1
8-Mavzu. «Turkiston legioni» masalasidagi eskicha va yangicha qarashlar.
Bu mavzuni tushuntirishda sovetlar davrida yozilgan O‘zbekiston tarixi darsliklari,
qo‘llanmalari va hatto tor doiradagi ziyolilar uchun mo‘ljallab chop etilgan ilmiy asarlar va
risolalarda ham «Turkiston legioni» haqida hech narsa yozilmagani alohida takidlanadi. Bunga
sabab «Turkiston legioni» haqida yozish Kommunistik firqa mafkurasi va sho‘rolar siyosatiga
to‘g‘ri kelmas edi. Xolbuki «Turkiston legioni» ham Vatanimiz tarixi ikkinchi jahon urushi
davrining ajralmas tarkibiy bir qismi ekanligi, shu bois yurtimiz, fuqarolari, xususan yosh avlod
O‘zbekiston tarixining ikkinchi jahon urushi davridagi to‘laqonlik tafsilotini, shu jumladan
«Turkiston legioni» haqida ham bor haqiqatni bilmog‘i va unga o‘zining shaxsiy munosabatini
bildirishlari kerakligiga urg‘u beriladi.
Mazkur masalani o‘rganishda «Sharq yulduzi» jurnalining 1992 yil 3-sonida,
«Muloqot»ning 1992 yil 3-4 sonlarida. «Munosabat» gazetasining 1990 yil 30 noyabr sonidagi
maqolalarda ilgari surilgan fikr-g‘oyalar bilan yaqindan tanishib chiqish talab etiladi. Ayniqsa
vatandoshimiz doktor Boymirza Hayitning «Vali Qayumxon ota Turkiston istiqloliuchun