8-sinf biologiya


Download 44 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi44 Kb.
#1517198
  1   2
Bog'liq
8-sinf-biologiya-botanika-fanidan-testlar-3




8-sinf biologiya.

  1. Ochiq urug’li o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Asallari oilasi qanday?

  3. Yurak avtomatiyasi nima?

  4. C vitamin yetishmagandan organizmda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi.

  5. qo’l va oyoq qanday suyakalardan tashkil topgan?

Javoblari.



  1. Yer yuzida ochiq urug’li o’simliklarning 660 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Shulardan 18 turkumga mansub 40 ta turi O’zbekiston hududida uchraydi. Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi daraxt va butalardan tashkil topgan.Ular urug’laridan ko’payadi. Ochiq urugli o’simliklarning urug’i gulli o’simliklar urug’iga o’xshash meva ichida yopiq holda emas, balki maxsus qubbalarda ochiq holda yetishadi. Shuning uchun ham ular ochiq urug’li o’simliklar deyiladi.

  2. Asalari jamoa bo’lib yashaydi, har qaysi asalari oilasida 10000-50000 ba’zan 100000gacha ishchi arilar –trutenlar bo’ladi. Oiladagi barcha arilar 1 ta ona asalaridan urchigan bo’ladi. Asalarilar yog’ochdan yasalgan maxsus qutilarga boqiladi. Quti ichida ular mumdan juda ko’p olti qirrali katakchalar yasaydi.

  3. Yurak avtomatiyasi tinch holatda yurak bir daqiqada 70 marta qisqaradi. Bir kecha- kunduzda yurak 100 000 marta qisqarib 10 t ga yaqin qonni qon tomirlariga chiqarib beradi. Yurak tanadan ajratilganda ham ma’lum vaqt davomida o’z -o’zidan qisqarib turadi yurakning bu xususiyati uning muskullarida joylashgan maxsus hujayralarda muttasil paydo bo’lib turadigan qo’zg’alishlar bilan bog’liq. Yurakning o’z muskullarida paydo bo’lib turadigan qo’zalishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarib turishi yurak avtomatiyasi deyiladi.




  1. C vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida ayniqsa oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o’rin tutadi. Uning yetishmasligi tufayli singa kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik odamda umumiy holsizlik tez charchash va milklarning shishib bo’shashib qolishi, tishlarning qimirlab tutishib ketishi, tish cho’tka bilan tozalanganda milklarning qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho’l mevalarda ko’katlarda sabzavotlarga, ayniqsa limon, apelsin, mandarin, karam ,pomidor ,piyoz tarkibida ko’p bo’ladi.

5.Qo’l suyaklari 2 qismga yelka kamari suyaklari va qo’lning erkin suyaklariga bo’linadi. Yelka suyaklariga kurak va o’mrov suyaklari kiradi. Qo’lning erkin suyaklariga yelka bilak tirsak, kaftusti, kaft va panja suyaklari kiradi. Oyoq suyaklari 2 guruhga oyoq kamari ( chanoq) va oyoqning erkin suyakalriga bo’linadi. Oyoq kamari 2 tomondan nomsiz suyaklardan orqa tomondan dumg’aza va dum umurtqa suyaklaridan tashkil topgan. Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir, tizza , qopqog’i va oyoq panjasining suyaklari kiradi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling