8-mavzu: xarakter, qobiliyat va xarakat inson faoliyatining birligi sifatida. Xarakter haqida tushuncha


Download 33.77 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2023
Hajmi33.77 Kb.
#1344698
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu psixalogiya

Xarakterning shakllanishi
Organizmning nasliy xususiyatlari harakter xususiyatlarining paydo bo‘lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. Masalan, egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o‘xshasalar ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi.
Kishining xarakteri tug‘ma, doimiy va o‘zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo‘y yoki yolg‘onchi, qo‘rqoq yoki jasur bo‘lib tug‘ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o‘z-o‘zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog‘liqdir.
Xarakterning shakllanishiga hayotiy ta’lim olish natijasi sifatida qaralsa, u insonning btun hayoti davomida o‘zgarib, rivojlanib boriishini ko‘rish mumkin. Xarakterning shakllanishi insonning fikrlari, hislari va ehtiyojlari bilan bevosita bo-liq ravishda kechadi. Ayniqsa, insonning turmush tarzi, jamiyatdagi sharoitlar va konkret hayotiy vaziyatlar harakterning shakllanishiga kata ta’sir ko‘rsatadi.
Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog‘liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi.
Kishining butun hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta'sir ko‘rsatadi. Xarakterning shakllanishida o‘ziga xos bo‘lgan turli guruhlar ham ta’sir ko‘rsatadi (oila, do‘stlar davrasi, sinf, sportdagi jamoa, mehnat jamoasi va h.k.). Shaxs uchun qaysi guruh referent ekanligiga qarab va bu guruh qanday qadriyatlarga amal qilishiga qarab shaxsda xarakterning muvofiq (mos keluvchi) sifatlari yuzaga keladi4.
Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota-onasiga, yaqin kishilariga va kattalarga o‘xshashlikka xarakat qiladi. Ular kattalarning yurish-turishlari, dasturxon atrofida o‘zini tutishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklar va jonivorlarga munosabatlarini ko‘zatadilar. Ota-onalar va o‘qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o‘zlariga ham e'tibor bilan qarashlari, o‘zlarida ijobiy harakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.
Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalab yetkazmoq uchun ota-onalar va tarbiyachilarning o‘zlari bunday sifatlarga ega bo‘lishlari lozim. Xarakterning o‘sishida tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashning roli katta. o‘sib kelayotgan yosh avlodning harakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta ma'suliyatli vazifa ota-onalar, o‘qituvchilar va bolalar bog‘chasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Harakterni tarbiyalashda pedagog bolaning temperamenti ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim. Harakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o‘stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo‘qotishdan va bu salbiy tomonlarni harakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yo‘qotish, ijobiy tomonlarini tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining o‘z temperamentini o‘zi idora qilishiga o‘rgatishi lozim. o‘z temperamentini idora qila bilish harakterning ijobiy xislatidir.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tarzda hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya'ni muayyan oilada, maktabda, sexda va hokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Har bir o‘qituvchi va tarbiyachi bola harakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta'sir qilib, ijobiy natijalarga erishishi mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy xislatlari bolalar bog‘chasida o‘yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To‘g‘ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o‘quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom-sarishtalik, o‘z-o‘zini tuta bilish, o‘zini idora qilish, o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lish kabi harakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada bir-bir bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o‘zining harakter xususiyatlarini bilib oladi. Harakterni bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o‘z xarakterini o‘zi tarbiyalash, jumladan, o‘z xarakterini qaytadan tarbiyalashni yo‘lga soladi.
Har bir kishi ma'lum yoshdan boshlab o‘z harakteri va uning sifatlari uchun o‘zi javobgardir. o‘z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko‘zda tutmog‘i lozim. o‘z kamchiliklariga iqror bo‘lish kamchiliklarini yo‘qotishga boshlaydi.
Bolaning xarakteri shakllanishi va rivojlanishida uning atrofdagi odamlar bilan muloqoti muhim rol o‘ynaydi. O‘z xulqi va xarakatlarida bola o‘z yaqinlariga taqlid qiladi. Taqlid qilish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirganlarini emotsional mustahkamlash natijasida bola kattalarning xulq shakllarini o‘zlashtiradi.
Bola xarakterida eng jadal shakllanish davri bu uning 2-3 yoshidan to 9-10 yoshigacha bo‘lgan davrdir. Bu davrda bolalar atrofidagi kattalar va tengdoshlari bilan eng ko‘p va faol muloqot qiladilar. Bu davrda u atrofdagi ta’sirlarni qabul qilish uchun mutloqo tayyor bo‘ladi va hammaga taqlid qilib ularning harakatlarini bevosita qabul qiladi. Kattalar bu davrda bolaning chegarasiz ishonchidan foydadalanib, unga so‘zlar, xarakatlar va qiliqlari orqali ta’sir ko‘rsatadilar va bolada xulqning ma’lum bir shakli shakllanishi uchun imkon yaratadilar.
Bolalar xarakterining shakllanishida kattalarning bir-birlari bilan o‘rnatadigan muloqot shakllari, shuningdek kattalarning bolaga murojaat qilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu birinchi navbatda, ota-onalarning, ayniqsa onaning bola bilan qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq.
Insonda dastlab paydo bo‘ladigan xarakter sifatlari - insonlarga nisbatan mehribonlik, muloqotchanlik, hamdardlik kabi ijobiy xislatlar va bag‘ritoshlik, befarqlik kabi salbiy xususiyatlardir. Shunday ma’lumotlar mavjudki, harakter xususiyatlarining shakllanishi bolaning maktabgacha yosh davrida va hatto hayotining dastlabki oylarida ro‘y berishi mumkin va bu sifatlarning shakllanishi bevosita onaning unga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq ekan.
Xarakter xususiyatlarining mehnatga nisbatan namoyon bo‘ladigan mehnatsevarlik, tartiblilik, vijdonlilik, javobgarlilik, qat’iylik, tirishqolik kabi sifatlari esa birmuncha kechroq – erta bolalik va maktabgacha yosh davrida yuzagakeladi. Bu sifatlar bolalarning o‘yin jarayonida va uy ishlari bilan shug‘ullanishlari jarayonida shakllanadi va mustahkamlanadi..
Kichik maktab yosh davrida harakterning odamlarga bo‘lgan munosabatdagi xususiyalari shakllanadi. Bunda bolaning atrofidagi o‘qituvchilari va sinfdosh o‘rtoqlari bilan muloqotning ko‘pligi muhim rol o‘ynaydi. Agar bolada harakter xususiyati uy sharoitida o‘zlashtirilsa va maktabda bu mustahkamlansa, bunday harakter xususiyatlari uning keyingi hayoti va butun umri davomida saqlanib qoladi. Agar uyda egallangan harakter xususiyatlari o‘qituvchi va o‘rtoqlari tomonidan ma’qullanmasa, u holda harakterning asta-sekinlik bilan o‘zgarishi boshlanadi, lekin bu hol tashqi namoyon bo‘luvchi nizolar va noroziliklar bilan birgalikda kechadi. Harakterning bunday qayta qurilishi har doim ham ijobiy natajaga olib kelavermaydi.
O‘smirlik davrida xarakterning irodaviy sifatlari faol rivojlanadi va mustahkamlanadi, ilk o‘spirinlik davrida esa shaxsning axloqiy va ma’naviy xarakter xususiyatlari rivojlanadi..
Alohida ta’kidlash lozim, xarakter qotib qolgan va o‘zgarmas sifat emas, u taqdir yozig‘i ham emas. xarakter inson hayoti davomida shakllanadi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi. Garchi u hayot yo‘lidagi ob’ektiv sharoitlarga bog‘liq holda shakllansada, aynan shu hayotiy vaziyatlarning o‘zi inson xaraterini o‘zgartiruvchi asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun o‘qish faoliyatini tugaganidan so‘ng ham inson xarakteri shakllanishda va o‘zgarishda davom etadi. Bu davrda inson o‘z harakterining yaratuvchisiga aylanadi. Bu jarayon psixologiyada o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi.
O‘zining harakterini qayta tarbiyalash jarayoni shaxsning o‘ziga tanqidiy nazar tashlashi, o‘zining kamchiliklarini ko‘ra olishi va ortiqcha qusurlardan holi bo‘lishiga imkon beradigan jarayondir. Bu esa uning o‘z ustida ishlashini - qaysi harakter xususiyatlaridan qutulib, qaysilarini rivojlantirishi lozimligini aniqlashni talab etadi. Harakterni tarbiyalashda kattalarning yordami nihoyatda muhimdir, shuning uchun ko‘pchilik odamlar o‘ziga yaxshi ustoz, maslahatgo‘y topishga harakat qiladilar. Sharq xalqlarida shunday gap bor «Agar o‘rganuvchi bo‘lsa, o‘rgatuvchi albatta topiladi». Bu fikrda chuqur ma’no bor. Hech bir o‘qituvchi yoki o‘rgatuvchi o‘rganishni istamagan odamga hech qachon va hech narsani o‘rgata olmaydi. Kimda-kim o‘qishni, o‘rganishni istasa, u hamisha o‘ziga o‘rgatuvchini topa oladi. Taqlid qilish yoki o‘rganish uchun tanlangan odam albatta bor bo‘lishi shart emas, boshqalardan ajralib turuvchi ma’lum bir ijobiy harakter sifatlarga ega bo‘lgan kino yoki asar qahramonlari ham (masalan, urush qahramoni, ilg‘or mehnatkash, bilimdon olim kabilar) bu borada taqlid ob’ekti bo‘la olishi mumkin.
Bundan tashqari shaxs xarakterining shakllanishida jamoatchilik ishlari ham rol o‘ynashi mumkin. Chunki bu jarayonda insonda jamoa oldidagi javobgarlikni his qilish, tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kabi qobiliyatlar va maburiyat hissi rivojlanadi. Harakter shakllanishida mehnatning roli alohida ahamiyatga ega. Mehnat faoliyati davomida o‘z oldiga ulkan vazifalar qo‘yadigan, ularni amalga oshirish uchun qat’iyat bilan harakat qiladigan, bu yo‘lda vujudga kelgan to‘siqlarni bartaraf etadigan va yengib o‘tadigan, bajariladigan ishlarni doimo nazoratda ushlaydigan kishilarda kuchli harakter shakllangan dey aytish mumkin. Demak, harakter ham shaxsning boshqa sifatlari kabi faoliyat jarayonida shakllanadi deb bemalol aytish mumkin5.

Download 33.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling