(mualliflar-R.Shamsutdinov, Sh.Karimov) 2000 yili «Sharq» nashriyotida nashr etilgan
«O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekistonsovet mustamlakachiligi
davrida» kitobida, 2004 yili Andijonda nashr yuzini ko‘rgan Rustambek Shamsutdinov bilan
Shodi Karimovlarning «O‘zbekiston tarixidan materiallar» o‘quv qo‘llanmasida ozmi-
ko‘pmi darajada o‘z aksini topganligiga to‘xtab o‘tish maqsadga muvofiqdir.
«Turkiston legioni» tarixi zahmatkash xalqimizning ikkinchi jahon urushi yillaridagi
qismatidan saboq beruvchi alam va xasratlar bilan to‘la faoliyatining ajralmas bir bo‘lagi, uning
tarkibiy qismidir. Shu bois «Turkiston legioni», «Milliy Turkiston birlik qo‘mitasi» faoliyatiga
komfirqa, mustamlakachilar mafkurasi andozasi va o‘lchovlari asosida emas, balki mustaqil
O‘zbekiston, Turkiston xalqlarining milliy birligi g‘oyalaridan kelib chiqqan xolda baho berilishi
kerak.
Hali bu mavzu bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar, dramatik asarlar, romanlar yoziladi. Nomzodlik,
doktorlik dissertatsiyalar yoqlanadi. Bu mavzu o‘zbek tarixshunosligida bamisoli ochilmagan
qo‘riq yerdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |