8-mavzu: web-texnologiyalari asosida elektron o‘quv materiallarni yaratish texnologiyasi. Tayanch tushunchalar


Download 203.81 Kb.
bet7/14
Sana22.06.2023
Hajmi203.81 Kb.
#1646821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
8-mavzu

Tarmoqlanish tamoyili: har bir modul boshqa modullar bilan gipermatnli murojaatlar orqali shunday bog‘langan bo‘lishi kerakki, foydalanuvchi ixtiyoriy paytda bir moduldan boshqasiga o‘ta olish mumkin bo‘lsin. Tarmoqlanish tamoyili predmetni ketma-ket o‘rganishni amalga oshirishni rad qilmay, balki uni tavsiya qilingan o‘tishlarni mavjud deb hisoblaydi.

  • Erkin boshqarish tamoyili: talabalar kompyuter ekranidagi kadrlar almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur materiallarni istalgan miqdorda ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinash imkoniyatlariga ega bo‘lishlari kerak.

  • Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o‘quv jarayonida ma'lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslanishni ta'minlashi, o‘rganilayotgan materialning murakkabligini va chuqurligini, uning amaliy yo‘naltirilganligini o‘zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib qo‘shimcha illyustrativ materiallarni shakllantirish imkoniyatlarini ko‘zda tutishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  • Kompyuter qo‘llash tamoyili: o‘quv materiallarinmg mohiyatiga e'tibor qaratish maqsadida talaba istalgan vaqtda kompyuter qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunday qo‘llash kompyuter yordamida uzundan-uzun hisoblashlarni amalga oshirishda, turli grafiklar chizishda va olingan natijalarni istalgan bosqichda tekshirishda foydalidir.

  • Yigriluvchanlik tamoyili: elektron darslik (va boshqa o‘quv paket) lari umumiy elektron majmualarga yig‘ish (komponovka qilish), kengaytirish va yangi bo‘lim va mavzular bilan to‘ldirish, shuningdek, alohida predmetlar bo‘yicha elektron kutubxona (masalan, kafedra kompyuter sinflarida) yoki talaba, o‘qituvchi yoki tadqiqotchining (mutaxassislik va o‘qiyotgan kursiga mos ravishda) shaxsiy elektron kutubxonasini shakllantirish imkoniyatini beradigan formatda bajarilgan bo‘lishi kerak.

    Fanning elektron o‘quv-metodik majmuasi (keyingi o‘rinlarda EO‘MM)
    deganda, DTS va fan dasturida belgilangan talablar asosida talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kompetentlik darajasida rivojlantirishni, o‘quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta'minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron ko‘rinishdagi o‘quv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va
    materiallar, mezonlarini o‘z ichiga oladi.
    EO‘MM DTS asosida tuziladigan fan dasturiga muvofiq hamda shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya muhitidagi mustaqil ta'lim olish texnolologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi.

    EO‘MM o‘z ichiga majburiy va qo‘shimcha qismlarini qamrab oladi. Majburiy qism: me'yoriy hujjatlar; asosiy mazmunni belgilovchi; uslubiy va baholash kabi 4 ta


    EO‘MMning qo‘shimcha qismiga elektron xrestomatiya, elektron jurnallar, Internet saytlariga havolalar va h.k. kiritilishi mumkin.

    Download 203.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling