8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari


G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining


Download 223.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.11.2023
Hajmi223.84 Kb.
#1759646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu

3. G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining 
rivojlanish bosqichlari 
G’arbiy Evropa iqtisodiy integratsiyasi rivojlanish jarayonini shartli 
ravishda to’rt bosqichga bo’lish mumkin. 
1951 yil aprel oyida tarkibiga oltita davlat kiruvchi Evropa ko’mir va 
po’lat birlashmasi tashkil topdi. 1957 yilda shu davlatlar Evropa iqtisodiy 
hamjamiyati va atom energetikasi bo’yicha Evropa hamjamiyati tuzish 
to’g’risida shartnomaga qo’l qo’ydilar. Hamjamiyat tarkibiga iqtisodiy 
jihatdan yuqori darajada rivojlangan davlatlar kirdi. 
Evropa ittifoqining tashkil topish va rivojlanish tarixi 1951 yillardan 
boshlanadi. 1951 yil aprel oyida tarkibiga 6 davlat kiruvchi Evropa ko’mir va 
po’lat birlashmasi tashkil topdi. 1957 yilda shu davlatlar Evropa iqtisodiy 
hamjamiyati va atom energetikasi bo’yicha Evropa hamjamiyati tuzish 
to’g’risida shartnomaga qo’l qo’ydilar. Hamjamiyat tarkibiga iqtisodiy 
jihatdan yuqori darajada rivojlangan davlatlar kirdi. 
Birinchi bosqich 50-yillar oxiridan 70-yillar o’rtalarigacha davom 
etdi. Bu davr Evropa iqtisodiy integratsiyasi uchun “oltin asr”bo’ldi. 
Evropa iqtisodiy hamjamiyatini yoki “Umumiy bozor”ni tashkil 
etishning aniq maqsadlari quyidagilardan iborat edi: 


– a’zo mamlakatlar o’rtasidagi savdodagi barcha cheklovlarni asta-
sekinlik bilan bartaraf etish; 
– uchinchi mamlakatlar bilan savdoga umumiy boj tariflarini o’rnatish; 
– “Insonlar, kapital, xizmatlar”ning erkin harakati uchun to’siqlarni 
tugatish; 
– Qishloq xo’jaligi va transport sohasida umumiy siyosatni ishlab 
chiqish va o’tkazish; 
– Valyuta ittifoqini tuzish; 
– Soliq siyosatini birxillashtirish; 
– Qonunchilikni bir-biriga moslashtirish; 
– Iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish. 
Ushbu yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun boshqaruv 
tuzilmasi tashkil etildi: bular, EIH vazirlar kengashi, Evropa hamjamiyati 
komissiyasi, Evropa sudi hamda Evropa parlamentidan iborat. 
EIH a’zo-mamlakatlarning mahsulotlari, kapitallar, ishchi kuchi va 
xizmatlarining umumiy bozorini tashkil etish masalasini hal qilishni o’z oldiga 
birinchi galdagi maqsad qilib qo’ydi. Buning uchun esa Bojxona ittifoqi tashkil 
qilindi. Ushbu Bojxon ittifoqi EIH asosida turadi. Bojxona ittifoqi doirasida 
quyidagilar amalga oshirildi: 
– a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi savdo aloqalaridagi cheklovlar bartaraf 
etildi; 
– uchinchi mamlakatlar bilan munosabatlar bo’yicha yagona bojxona 
tarifi o’rnatildi; 
– kapitallar, kreditlar, pul o’tkazmalari hamda xizmatlarning erkin 
xarakatiga erishildi; 
– ishchi kuchi migratsiyasining erkinligi ta’minlandi. 
Yuqoridagi barcha choralar sanoat integratsiyasining jadallashishiga 
imkon tug’dirdi. 
Ikkinchi bosqich (70-yillar o’rtalaridan 80-yillar o’rtalarigacha) EI 
tarixida turg’un davr bo’lib hisoblanadi. Shunday bo’lsada bu davrda EIga 
a’zo-mamlakatlar Evropa valyuta hamkorligi dasturini qabul qilishga, tashqi 
siyosiy maslahatlar mexanizmini tashkil etishga muvaffaq bo’ldilar lekin ba’zi 
salbiy tendentsiyalarning yuzaga kelishi oqibatida g’arbiy Evropa iqtisodiy 
integratsiyasini, “evroskleroz” nomini olgan jiddiy inqirozga uchrashiga olib 
keldi. 70 yillarning oxiri va 80 yillarning boshlarida EI mamlakatlari o’rtasida 
rivojlanish darajasining buzilishi kuchaydi. 1981 yilda Gretsiyaning EIga 
kirishi bilan bu tendentsiya yanada yaqqol namoyon bo’ldi, uning iqtisodiyoti 
boshqa ittifoq a’zolari bilan solishtirish bo’yicha ancha past darajada edi. 
Uchinchi bosqich (80 – yillarning ikkinchi yarmidan 90-yillar boshlariga 
qadar) 
– Ittifoq tarkibini kelajakda kengaytirish bosqichi. 1986 yilda Ispaniya va 
Portugaliyaning qo’shilishi oldindan davom etayotgan davlatlar o’rtasidagi 
nomutanosiblikni kuchayishiga olib keldi. EIHga kirish vaqtida Portugaliyada 
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadi taxminan EIH bo’yicha 3/2ni, 
Ispaniyada esa 3/4 atrofida bo’lgan. Yangi a’zo – mamlakatlarda taxminan 


beshtadan bir kishi qishloq xo’jaligida ishlagan, bu paytda EIHda o’n uchtadan 
biriga to’g’ri kelgan. Shu bilan birgalikda bu davr G’arbiy Evropa 
integratsiyasi rivojlanishida Yagona 
Evropa Aktining (YaEA) qabul 
qilinganligi ifoda etadi. EIH rivojlanishida 1987 yilda qabul qilingan YaEA 
muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu akt umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa 
aylantirish yo’nalishlarini belgilab berdi. Ya’ni savdo yo’lidagi barcha 
to’siqlarni olib tashlash, a’zo-mamlakatlarda ichki chegaralarni ochish, tovar 
ayirboshlashni jallashtirish, yagona valyuta tizimini joriy etish va barcha 
fuqarolarning huquqlari tengligi hamda ijtimoiy kafolatlanish tadbirlarini 
amalga oshirishdan iborat edi. 
To’rtinchi bosqich (90-yillar o’rtalaridan XXI asr boshlariga qadar). 
Yagona Evropa Akti qoidalariga muvofiq 1993 yil 1 yanvardan Ittifoq 
chegaralari ichida mahsulotlarning erkin harakatlanishi kiritildi. Bunga 
muvofiq hamjamiyatning o’n ikki davlat rahbarlaridan iborat a’zosi odamlar, 
tovarlar, kapital va axborotlarning erkin haraktlanishi uchun ishtirokchi-
mamlakatlar o’rtasidagi chegaralarni ochish to’g’risida Shengen bitimini 
imzoladilar. Haqiqatda Ittifoq doirasida yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. 
1992 yilda EI to’g’risida Maastrix shartnomasi imzolanib, ushbu hujjatga 
ko’ra quyidagilar ta’sis etildi: 
– Yagona Evropa fuqaroligi. 
– Siyosiy ittifoqligi. 
– Iqtisodiy va valyuta ittifoqi. 
Evropa ittifoqi faoliyati davomida a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, 
madaniy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini qo’llab quvvatlashni o’z oldiga eng 
muhim maqsadlardan biri sifatida qo’ygan. 

Download 223.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling