8-mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashg‘uloti rejasi
Download 45.36 Kb.
|
8 mavzu
8-MAVZU: TURIZM SOHASINING TASNIFLANISHI VA TURLARI MA’RUZA MASHG‘ULOTI REJASI: 8.1. Turizm turlari tasniflanishi 8.2. Turizm turlari Tayanch so‘z va iboralar: kirish turizmi, chiqish turizmi, xalqaro turizm, tarixiy obidalar turizmi, arxeologik turizm, rekreatsion turizm, sog‘lo‘llashtiruvchi dam olish, diniy turizm, ekoturizm, gastronomiya turizmi, harakatlanish usuli, aviatransport, dengiz transporti, temir yo‘l transporti, aktiv va passiv turizm, turistik-rekreatsion klaster. 8.1. Turizm turlari tasniflanishi Turizm ta’rifini to‘laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo‘yicha quyidagi tasnif (klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi. Turizmni tasniflash (klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo‘lib, turistlarning davlat chegaralarini kesib o‘tishi hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif (klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir aniq mintaqa, manzil uchun ham qo‘llash mumkin. Ichki turizm – fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, o‘sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan qiziqishini qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valyutani olib kelmaydi. Shunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi. Bu turdagi turizmning rivojlanish shartlaridan biri turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur vositalarning mavjudligi hisoblanadi. Boshqa shartlar — ichki infratuzilmalar (mehmonxona, tarsport, mamlakat yo‘llari va boshqalar) ning tegishli rivojlanganligi darajasi bilan bog‘liqdir. Ichki turizm — turistlarning mamlakat ichidagi harakatlarining ko‘rsatkichi bo‘lib, ayrim davlatlarda rezident turistlarga chet ellardan kelgan turistlarni ham qo‘shishadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, davlat ichidagi barcha turistlar soni bilan ifodalanadi. Ichki turistlar davlat ichidagi turistlar soriini bildirib, davlat ichidagi ziyoratga boshqa davlatlardan kelib ziyorat qilgan rezident turistlarni qo‘shish mumkin. Bunday yo‘nalishlar har bir davlat ichida mavjud bo‘lib, davlat rezidentining davlat ichidagi sayohati davlatlardan kelgan turistlarning davlat ichidagi sayohatini tashkil etadi1. Chiqish turizmi – biror bir mamlakat (region) shaxsning o‘zi aholisi bo’lmagan mamlakat (region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan faol sifatida xarakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi. Rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg‘un holatda taraqqiy etadi. Ichki va qabul qilish turizmida balans muvozanat mavjud. Ichki turizm milliy turistik resurslardan unumli foydalanish va turizm industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi2. Ammo, amaliyotda hamma mamlakatlar ham bunga qodir emas. Albatta, iqtisodiyoti turizm bilan bog‘liq mamlakatlargina bunga amal qiladilar. Ayrim mamlakatlar ichki davlat tuzumi bahonasida fuqarolarining xorijga chiqishini chegaralab qo‘yishadi yoki turistik faoliyatni davlat tomonidan boshqarish uchun chora-tadbirlar kiritishadi. YA’ni, davlatning ruxsatisiz biror erga chiqish qiyinlashadi, turizmni boshqarish davlat qo‘liga o‘tadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra vengriyalik chaqaloq va pensionerlarni hisobga olmaganda har bir fuqaro yilda ikki marta xorijiy mamlakatlarga turizm maqsadida chiqadi. Bu ko‘rsatkich Rossiya aholisining faqat 2 % ni tashkil etadi. Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning rivojlanish yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi. Milliy turizm — har bir millat madaniyati, san’ati, urf-odatlari, to‘ylari, bayramlarini o‘tkazish tadbirlarini ko‘rsatuvchi maxsus yo‘nalishlar milliy turizm deyiladi. Milliy turmahsulotlar respublikamizda 5 mingdan ko‘p bo‘lib, ularni sotish jarayoni turizmdir. Milliy turistlar — Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko‘ra milliy turistlarga davlat ichida sayohat qilgan rezident turistlarga rezidentlarning boshqa davlatlarga ketgan qismini ham qo‘shib hisoblash tavsiya etilgan. Mahalliy turistlar — davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlar bo‘lib, turistik tashkilotlar jo‘natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o‘lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida muzeylar, tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi. Download 45.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling