8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari


 Rivojlanayotgan mamlakatlar hududiy


Download 223.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.11.2023
Hajmi223.84 Kb.
#1759646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu

10.5. Rivojlanayotgan mamlakatlar hududiy 
integratsiyasining xususiyatlari (MERKOSUR) 
 
90-yillar o’rtalarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida integratsiya 
jarayonlari kuchayib bordi. 1991 yilda tuzilgan va 1995 yil 1 yanvardan 
kuchga kirgan Braziliya, Argentina, Paragvay va Urugvay o’rtasidagi 
shartnomaga asosan ushbu mamlakatlarni o’zaro yaqinlashtiruvchi yirik 
mintaqaviy savdo – iqtisodiy ittifoq MERKOSUR (Mercado Comun de Cono 


del Sur – MERCOSUR) yuzaga keldi (2006 yil iyuldan Venesuela ham 
a’zolikka qabul qilingan). Bunda deyarli 90% o’zaro savdo aloqalarida barcha 
chegaralovchi to’lovlar olib tashlandi hamda uchinchi mamlakatlar 
bilan munosabatlarda yagona bojxona tariflari o’rnatildi. MERKOSURning 
maqsadi mintaqada umumiy bozorni shakllantirish hisoblanadi. 
MERKOSUR integratsion jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi va 
boshqaruvchi muqarrar tizimga ega. Unga tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi 
umumiy bozor kengashi, umumiy bozor guruhi – ijrochi organ va unga 
bo’ysunuvchi 10ta texnik komissiya kiradi. MERKOSURning faoliyati unga 
kiruvchi mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishini barqarorlashtirishga, shu 
jumladan inflyatsiyani jilovlashga va ishlab chiqarishni rag’batlantirishga 
yordam beradi. Shu bilan birgalikda valyutani tartibga solish, soliqqa tortishni 
unifikatsiya qilish hamda mehnat qonunchiligida bir qator hal qilinmagan 
muammolar mavjud. 
MERKOSURning tashkil etilishi o’zaro savdoning birdaniga oshishiga 
hamda boshqa mintaqaviy savdo guruhlari bilan savdo-iqtisodiy xamkorlikning 
kengayishiga olib keldi. Shuningdek, o’zaro investitsion faollik ham sezilarli 
darajada oshdi va bunining natijasida xorijiy investitsiyalar oqimi jadallashib 
bordi. MERKOSURning ijobiy faoliyati mintaqadagi siyosiy barqarorlikka 
sezilarli ta’sirida namoyon bo’ldi. 
G’arbiy Evropa integratsiyasidan farqli ravishda Janubiy Amerika 
birlashmasi turli xil davlatlar o’zining darajasi bo’yicha nafaqat yagona 
tashkilotda birga bo’lishi, balki samarali hamkorlik qilardi. Buning uchun 
birlashmaning barcha bosqichlariga astoydil tayyorgarlik, uning faoliyatini 
yuqori malakali boshqaruvi, shuningdek bu jarayonda har bir mamlakatning o’z 
o’rnini topishi hamda ziddiyatlarni yumshatish uchun yuksak mahorat talab 
qilinardi. 

Download 223.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling