8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Uyqu va uning ahamiyati haqida ma'lumot bering


Download 0.57 Mb.
bet5/37
Sana26.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1296957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

Uyqu va uning ahamiyati haqida ma'lumot bering.

Ishlab charchagan odam kuch to‘plashi, normal hayot faoliyatini davom ettirishi uchun uxlab dam olishi lozim. Odam hayotining uchdan bir qismi uyquda o'tadi. Uyqusizlik og‘ir psixik kasallikka olib keladi. Tajribada it ovqatsiz 20-25 kun, uyqusiz 10-12 kun yashagan.
3. Bir dona tuxumda 12.5 gr oqsil, 12.1 gr yog’ va 0.55 gr uglevod bo’lsa, bir dona tuxumda necha kkal energiya abo’ladi? 17 kkal
6–bilet
1. Katta va kichik qоn aylanish dоirasining mоhiyati nimadan iborat?
Qon organizmda qon to- mirlarida ikkita tutash sistema - katta va kichik qon aylanish doirasi bo1 у lab aylanadi (35-rasm). Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasi va undan chiqadigan aortadan boshlanadi (36-rasm). Aorta arteriyalarga, ular esa kapillarlarga ajraladi. Kapil- larlardagi qondan hujayralarga kislorod va oziq moddalar, hujayralardan qonga esa karbonat angidrid va alraashinuv mahsulotlari o‘tadi. Kapillarlar birlashib, oldingi va keyingi kovak venalami hosil qiladi. Ikkala kovak vena ham yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonni orqaga qaytishga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababdan qon yurak tomonga oqadi.
2. Xotira va uning turlari haqida tushintirib bering?
Odam ko‘rgan narsalarining qiyofasini, eshitgan yoki guvohi bo'lgan voqea va hodisalarni ma’lum vaqt davomida eslab qoladi. Odam eslab qolish tufayli o'rganadi.Odamning nimani eslab qolishiga ko'ra xotira 4 xilga bo'linadi.Harakat xotirasi turli harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish, raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni o'rganib olishdan iborat. Harakat xotirasi bosh miya yarimsharlari po'stlog'ining tepa qismi bilan bog'liq.Obrazli xotira odamlar qiyofasi, tabiat ko'rinishlari, musiqa ohangi va nar- salar hidini eslab qolishga yordam beradi. Obrazli xotira artistlar, musawirlar, yozuvchilar, bastakorlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Obrazli xotira bosh miya yarimsharlari chakka va ensa qismlaridagi eshitish va ko'rish markazlarida qoladigan izlar bilan bog'liq.Emotsional (hissiyotli) xotira odamning o‘z boshidan o'tkazgan his-tuyg‘ularini esda saqlab qolishdan iborat. Emotsional xotira hamma odamda rivojlangan bo'ladi. Bunday xotira hissiy qo'zg'alishda ajralib chiqadigan gormonlar bilan bog'liq. Emotsional xotira tufayli boshqa odamning boshidan o'tganlarini his etib, unga hamdard bo'lamiz.Og'zaki xotira o'qilgan va eshitilgan so'zlarni esda saqlab qolishdan iborat. Xotiraning barcha turlari o'zaro bog'liq. Odatda, har qanday axborot bir necha xotira ishtirokida chuqurroq eslab qolinadi.




  1. Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling