8-sinf adabiyot I chorak


Download 159 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi159 Kb.
#254431
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf adabiyot 1-2-3-4 ЧОРАК 25 ТА ТЕСТ


8-sinf adabiyot

I chorak

1. XX asr boshlariga kelib baxshlarimiz ijodiy bisotida qancha xalq dostonlari mavjud bo’lgan?

A. 200dan ortiq C. 150 dan ortiq B. 100 ga yaqin D. 300ga yaqin

2. “Alpomish” dostonining 1000 yilligi jahon miqyosida keng nishonlangan sanani aniqlang.

A. 2000-yil C. 2001-yil B. 1999-yil D. 1998-yil

3. “Kuntug’mish” dostonidagi Kuntug’mishning yurti to’gri berilgan qatorni aniqlang.

A. Zangar C. No’g’ay B. Chambil D. Qalmoq

4. Qoraxon posho o’g’li Kuntug’mishni Zangar shahriga kuzatar ekan musofirchilikda kishining kuniga nima yoki kim yaraydi deydi?

A. Zo’r yoki zar C. Qarindosh yoki karvon

B. Do’st yoki tuya D. Do’st yo hunar

5. Bazzozlar kimlar?

A Pul almashtiruvchilar C. Shirinlik sotuvchilar

B. Gazlama sotuvchilar D. Nard o’ynovchilar

6. “Kuntug’mish” dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko’radilar?

A. Xolmo’min yasovulboshinikida C. Olim sayyodning uyida

B. Buvraxon podshonikida D. Kampirning uyida

7. “Haqiqat izlagan senga osildi,

Assalomu alaykum, dorning og’ochi”, - degan nola kimga tegishli?

A. Barchin C. Xolbeka B. Kuntug’mish D. Alpomish

8. “Kuntug’mish” dostonida Azbarxo’ja bir kosa suv va bir non evaziga Kuntug’mishga qanday shart qo’yadi?

A. Ajdarhoni o’ldirish C. Farzandlaridan birini berish

B. Unga qul bo’lish D. Yorini berish

9. Kuntug’mishning daryoga cho’kkan bolasini kim qutqarib qolgan edi?

A. Cho’pon ota C. Mo’lton B. Kuntug’mishning o’zi D. Olim

10. Kuntug’mishning o’g’illariga kim ism qo’ygan?

A. Gurkiboyga baliqchi, Mohiboyga cho’ponlar

B. Mohiboyga baliqchi, Gurkiboyga cho’ponlar

C. Kuntug’mishning o’zi

D. Xolbekaning maslahati bilan Buvraxon

11. “Kuntug’mish” dostonida Gurkiboy va Mohiboy Azbarxo’jani qanday qilib o’ldirilishadi?

A. Dorga osib C. Tilini kesib B. Kallasini uzib D. Suvga cho’ktirib

12. Kuntug’mish kimni Zangarga podsho qiladi?

A. Mohiboyni C. Gurkiboyni

B. To’g’ri javob yo’q D. Xolmo’minni


13. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan qaysi vaznda yozilgan?

A. Ramali musaddasi solim C. Rajazi musaddasi solim

B. Mutaqoribi musammani mahzuf D. Hazaji musammani mahzuf

14. “Qutadg’u bilig” dostonining hajmi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A. 4 ming 609 bayt C. 6 ming 204 bayt

B. 5 ming 409 bayt D. 6 ming 409 bayt

15. Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azaliga kim o’xshatma yozadi?

A. Nodira C. A. Navoiy B. Uvaysiy D. Z.M. Bobur

16. “Qutadg’u bilig” asarida O’zg’urmish nimaning ramzi?

A. Aql C. Qanoat B. Davlat D. Adolat

17. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida adolat ramzi kim edi?

A. Oyto’ldi C. Kuntug’di B. O’zg’urmish D. O’g’dulmish

18. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida baxt va davlat ramzi bo’lgan qahramonni aniqlang.

A. Kuntug’di C. dostonda bunday ramz mavjud emas

B. Oyto’ldi D. O’zgurmish

19. “Qutadg’u bilig”da “Beklikka loyiq bek qanday bo’lishini aytadi” qismi asarning nechanchi bobi bo’lib kelgan?

A. 30-bobi C. 32-bobi B. 31-bobi D. 33-bobi

20. “Qutadg’u bilig” dostonida “Agar arslon itlarga bosh bo’lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo’lib qolishi mumkin” degan fikrni kim aytgan?

A. Kuntug’di C. O’gdulmish B. Oyto’ldi D. O’zg’urmish

21. Zamonasining ahli adabi va fuzalosi uni “malik ul-kalom”, ya’ni “so’z podshosi” deb e’zozlagan. Gap qaysi adib haqida bormoqda?

A. A. Navoiy C. Jomiy B. Lutfiy D. Nizomiy

22. Lutfiy “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu” matla’li g’azalida boshdan oyoq qaysi badiiy san’atdan mahorat bilan foydalanilgan?

A. Irsoli masal C. Tajnis B. Tazod D. Tarse’

23. Mumtoz she’riyatda ko’p uchraydigan “siym” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A. Oltin B. Qimmatbaho tosh C. Kumush

D. Jannatda uchraydigan nur sochib turuvchi yashil tusli tosh

24. “Raftor ila bir yo’li muningdek dog’i o’xshash,

Ey sarvi sihi, kabki dariyg’a ne bo’lursan?” Ushbu baytda qo’llangan “kabki dariy” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A. Tog’ kakligi C. Yetti olam sohibi

B. Tongdagi shabnam D. Suv parisi

25. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’ayadiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi?

A. Navoiy C. Ogahiy

B. Bobur D. Lutfiy


Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling