8-sinf adabiyot I chorak
Download 159 Kb.
|
8-sinf adabiyot 1-2-3-4 ЧОРАК 25 ТА ТЕСТ
IV chorak
1. “Guruch kurmaksiz bo’lmaganidek, yov kelganda o’zini chetga olgan, joni shirinlik qilib sha’nidan kechgan, hatto do’stlarini sotgan kimsalar haqida” Muhammad Yusuf o’zining qaysi she’rida so’z yuritadi? A. “Osmonimga olib ketaman” B. “Osmonning oxiri” C. “Iqror” D. “Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor…” 2. Ozarbayjon shoiri Samad Vurg’un “Yiqilsin mehvari olam va tubdan tor-mor o’lsin” misralariga hamohang bo’lgan M. Yusufga tegishli misralarni aniqlang. A. Men olovga otarman endi Yuragimni qiyma-qiymalab B. Yonib ketsin chirsillab qalbim, Sevish kerak…yashash shart emas C. Qoldim kulko’rpada, To’shagim tuproq. D. barcha javoblar to’g’ri 3. “Qora quyosh”, “Osmonning oxiri” dostonlari muallifi kim? A. To’ra Sulaymon C. Muhammad Yusuf B. Sergey Yesenin D. Usmon Nosir 4. Ijodining eng gullagan 47 yoshida dunyodan ko’z yumgan shoir kim? A. Bobur C. Muhammad Yusuf B. Shavkat Rahmon D. A,B,C 5. “Nur va soyalar” hikoyasida Giribalaning otasi kim? A. Shoshibushon C. Zamindor B. Horkumar D. R. Tagor 6. M.Yusufning “Biz baxtli bo’lamiz” she’rida “Tundan so’z qarz olib, tongga tutguvchi” misralarida kimning holati tasvirlangan? A. Oshiq shoirning C. Do’stning B. Onaning D. A va B javoblar to’g’ri 7. Hindiston Respublikasining milliy madhiyasi qanday nomlangan? A. “Mening oltin Bengaliyim” C. “Gitanjali” B. “Xalq qalbi” D. “Ko’zga tushgan cho’p” 8. Sergey Yeseninning “Ona ibodati” she’ri qanday mavzuda yozilgan? A. Oila B. Mehnat C. Dostlik D. Vatan 9. “Endi qaytmam uyimga”, “Singlimga xat” she’rlari muallifi kim? A. Pushkin C. S. Yesenin B. M. Yusuf D. A.Oripov 10. Sergey Eseninning “Singlimga xat” she’ri ta’sirida qaysi o’zbek adibi “Opamga xat” she’rini yozgan? A. G’. G’ulom C. To’ra Sulaymon B. Usmon Azim D. Hamza 11. Fitratning “O’gut” she’rida kimlar millat dardiga najot sifatida tilga olingan? A. Ziyolilar B. Shoirlar C. Yigitlar D. Xalq 12. M. Yusufning qaysi asari lirik qahramoni umrini ko’ngliga topshirib qo’ygan? A. “Erka kiyik” B. “Madinaga” C. “Qora quyosh” D. “Surat” 13. Hamza nima uchun o’z taxallusiga “Hakimzoda” nomini qo’shgan? A. Otasi tabib bo’lgani uchun B. Bobosi mashhur tabib bo’lgani uchun C. Otasining ismi Hakim bo’lgani uchun D. Do’sti maslahat bergani uchun 14. “Ko’zimning yoshini keladi ichgim, Tilimni chaynagim kelar gohida”. Misralar muallifini aniqlang. A. M. Yusuf B. T. Sulaymon C. R. Parfi D. A. Oripov 15. “Ko’zga tushgan cho’p”, “Halokat” asarlarining muallifini toping. A. M. Yusuf C. R. Thokur B. T. Sulaymon D. A. Oripov 16. “Nur va soyalar” hikoyasining bosh qahramoni kim? A. Shoshibushon C. Zamindor B. Horkumar D. R. Thokur 17. S. Yesenin qaysi she’rida o’zini mantiqan Pushkin va Lermontovga qiyoslaydi? A. “Xurosonda bir darboza bor...” B. “Singlimga xat” C. “Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan” D. “Onamga xat” 18. Qaysi shoir o’z sevgilisini “Kipriklari uzun kokillaridan” deya ta’riflaydi? A. T. Sulaymon C. R. Thokur B. M. Yusuf D. A. Oripov 19. S. Yeseninning she’rlarini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan? A. T. Sulaymon C. Cho’lpon B. M. Yusuf D. E. Vohidov 20. S. Yesenin “Ona ibodati” she’rida ona va o’gil munosabati orqali qaysi mavzuni yoritgan? A. Iltijo mavzusi C. Hijron mavzusi B. Oila mavzusi D. Vatan mavzusi 21. M. Yusuf 1998-yilda qanday unvon bilan mukofotlandi? A. “O’zbekiston Qahramoni” C. “O’zbekiston xalq shoiri” B. “O’zbekiston xalq yozuvchisi” D. “Mehnat shuhrati” 22. “Shifoyi vasl qadrin, hajr ila bemor o’landan so’r” misralari bilan boshlanuvchi g’azal muallifi kim? A. Firdavsiy C. Furqat B. Fuzuliy D. Fitrat 23. “Kavokib sayrini shab to sahar bedod o’landan so’r”. Tagiga chizilgan so’zning ma’nodoshini toping. A. Suv C. Bog’ B. Yulduzlar D. Jannat 24. Fuzuliyning “Bani jondin o’sondirdi...” deb boshlanuvchi she’ri qaysi she’riy shaklda yozilgan? A. Musaddas C. G’azal B. Ruboiy D. Qit’a 25. T.Sulaymon “Iltijo” she’rida qaysi faslni tarannum etadi? A. Bahor B. Yoz C. Kuz D. Qish Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling