8-modul. Ekonometrik modellarni baholash
8.1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikasiya bosqichining ahamiyati.
8.2. Ekonometrik modellar sifati va ahamiyatini mezonlar bo’yicha baholash.
8.3. Gomoskedatlik va geteroskedatlikni aniqlash uchun testlar.
8.4. Ekonometrik modellardagi parametrlarni iqtisodiy jihatdan baholash mezonlari
Tayanch iboralar: verifikasiya bosqichi, Fisher mezoni, Styudent mezoni, Darbin-Uotson mezoni, gomoskedatlik va geteroskedatlik
8.1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikasiya bosqichining ahamiyati
Ekonometrik modellashning uchinchi bosqichi –verifikasiya qilish.
Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko’plikdagi korrelyasiya koeffisiyenti va determinasiya koeffisiyenti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimasiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Engkichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlaritekshiriladi.
Tahlil qilinayotgan qatorlar dinamikasi har doim anchagina uzunroq qatorlarning tanlamasi hisoblanadi. Shuning uchun korrelyasion-regerssion tahlil asosida olingan ekonometrik modellarning ishonchliligini har tomonlama tekshirish va baholash lozim.
Tuzilgan ekonometrik ahamiyatliligi, ishonchliligi va keyinchalik bashoratlashda qo’llash mumkinligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ekonometrik modellarni ahamiyatini Fisher mezoni va approksimasiya xatoligi yordamida baholash.
Ekonometrik modellar sifatini ko’p omilli korrelyasiya koeffisiyenti va determinasiya koeffisiyenti yordamida baholash.
Ekonometrik model parametrlarini Styudent mezoni yordamida baholash
Qatorlarda qoldiq avtokorrelyasiyani Darbin-Uotson mezoni bo’yicha baholash
Tahlil qilinayotgan qatorlar dinamikasi har doim anchagina uzunroq qatorlarning tanlamasi hisoblanadi. Shuning uchun korrelyasion-regerssion tahlil asosida olingan ekonometrik modellarning ishonchliligini har tomonlama tekshirish va baholash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |