 kishi hisobga yo‘l-transport hodisalarida xalok bo‘lganlar soni asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich avtotransportdan yuqori darajada foydalanilayotgan mamlakatlardagiga nisbatan ancha ko‘p.

8.2. Turizm turlari


Turizmning turlariga ko‘ra turoperatorlar va turagentlar tomonidan mavsumga va bozorga qarab turizm yo‘nalishlari tuziladi va ular asosida turmahsulot taklif qilinadi. Bu yo‘nalishlar quyidagicha guruhlarga bo‘linib o‘rganiladi va davlat miqyosida ilmiy tahlillar o‘tkaziladi:


«Aviatsiya» turizmi — havo yo‘llari orqali maxsus turistik yo‘nalishlar tashkil qilinishi va boshqa xalqaro yo‘nalishlardan ham foydalanish. Bu turizm faqat bir joydan ikkinchi joyga samolyotlarda borish bilan emas, ayrim turistlarning kichik samolyotlardan foydalanib, havoga uchishlari bilan ham ahamiyatli. Ko‘pchilik turistlar faqat samolyotlarda biror turistik joyga borib kelishni xohlashadi va bu talabni qondirish maqsadida turoperatorlar kichik uchoqlardan unumli foydalanib, turmahsulotlarni sotishadi. Oxirgi yillarda bu turmahsulotlarga bo‘lgan talab juda yuqori sur’atlar bilan (har yili 15— 25 %) o‘syapti. Ko‘pchilik hollarda 80—90 % turistlar faqat havo yo‘llari-dan manziliga etib borish maqsadida foydalanishmoqda.
«Avtomabil» turizmi — avtomabildan foydalangan holda turistik yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jarayoni. Bu turizm avtobus, avTomashinalar va maxsus avtomabillarning turistik yo‘nalishlarini ham o‘z ichiga oladi. Ayrim hollarda turistlarning ijaraga olib o‘zlari haydaydigan avtomabil yo‘nalishlari yuqori sur’atlar bilan rivojlanyapti. Kichik avTomashinalar turistlar uchun juda qulay hisoblanadi. Bu yo‘nalishlar turistlar uchun qulay bo‘lib, ular o‘zi xohlagan joyda xohlagan vaqtigacha to‘xtab turishi mumkin. Poezd va samolyotlar borolmaydigan joylarga avtomabil bilan borish imkoniyati mavjud. Avtomabillarga bo‘lgan turistlarning talabi o‘sib borayotganligini hisobga olib, chet davlatlarda minglab avtomabil ijara firmalari faoliyat ko‘rsatyapti.
Arxeologik turistik yo‘nalish — maxsus yo‘nalish bo‘lib, turistlar boradigan joylar asosan arxeologik joylar hisoblanadi. Arxeologik joylar juda ko‘hna tarixiy inshootlar va shaharlarning qoldiqlarini ziyorat qilishdan iborat. Ayrim arxeologik joylar aksariyat chet el davlatlari turistlarini o‘ziga jalb qiladi. Ayniqsa olimlar, ziyoli turistlar mazkur turmahsulotga ko‘p qiziqishadi va hozirgi kunda turoperatorlar bu turmahsulotni sotishyapti. Respublikamizda 50 dan ortiq arxeologik joylar bo‘lib, ular turmahsulot hisobida sotilishi mumkin.
«Arxitektura» turizmi — turistlarga ko‘rsatiladigan shahardagi chiroyli va tarixiy arxitekturalar va inshootlar bo‘lib, har bir shahar, davlat, millat hamda davrning o‘z arxitektura ob’ektlariga bo‘lgan sayohat. O‘ziga xos milliy arxitektura ko‘pchilik turistlarni qiziqtiradi. Ayrim davlatlarda shahar arxitekturasi turmahsulot bo‘lib, shaharlarda 30—50 dan ortiq maxsus avtobuslarda sayohat tashkil qilinadi. Masalan, Nyu-York shahrida 100 dan ortiq maxsus avtobuslarda kuniga 50—100 ming turistni shahar arxitekturasi bilan tanishtirib, 10—15 vertolyotlarda shaharni yuqoridan ko‘rsatishadi.
«Alpinizm» turizmi — sport turizmining tog‘da o‘tkaziladigan turi bo‘lib, turistlar ma’lum bir xizmatlarga xarajat qilib, tog‘ cho‘qqilariga chiqish va tog‘ qiyinchiliklaridan o‘tish kabi zavqli yo‘nalishlarda harakatlanishlarini belgilaydi. Tog‘ga chiqish jarayoni qiziqarli bo‘lgani uchun ko‘pchilikni jalb qiladi va har bir guruh eng kamida 5—10 kishidan iborat bo‘ladi. Respublikamizda alpinizm rivojlanishi uchun juda ko‘p shart-sharoitlar mavjud.
«Azart» turizmi — bu yo‘nalishlarda turist o‘zini sinash maqsadida ekstremal holatlarga o‘zini-o‘zi majbur qiladi: cho‘lda o‘zini qiynab azart sport musobaqalarida qatnashish, pulini tikib qimor o‘ynash, yovvoyi hayvonlarni o‘ldirish va boshqalar. Azart ishlarni bajarish maqsadida turmahsulotlar sotib olinadi. Bu turizm juda qimmat bo‘lib, ayrim rivojlangan va ruxsat bergan davlatlarda tashkil qilinadi.
Bolalar turizmi — maktab yoshidagi bolalar (15 yoshgacha bo‘lgan bolalar turizmi) sayohati va chet davlatlarga borishini amalga oshirish jarayoni. Yo‘nalishlar davlat ichida yoshlarni tarixiy-madaniy va maishiy joylarga to‘loshaga olib borish bilan yakunlanadi. Bu yo‘nalishlar yoshlar turizmi deb ham yuritiladi. Bunda har bir yosh fuqaro turistik xizmatlardan foydalanib, chet davlatlar va boshqa shaharlarga chiqishi mumkin. Ularning sayohati uchun davlatimizda maxsus qonunlar mavjud. Bu qonunlarga asosan ularni chetga chiqarish, sayohat va ziyoratga olib borishni tashkil qilish boshqa turlardan farq qiladi. Yoshlar turizmi uchun maxsus engilliklar mavjud: biletlar va turmahsulotlarning qiymati 30—50 foizga arzon, ayrim turmahsulotlar 10—20 foiz arzon sotilishi mumkin. Yuqoridagilar yoshlarning turmahsulotlarni sotib olishiga ancha qulayliklar yaratadi.
O‘smirlar turizmi (bolalar) — bolalar turizmi bo‘lib, hozir ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda yosh bolalar bilimi va tafakkuri rivojlanishida asosiy o‘rinni ega llaydi. Rivojlangan davlatlarda maxsus markazlar mavjud bo‘lib, ular bolalar turizmini rivojlantirishda asosiy o‘rinni ega llaydi. Masalan, Angliyada 300 ta bolalar turizmi bilan shug‘ullanadigan turizm firmalari va markazlari bo‘lib, ular har yili 700— 900 ming turistlarni qabul qiladi va boshqa davlatlarga jo‘natadi.
Dengiz turizmi — turistik yo‘nalishlarning dengiz bo‘ylab borishi va faqat dengiz bo‘ylab yo‘nalishda bir necha shaharlarni, davlatlarni o‘z ichiga olib, turistlarni kemada olib yurish. Dengiz turizmida yo‘nalishlar har xil bo‘lishi mumkin: to‘g‘ri, aylanma va boshqa yo‘nalishlar. Masalan, O‘rta er dengizida bir oyda 300 dan ortiq dengiz yo‘nalishlari tashkil qilinadi va o‘rtacha 5—10 davlatlarga boradigan yo‘nalish ho‘yicha turistlarga sotiladi5.
Ilmiy turizm — olimlarning birgalikda konferensiya, festival, seminar va boshqa yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliy tadbiri. Boshqa davlatlarda ilmiy izlanish maqsadida guruhlar tuzilib, ular maxsus ilmiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir necha davlatlardan o‘tishi mumkin. Masalan, ma’lum bir qit’ada ilmiy tekshirish ishlari o‘tkazish maqsadida tuzilgan guruhlar turistik tashkilotlar tomonidan tashkil qilinib, ular bir necha davlatlarda ilmiy tekshiruv ishlarini o‘tkazishadi. Ular ijtimoiy izlanishlarni o‘tkazish, tarixiy-arxeologik joylarni qazish, o‘rganish maqsadida olib boriladigan yo‘nalishlarda qatnashishi mumkin. Olim­larning yig‘ilib konferensiya va anjuman o‘tkazish maqsadida tashkil qilinadigan turistik yo‘nalishlar ham ilmiy turizm deb aytiladi.
Kosmik turizm — turistlarni raketalar yordamida boshqa sayyora-larga olib borish va u erda to‘losha, ilmiy ish va dam olish jarayoni. er orbitasi atrofida aylanib, dam oldirib, to‘losha qildirib va qayta erga tushirish ham kosmik turizm deyiladi. Havoga raketalarning uchishi bilan insonning koinotga raketada borishi, kosmosda ma’lum vaqtgacha bo‘lishiga imkon beriladi.
«Nostalgiya» turizmi — oldingi hayotini qo‘msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilish. Oxirgi yillarda jahon bo‘ylab, davlatlar o‘rtasida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bunday sayyohlarning asosiy maqsadi o‘z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko‘rish va qayta ko‘rish, ular qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish maqsadida maxsus turlarni sotib olishyapti va bu turizm «o‘tmishini qo‘msash» yoki «o‘tmishga qiziqish» natijasida amalga oshirilyapti. Masalan, respublikamizda yashab ketgan rus, yahudiy, tatar, olmon va boshqa millatlar vakillari va ularning avlodlari qaytib kelib o‘zi, ota-bobosi, qarindoshlari yashab va ishlab ketgan joylarni ko‘rish maqsadida turmahsulotlarni maxsus yo‘nalishlarda respublikamiz bo‘yicha sotib olishmoqda.
Ov turizmi - maxsus tur bo‘lib, qonun bo‘yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov qilish yo‘nalishlari tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish, ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash xizmatlarini sotish jarayoni amalga oshiriladi. Ov turizmi mavsumiy bo‘lib, maxsus vaqtda ruxsat beriladi. Bu yo‘nalishlarda qatnashuvchilarning maxsus ruxsatnomasi bo‘lishi kerak. U juda samarali turizm turlariga kiradi.
Oilaviy turizm — rivojlangan davlatlarda turistlar o‘z oilalari bilan dam olish yoki sayohat qilish maqsadida turmahsulotlarni sotib olishadi va bu yo‘nalishlar ta’til vaqtida — bolalar o‘qimaydigan vaqtlarda ko‘p tashkil qilinadi. Ayrim turfirmalar oilaviy turizmning yangi turlarini topishyapti. Masalan, to‘ydan keyin bir necha davlatlarga sayr qilish, oilaviy to‘ylarni tashkil qilish, oilaviy davolanish kabi turmahsulotlarni sotishyapti. Oilaviy turlar asosan dam olish maqsadida tashkil qilinadi va arzon hisoblanadi.
Sport turizmi — turistik tashkilotlarning har xil xalqaro sport yig‘inlariga keladigan turistlarga xizmat ko‘rsatishi. Haqiqiy sportdan sport turizmi farq qiladi va sport dam olish bilan bog‘langan holda maxsus yo‘nalishlar tuziladi. Masalan, velosport, alpinizm, ot o‘yinlari kabi sport turizmiga talab yil sayin o‘sib boryapti. Kanada davlati faqat sport turizmidan, sport turmahsulotlarini boshqa davlatlarga sotishdan yiliga 5 milliard AQSh dollaridan ortiq daromad oladi. Sport turizmi, turizmning bir tur mahsuloti bo‘lib, velosiped, chang‘i, tog‘ chang‘i, avtomabil, motosikl, paraplan, deltaplan, suvda kemada suzish, olimpiadalarda qatnashish, golf va tennis o‘ynash maqsadlarida tashkil qilinadigan turistik mahsulotlar.
Tijorat turizmi — tovar sotib olish va undan ma’lum darajada foyda ko‘rish maqsadida turistlar boshqa davlatlarga borib kelishadi. Turfirmalar maxsus «Biznestur»lar tashkil qilib, ularga viza, kargo, mehmonxona, bank xizmatlarini, qabul qilish va kuzatib qo‘yish xizmatlarini sotishadi. Biznes turlar tovar konyunkturasiga bog‘liq bo‘lib, turistlar soni tez o‘zgarish xususiyatiga ega . Hozirgi vaqtda respublikamizda biznes turlar kamayib, davolanish, o‘qish kabi turlar ortib boryapti.
Tog‘ turizmi — tog‘lar bo‘ylab ot-ulovda, piyoda yurish va har xil tog‘ o‘yinlaridan foydalanish, tog‘ bag‘rida toza havoda dam olish, tog‘ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni turmahsulot sifatida sotish amalga oshiriladi. Tog‘ turizmi respublikamizda keng rivojlanish imkohiyatiga ega va ko‘pchilik aholi yozda tog‘ bag‘rida dam olib kelishadi.
O‘qish turizmi — boshqa davlatlar oliygohida o‘qishga, qisqa dasturlarda malaka oshirishga borish jarayoni. Biror millatning madaniyati, urf-odatini va musiqasi yoki tarixini o‘rganish maqsadida boshqa davlatlarga borish yo‘nalishi. Muzeylarga va konsert, kinolarni ko‘rish |maqsadida boshqa davlatlarga borish jarayoni ham o‘qish turizmiga kiradi. Rivojlangan davlatlarga turistlar til o‘rganish maqsadida, yangi ish tajribalarini o‘rganishda, yangi texnologiyani boshqarishni o‘rganish maqsadida borib kelishadi.
Chegara turizmi — qo‘shni davlatlar ichida keng rivojlanib, ayrim kishilar tijorat qilish maqsadida vaqtincha chegaradan o‘tishga ruxsat olishadi. Ayrim davlatlar o‘rtasida yozma ijozatsiz o‘tish masalalari hal qilinib, turistik firmalar yordamida o‘tishga ruxsat beriladi. Chegarada joylashgan qo‘shni davlatlar o‘rtasida turistlar almashinadi.
Etnik turizm — o‘z qarindosh-urug‘larini ular yashayotgan davlatlarga borib ko‘rish maqsadida turistik firmalar yordamida boshqa joylarga borish jarayonini ifodalaydi. Bu guruh turistlarga alohida yozma ijozat beriladi va uzoq muddatga mo‘ljallanadi.
Er yuzidagi ko‘plab davlatlarning aholisi turizm maqsadida xorijga chiqishga qodir emas. Asosiy sabab olinadigan maoshning kamligi yoki aholining kambag‘alligidir. So‘nggi yillarda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlariga hukumatimiz va xorijiy investorlar tomonidan turizm infratuzilmasi uchun mablag‘ ajratildi. Yirik mehmonxonalar qurildi, modernizatsiya qilindi, yangi zamon talabidagi avtobus va avialaynerlar sotib olindi. Yirik turistik markazlar, madaniy yodgorliklar ta’mirlandi, yo‘llar barpo etildi. Xususiy mehmonxonalar va milliy uylar bunyod etilib, mahalliy va xorijiy turistlar qabul qilinmoqda. Rekreatsion hududlar, masalan, Chorbog‘ — Chimyon hududiga respublika budjetidan katta mablag‘ ajratildi. Madaniy-tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Respublikamizda ichki turizmni rivojlantirish butun dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent kabi tarixiy shaharlarni rivojlantirish, aholining turizm va dam olish ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun turistik resurslardan maksimal tarzda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, boshqa iqtisodiy o‘lillar ham mavjud. Masalan, turistik xizmatlardan, ayniqsa, transport, mehmonxona, ovqatlantirish xizmatlari darajasi va narxi turistlarni qanoatlantirmaydi. Mahalliy turistlar uchun ham, xorijiy turistlar uchun ham bir xil narx belgilangan. Lekin, Nyu-York va Toshkent shaharlari aholisi yashash tarzi, daromadlari turlicha.
Hozirda qancha xorijiy fuqaroning respublikamizga kelganligi va chiqib ketganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Har bir tashkilot o‘zining statistikasini olib boradi. Tashqi ishlar vazirligi berilgan vizalar soni bilan, Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar soni bilan, bojxona qo‘mitasi iqtisodiy deklaratsiya to‘ldirgan fuqarolar soni bilan; Davlat chegaralarini muhofaza qilish qo‘mitasi aeroport, temir yo‘l vokzalining asosiy punktlarida keluvchilar va ketuvchilarni ro‘yxatlash bilan shug‘ullanadilar.



1 Ташмурадов Т. Создание национальной индустрии туризма. В жур: «Экономика и статистика», №5, 1994.

2 Ташмурадов Т. Международный туризм в XXI веке, Египет. Каирский Университет. 1996, 9 стр.



3 Методические рекомендации (Всемирной туристической организации). «Развитие национальных парков и охраняемых природных территорий в туристических целях». Туризм и окружающая среда ВТО, ЮНЕП. IE/РАС, Серия технических докладов, №13. - 61с.

4 Журавель В., Шебалина Н. Паломничество и международный туризм. Сборник докладов и тезисов сообщений научно-практической конференции. Туристические приоритеты «Золотого наследия Руси» северо-западное Подмосковье. (Актуальные проблемы туризма). - М.: 1999. - 234 с.

5 Ташмурадов Т. Что нужно знать бизнесмену (учебное пособие). Ташкент, РФНТИ, 1993.

Download 45.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling